Eslab qolingan aynan shu vaziyat, keyinchalik taqqoslash namunasi bo‘lib xizmat
qiladi. Ogohlantirish shundan iboratki, yuqoridagi har bir ko‘rsatkich o‘zga
kimsaning hayajonlanishi ifodasi bo‘lishi ham mumkin. Suhbat chog‘ida aldanib
qolmay degan kimsa quyidagi qoidaga amal qilgani ma‘qul: «Bir manbadan
olingan ma‘lumot – hali ma‘lumot emas. Ikki manbadan olingan ma‘lumot –
fikrlash uchun turtki va faqatgina uch manbadan olingan ma‘lumot ushbu
axborotning haqqoniyligini u yoki bu darajada tasdiqlashi mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: |