o`zi ham yetarli bo`ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish
bo`lib kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashinaning modeli bo`lib siz bilgan
insonning modeli bo`lib uning hujayrasi yoki qo`g`irchoq yoki fotosurati;
xilnatija bersagina izlanish olib borilayotgan soha talablariga javob beradi.
4
Masalan, samolyot va uning kichik nusxasi bo`lgan model bir
xilaerodinamik qonunlarga bo`ysunadi. Model uchun topilgan natijalar
haqiqiy samolyot uchun ham o`rinlidir. Loyihalashtirilgan haqiqiy samolyot
qurilgach, uni laboratoriyadagi maxsus qurilmalar -samolyotga havo oqimini
yuboruvchi stendlarda sinab ko`riladi. Bu holda laboratoriyadagi stendlar
atmosferaning modeli bo`lib xizmat qiladi.
Hayotda shunday jarayonlar bo`ladiki, ularning modeli sifatida
matematik munosabatlar va formulalar qaraladi. Bu holda tanlanganmodel
haqiqiy obyektning xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan bo`lishi zarur,
ya’ni o`rganilayotgan obyekt va tanlangan model xususiyatlari bir xil
munosabat va formulalar orqali ifodalanishi lozim.
O`rganilayotgan obyekt tavsiflarining matematik munosabatlar,
belgilar va bog`lanishlar orqali ifodasi matematik model deb ataladi.
O`rganilayotgan obyektning matematik munosabatlar va belgilar
orqali ifodalanish jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi.
Avvalgi darsda ko`rib o`tilgan kitob sahifasidagi satrlar sonini topish
masalasi kvadrat tenglama ko`rinishida ifodalandi. Demak, masalani kvadrat
tenglama ko`rinishida ifodalash jarayoni matematik modellashtirish, mos
tenglama esa masalaning matematik modeli bo`lar ekan. Shuningdek,
Arximed kuchi, Pifagor teoremasi va perimetr formulasi ham matematik
model bo`ladi.
Matematik modellashtirish jarayoni qadimdan astronomiya, kimyo va
fizika fanlarida qo`llanib kelingan. Misol sifatida Neptun sayyorasining
kashf etilishini olish mumkin. 1846-yilda fransuz astronomi U.Leverye Uran
sayyorasining g`ayritabiiy harakatlanishiga Quyosh sistemasining o`sha
paytgacha noma’lum bo`lgan sayyorasi sababchi ekanligini matematik
isbotlab bergan. Shu yili Leveryening ko`rsatmalariga asoslanib nemis
astronomi Galley Neptun sayyorasini teleskop orqali kuzata olgan.
Kimyoviy reaksiyalarning matematik modeliga misollar:
1.
xlor bilan natriyning birikish reaksiyasi: 2Na + Cl
2
= 2NaCl;
2.
tabiiy gazdan oltingugurt ajratib olish reaksiyasi: 2H
2
S + O
2
= 2H
2
O
+ 2S.
Fizik hodisalarning matematik modeliga quyidagilar misol bo`ladi:
1)
Nyutonning ikkinchi qonuni, ya’ni jismga ta’sir etayotgan kuchning
formulasi: F = ma, bunda m- jism massasi, a- tezlanish;
2)
Nyutonning
butun
olam
tortishish
qonuni:
,
bundam
1
m
2
- bir-biriga ta’sir etayotgan jismlar massalari, R - ular orasidagi
masofa, G- gravitatsiya doimiysi.
Hozirgi kunda ham modellashtirishni kimyo, biologiya, tibbiyot,
iqtisod kabi fan yo`nalishlarida keng qo`llanib, juda qiziqarli natijalar
olinmoqda.
5
Umuman olganda, modellar obyektlarning ifodalash vositalarini
tanlashga qarab quyidagi sxemada tasvirlanganidek, uch asosiy turga
bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: