Mavzu: Mis, kumush, oltinning davriy sistemadagi tutgan o’rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, xossalari va ahamiyati



Download 151,5 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi151,5 Kb.
#782173
Bog'liq
Mavzu Mis, kumush, oltinning davriy sistemadagi tutgan o’rni, a


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI



NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI

NAMANGAN TUMAN XALQ TA`LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO`LIMIGA QARASHLI 30-SONLI UMUMIY

O`RTA TA`LIM MAKTAB KIMYO FANI O`QITUVCHISI


UMIRZAQOV MA’RUFJONNING
KIMYO FANIDAN
BIR SOATLIK NAMUNAVIY



Ushbu dars ishlanmasidan umumiy o’rta ta`lim maktablarining 9-siinf kimyo fanidan «Mis, kumush, oltin» mavzusini o’tishga mo’ljallangan.




MUALLIF: 30-umumiy o’rta ta`lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi M. Umirzaqov


TAQRIZCHI: Namangan VXTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Holmirzayeva

Ushbu dars ishlanmasi Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodika markazi kengashining 2016 -yil_____ №____sonli qaror bilan foydalanish uchun tavsiya etilgan.


Mavzu: Mis, kumush, oltinning davriy sistemadagi tutgan o’rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, xossalari va ahamiyati
Dars maqsadi: O’qivchilarga mis, kumish, oltin haqidagi nazariy bilimlar berish

  1. ta’limiy maqsad: O’quvchilarga mis, kumush, oltinning davriy sistemadagi tutgan o’rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, xossalari haqida ma’lumotni ilmiy asosda tushuntirish.

  2. tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash va ularga ahloqiy, ekologik tarbiya berish.

  3. rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga mis, kumush, oltin haqidagi bilimlarini boyitish orqali mustaqil fikrini o’stirish

Darsning jihozi: davriy sistema, kodoskop, modda namunalari
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism: salomlashish, o’quvchilar davomatini aniqlash, o’quvchilarni guruhlarga ajratish

  2. Asosiy qism

  1. O’tgan mavzuni takrorash: savol‑javob o’tkazish

O’tgan mavzu: Alyuminiyning fizik, kimyoviy xossalari, ishlatilishi

  1. Alyuminiyning fizik xossalarini aytib bering

  2. Alyuminiyning kislorod va azot bilan reaksiya tenglamasini yozing

  3. Alyuminiyning xlorid kislota bilan reaksiya tenglamasini yozing

  4. Alyuminiyning natriy gidroksid eritmasi bilan reaksiya tenglamasini yozing

  5. Alyuminiyning ishlatilishi haqida ma’lumot bering

  1. Yangi mavzu bayoni

Reja

  1. Mis, kumish, oltinning davriy sistemadagi o’rni, atom tuzilishi

  2. Tabiatda tarqalishi va fizik xossalari

  3. Kimyoviy xossalari va ahamiyati

Davriy sistemaning I guruh qo’shimcha guruhchasini mis, kumush, oltin elementlari tashkil qiladi. Bu elementlar kimyoviy jihatdan metal xossalariga ega bo’lib, d elementlar oilasiga kiradi.
Umumiy elektron konfiguratsiyasi bo’ladi.
Mis tartib taqami 29, yadro zaryadi +29, elektron soni 29 ta. Bu elektronlar energetik pog’ona va pog’onachalarda quyidagicha taqsimlanadi

Birikmalardagi valentligi I va II, oksidlanish darajasi +1 va +2 ga teng.
Kumush tartib raqami 47, yadro zaryadi +47, yadro atrofidagi elektronlar soni 47 ta. Bu elektronlar energetik pog’ona va pog’onachalarga quyidagicha taqsimlangan.

Birikmalarida I valentli, oksidlanish darajasi +1 ga teng.
Oltin tartib raqami 79, yadro zaryadi +79, yadro atrofidagi elektronlar soni 79 ta. Bu elektronlar energetik pog’ona va pog’onachalarga quyidagicha taqsimlangan.

Tabiatda tarqalishi.
Misning tabiatda (69,1%) va (30,9%) izotoplari bor. Yer po’stlog’ining massa jihatidan 0,01% dan ko’prog’ini tashkil qiladi. Mis tabiatda erkin holda va birikmalar holida uchraydi.
Misning tabiiy birikmalari: ‑ xalkozin (mis yaltirog’i), ‑ xalkopirit (mis kolchedani), ‑ malaxit.
O’zbekistonda Olmaliqda mis konlari bor.
Kumish tabiatda erkin holda va birikmalar holida uchraydi. Tabiiy birikmalari: ‑ argentit, ‑ kumush xlorid.
O’zbekistonda Oltintopgan qo’rqoshin konida kumush menerallari ham topilgan.
Oltin tabiatda erkin holda uchraydi. Uning tabiiy birikmalari ma’lum emas. Yer yuzining oltin konlaridan ko’pi oltinli qumlardan iborat. Dengiz va okean suvlarining 1m3 da 0,008mg oltin bo’ladi.
Fizik xossalari
Toza holdagi mis – cho’ziluvchan, oson yassilanuvchi, qizg’ish pushti rangli metall, issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Zichligi 8,9g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 10830C, qaynash temperaturasi 23000C ga teng.
Quruq havoda turg’un, lekin nam havoda ko’k-yashil tusli mis(II) – gidroksikarbonatdan iborat qatlam bilan qoplanadi.
Toza kumush yumshoq, aktivligi kam, oq rangli, yaltiroq, issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi juda yaxshi.
Oltin yaltiroq, sariq metal, oson yassilanadi va plastikligi juda yuqori. Uning 1g bo’lakchasidan uzunligi 3,5 km bo’lgan sim tayyorlash mumkin, issiqlik va elektr o’tkazuvchanligi bo’yicha kumush va misdan keyingi o’rinda turadi.

Elementlari
Xossalari

Cu

Ag

Au

Atom radiusi, nm

0,128

0,144

0,144

Birinchi ionlanish energiyasi, eV

7,73

7,57

9,23

E+ ion radiusi, nm

0,098

0,113

0,137

Zichligi, g/sm3

8,96

10,5

19,3

Suyuqlanish temperaturasi, 0C

1083

960,5

1063

Qaynash temperaturasi, 0C

2543

2167

2880

Kimyoviy xossalari
Mis kimyoviy jihatdan aktivligi kam bo’lgan metallar qatoridan o’rin tutadi. Lekin galogenlar bilan xona temperaturasida oson reaksiyaga kirishadi. Mis havoda qattiq qizdirilganda qora tusli mis(II) oksid hosil bo’ladi. Namlikda xlor bilan birikib , oltingugurt bilan birikib ni hosil qiladi.
Oddiy moddalarga ta’siri



Murakkab moddalarga ta’siri
Mis suyultirilgan kislotalarga ta’sir etmaydi( dan tashqari). Konsentrlangan sulfat va nitrat kislatalar bilan reaksiyaga kirishadi.



Kumush kimyoviy jihatdan aktivligi kam, havoda oddiy va yuqori temperaturalarda ham oksidlanmaydi. Agar havoda vodorod sulfid miqdori ko’p bo’lsa, kumush oksidlanadi.
Kumush kislotalardan konsentrlangan va nitrat kislotada eriydi.



Oltin kimyoviy jihatdan juda passiv metal, havoda qizdirilganda ham oksidlanmaydi. Kislotalarga ta’sir etmaydi. U faqat zar suvi ( ) da eriydi.

Ahamiyati
Mis mikroelementlar juumlasiga kiradi. Organizmda teri pigmentatsiyasida, temirni o’zlashtirilishida katta rol o’ynaydi. Mis qurutilgan botqoq yerlar, qumloq va misga qambag’al yerlarda don hosildorligini oshiradi.
Kumush qotishmalari uy-ro’zg’or asboblari, zargarlik buyumlari, kumush tangalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Kumush tuzlari ayniqsa va fotografiyada ishlatiladi. tuzi ko’zgu tayyorlashga ishlatiladi.
Oltin asosan qimmatbaho tilla buyumlar tayyorlashda, elektrotexnikada, tibbiyotda ishlatiladi.

  1. Dam olish bekati

Kumish va oltin haqida she’r
Kumush
Men kumushman, oq yaltiroq
Noyobligim juda chatoq.
Tok o’tadi juda yahshi
Passivligim bor biroq.
Oltinchalik qadrim bor
Yasalar mendan tanga
Hatto boylar yasadi
Otiga mendan taqa
Oltin
To’g’ri maqtanding simob,
Eritting meni shitob
Lekin o’zim passivman
Ta’sir etmas kislota
Shuning uchun meni do’stlar
Ishlatarlar har ishda
Tillaman eng qimmat tanga,
Kerakman sizga yanga
Taqsangiz meni qo’lga
Ko’z-ko’z bo’lur ko’rganga.

  1. Mavzuni mustahkamlash uchun testlar

  1. Kumush havoda qanday modda bo’lganda oksidlanadi?

A)Karbonat angidrid
B)Azot
C)Vodorod sulfid
D)Vodorod xlorid
2. Mis (II) tuzlari eritmaga qanday rang beradi?
A)Sariq
B)Ko’k
C)Yashil
D)Qizil
3. Oltin qaysi moddada eriydi?
A)Nitrat kislota
B)Xlorid kislota
C)Sulfat kislota
D)Zar suvi
4. Mis konsertirlangan nitrat kislotada eriganda qanday gaz ajraladi?
A)
B)
C)
D)
5. Kumushning qaysi tuzi suvda eriydi?
A)
B)
C)
D)

  1. Darsni yakunlash

Uyga vazifa:

  1. 12,8 g mis konsertrlangan nitrat kislotada eriganda n.sh.da necha litr gaz hosil bo’ladi?

  2. 6,4 g mis havoda qizdirilganda necha g qanday modda hosil bo’ladi?


Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. 9-sinf darsligi. I.Asqarov

Toshkent-2010 yil

    1. 11-sinf darsligi. Muftaqov

Toshkent-2003 yil
3.11-sinf darsligi Rudzites
Toshkent-2003 yil

12, 1, 10, 3, 8, 5


6, 7, 4, 9, 2, 11





Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish