MAVZU: Milliy ma’naviyatimizda xalq hokimiyatchiligiga munosabat.
REJA:
Kirish……………………………………………………………….................3-5
I.Bob. Mustaqilikning ma`naviy omilari.
1.1.Ma`naviy islohatlar-demakratik o`zgarishlarning tarkibiy qismi................6-12
1.2.Inson ma`naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi omilar.......................12-20
II.Bob. Erkin va farovon xayotni yuksak ma`naviyatsiz
qurib bo`lmaydi.
2.1.Yuksak ma`naviyat-fuqarolik jamiyayini barpo etish omili………………21-29
2.2.Ma`naviy taxdid va ularning o`ziga xos ko`rinishlari…………………….29-36
Xulosa……………………………………………………………………37-38
Foydalangan adabiyotlar..........................................................39-40
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Ma`naviyat mustaqilikning eng muhim shartlaridan biridir.
Ma`naviyat bo`yicha, mustaqilik ham, taraqiyot ham, baxt-saodat ham, iymon-e`tiqod ham, elda diyonatu adolat ham, xullas odamlarda Vatan va Erk tuyg`usi ham bo`lmaydi. SHu sabab mamlakatimizda mustaqilikning ilk davridan boshlab jamiyatimiz ma`naviyatini asrab-avayiash va yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Bu jarayon mamlakatning taraqiyoti yo`lidagi isloxatlarning muhim tarkibiy qisimiga aylandi. Negaki,Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi hayotiy muhim maqsadlarning ro`yobga chiqishi jamiyat a`zolarining ma`naviy barkamollika bog`liq.
Ma`naviy jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni to`g`ri yo`naltiruvchi kuchga ega. Agar iqtsodiy isloxatlar ma`naviyat bilan o`zaro uyg`un xolda rivojlantirilmasa unda mamlakat asta-sekin inqirozga yuz tutib boradi. Shu ma`noda birinchi Prezidendimiz I.A.Karimov “Biz iqtisodiy o`nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlantirishni ma`naviy o`nglash, ma`naviy poklanish, ma`naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg`un bo`lishini istaymiz”,1 deb takidlagan edi.Chunki ma`naviyat shaxs,jamiyat va millat binobarin mamlakat ravnaqining asosiy omili va paydevoridir. Ma`naviyat bu insonlar har qanday damda, turli qaltis,sinovli pallalarda ham yo`lini yo`qatmaydi,boshqalarga pand bermaydi.
O`z manfatini umumxalq,yurt manfatidan xech qachon ustun qo`ymaydi.SHaxsning manaviy barkamolligi davlat va jamiyat rivojini belgilaydi.
Mustaqillik yillarida manaviyat masalalariga munosabat tubdan o`zgarib,uning boyib borishiga kuchli e`tabor berilayotganining boisi ana shunda.
Yuksak manaviy burchlar kecha yoki bugun o`ylab topilgan emas.Ular insoniyatning ming yillik tarixi,ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan’’, deydi yurtboshimiz.1
Prezidentimiz mustaqil hayotimizning dastlabki kunlaridanoq manaviyat masalalariga aloxida e`tabor berdi,xalqimizning ming yillik madaniyatini tiklashning dashabbuslari bo`ldi. Yigirma ikki yillik ozod hayotimiz solnomasi bugun dalillaydi.
Allaqachon xalqimizning manaviyat darsligiga aylanib bo`lgan “Yuksak manaviyat - yengilmas kuch’’ asarida yurtboshimiz manaviyat xodisasining tub mohiyatini, uning jamiyat va davlat hayotidagi o`rni va ro`lini har tomonlama chuqur yoritib bergan. Prezidentimiznig “Mamlakatimizda demakratik isloxatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsensiyasi”da ilgari surilgan fikrlar,ilmiy xulosa va taxminlar ma’naviyat masalasi fuqorolik jamiyatini rivojlantirish va demakratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng ustuvor qadiriyatlardan bo`lib kelishini yana bir bor tastiqlaydi.1
Ma`naviyatning qudratli kuchi shundaki,u insonlarni yagona maqsad sari etaklaydi,ularning inoqligini,hamjixatligini mustaxkamlaydi,jamiyatni turli ilatlardan tozalaydi,odamlarni codiqlikka, poklika, insof - iymonga undaydi, ularni vatanparvarlik ruxida tarbiyalaydi.
Shu nuqtayi nazardan maskur mavzuni o`rganish dolzab hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |