Penalti nuqtasi.
Bu nuqta darvoza chizig'ining o'rtasidan 6 metr masofada to'g'ri burchak ostida yoyning to'g'ri chiziq tepasida belgilanadi.
Ikkinchi penalti nuqtasi.
Bu nuqta darvoza chizig'ining o'rtasidan to'g'ri chiziqda 10 metr masofada belgilanishi kerak. O'zgartirish zonalari.
Zahira o’rindig’ining yon tomonida va unga perpendikulyar uzunligi 80 sm bo'lgan ikkita chiziq (maydonga qarab 40 sm va maydondan 40 sm) har bir yo'nalishda markaziy chiziqdan 3 metr masofada chiziladi.
Jarima maydoni:
Darvoza chizig'ining o'rtasidan har bir darvoza oldiga radiusi 6 metr bo'lgan aylana yoyi chiziladi, Bu yoyning tepasi 3 metr uzunlikdagi chiziq bilandarvoza chizig'iga parallel ravishda to'g'rilanadi va davom etadi. Bu yoy ichidagi maydon jarima maydoni deb ataladi. Qachon agar darvoza chizig'i 15-16 metr bo'lsa, aylana yoyining radiusi atigi 4 metrni tashkil qiladi.
Futzalda to’p autdat qanday kiritilishi kerak?
Aut / burchak to’pi yon chiziqdan / burchak yoyidan o’yinga kiritiladi, ya'ni to’pni o’yinga kiritish vaqtida to'pning proyeksiyasi chiziq / burchak yoyiga tegid turishi kerak. To’p autga chiqqanda, to'pni maydon tashqarisidan, lekin to'p maydonni tark etgan joydan 25 sm dan oshmagan holda o’yinga kiritishga ruxsat etiladi.
Mini futboldagi erkin va jarima zarbalari.
Erkin zarba vaqtida hakam qo’lini yoqoriga ko’tarib turib ishora qiladi. Jarima zarbasining erkin zarbadan farqi shundaki, jarima zarbasi bilan – raqib darvozasiga to'g'ridan -to'g'ri kiritilgan gol hisobga olinadi; Erkin zarbadan to’g’ridan to’g’ri kiritilgan gol inobatga olinmaydi. Jarima zarbasi yoki erkin zarba vaqtida barcha raqib futbolchilari to'p oyinga kiritilguncha to’pdan kamida 5 metr masofada turishi kerak. To'p, o’z aylana uzunligiga teng masofani bosib o'tganidan so'ng, o'yinda deb hisoblanadi. Jarima zarbasi yoki erkin zarba bajarilayotgan vaqtda to'p harakatsiz bo'lishi kerak. To'pni urgan o'yinchiga to’pga boshqa o'yinchi tekkunga qadar yana qayta tegishga ruxsat berilmaydi.
O'yinning har bir yarmida birinchi beshta qoidabuzarlik uchun belgilangan jarima zarbasi jonli devor bilan himoyalanishi mumkin. Oltinchi jarima zarbasidan boshlab, zarbadan himoyalanish sifatida jonli devorga ruxsat berilmaydi. 6 metrli belgidan penalti tepiladi 12 metrli belgidan esa dabl penalti zarbalari amalga oshiriladi. To'g'ridan -to'g'ri yon chiziqdan (autdan) urilgan gol hisobga olinmaydi. To’p biror o’yinchiga tegib darvozaga kirsa inobatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |