Mavzu: Milliy ma’naviyatimizda xalq hokimiyatchiligiga munosabat. Reja



Download 219 Kb.
bet3/8
Sana06.07.2022
Hajmi219 Kb.
#749787
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Юсупова Наргиза

Kurs ishning tuyilishi va xajimi.
Ish - “Kirish”, ikkita bоb, to’rtta paragraf, “Хulоsa” va “Fоydalanilgan adabiyotlar ro’yхati”dan ibоrat.
I -Bob. Mustaqillikning ma`naviy asoslari.


I. 1. Ma`naviy islohatlar-demakratik o`zgarishlarning tarkibiy qismi.
O`zbekistonda mustaqillik e’lon qilingunga qadar bir necha sana avval davlat rahbarligiga Islom Karimov kelgach, respublika siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy havotining eng muhim yo`nalishlarida o`zgarish va islohotlar olib borish uchun muayyan zamin hozirlana boshlanadi. Nafaqat tayyorgarlik, bu paytda kelgusi istiqlolni qaror toptirish uchun o`ta zarur bo`lgan ayrim masalalarda ju`rat va jasorat bilan oshkora amaliy ishlar ham yuzaga chiqayotgan edi. Jumladan, 1989 yilda, “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi, 1990 yili esa O`zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi mustaqillik yo`lidagi eng dadil qadamlar bo`ldi.Ana shu dastlabki jarayonlardayoq ma`naviyat masalasi muhimlardan muhimi bo`lib kun tarkibiga chiqdi. O`sha 1990 yilda Islom Karimov O`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining birinchi sessiyasidagi nutqida “Prezident faoliyatining muhim vazifalaridan biri xalqni ma`naviy yuksaltirish, insonning axloqiy va jismoniy takomilidir1, deb aytgan edi. Shundan so`ng “Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma`naviy boyligining ildizlariga e`tabor berish”, “So`zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini ta`minlash”, “ma`rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash”, “Ma`naviy boyliklarni yaratuvchi olimlar va ijodkor xodimlarga e`tiborni kuchaytirish”, “o`sib kelayotgan avlodga, uning ma`naviy tarbiyasiga nihoyata katta javobgarlik hissi bilan yondashish2 vazifalari belgilanadi. Maskur vazifalarning Mustaqillik e`lon qilinishidan bir yarim yil avval belgilanishi, bu ertangi kunga ishonch va qat`iyat shundan keyin o`tgan yigirma yil davomida ma`naviyat masalasining O`zbekiston davlatchiligida eng ustivor masalaga aylanishini ta`minlaydi.
1991 yilning 31 avgustida O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Islom Karimov O`zbekistonni mustaqil suveren davlat deb e`lon qilarkan, bundan buyon mamlakatimizda tayanch hisoblangan siyosat, iqtisodiyot va ma`naviyat yo`nalishlarida keng miqiyosli o`zgarish, yangilanish, islohotlar kechishini alohida ta`kidlaydi. Oradan yana bir yil o`tib “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqiyot yo`li” nomli kitobda mamlakatimizni yangilash va rivojlantirishning o`ziga xos yo`li to`rtta asosiy negizga tayanishini ko`rsatib berdi. Bular: “umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; vatanparvarlik1.
Ko`rinadiki, dastlabki davrlardayoq mamlakatni, jamiyatni to`la dunyoviy asoslarda rivojlantirish, tom ma`nodagi demokratik tamillarga ko`ra o`zgartirish, yangilash masalasi ilgari surilayotgan edi.
Harqalay iqsodiy jihatanqaloq, siyosiy mute bo`lib so`nggi yuz yilar davomida o`z tarixi, shonli o`tmishi, g`ururi, ma`nayiy ustunlaridan begonalashtirib kelgan agrar o`lka va xalqni eng zamonaviy ilg`or qarashlari, dunyoviy demokratik asoslarda tamomila yangilash, favqulodda murakkab va og`ir ish edi. Keyiniroq O`zbekiston barcha qiyinchiliklarni bosib o`tib, mustahkam oyoqa turgan palada Prezident I. Karimov mamlakat oily boshqaruv organlari vakilarining qo`shma yig`ilishida “O`zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo`li” nomli maruza bilan chiqib, “istiqlol o`zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani”ni aytib, “16yil moboynida boshimizdan kechirgan kunlar, haftalar, oylarni anashu nuqtai nazardan baholar ekamiz, qat`iy ishonch bilan aytish mumkinki, o`tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakilantirish bilan bog`liq birinchi galdagi islohat va o`zgarishlarni o`z ichiga olgan daslabgi bosqich -1991-2000 yilar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o`tish davri tom ma`noda tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan davr bo`ldi2, deya O`zbekistonning mustaqilik yilarida bosib o`tgan yilini ikki bosqichga ajratdi. Ko`rsatib o`tilganidek, 1991-2000 yillar o`tish davri bo`lsa, “2001 yildan 2007 yilgacha bo`lgan mudatni o`z ichiga olgan ikkinch bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizasiya qilish davri1 sifatida belgilanadi.
O`tish davri har qanday yangi ijtimoiy tizimlarning qaror topishida muqarrar o`tiladigan yo`ldir. Biroq kimdir bu yo`lni qon kechib, shavqatsiz qatog`onlar bilan amalgam oshirsa, boshqa bir rahnamo, ayni misolda Prezident I. Karimov, “islohatlarni bosqichma-bosqich amalgam oshirish”, sho`k terapiyasi” deb atalgan turli usulardan vos kechish”, “mamlakatni inqilobiy yo`ldan emas, balki tadrijiy yo`ldan rivojlantirish2 orqali bosib o`tadi. “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun” kabi shiorga aylanib kelgan hikmatlar aynan shu yilning ijtimoiy tamoillaridir. Bu va yana shu kabi tamoillar asosidagi ichki ham tashqi siyosat O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyot modelini shakillantirdi.
Mazkur jarayonda “Hamma narsa inson uchun, uning kelajagi uchun,degan ezgu tamoilni to`liq amalga oshirish… eng muhim ustuvor vazifa bo`lib qoldi”3. Bu hayotni insoniylashtirish, jamiyatni insonparvarlashtirish uchun butun kishilik tarixining aql-tafakkur daholari orzulagan va intilgan maqsad, ulug` Alisher Navoiy aytgan “Barchasidan g`araz inson edi” degan hayotiy maslakning amaldagi ko`rinishi edi. Aynan shu tamoil arab tilidan o`zlashgan “ma`ni”, “ma`no” deya qo`llanib yurgan ma`naviyat so`zining ijtimoiy salmoq kasb etishi,uni butun millat va jamiyat taraqiyotining mohiyatini anglatuvchi hodisaga aylantirishni taqozo etdi.
Shundan kelib chiqib, “Xalqning ma`naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish-O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir4 deya e`lon qilindi. Albatta, bu jarayon oson kechkani yo`q. Fikr isboti uchun bevosita madaniyat yo`nalishlarini ko`radigan bo`lsak, o`tgan asr 80-yillar ikkinchi yarimidan boshlab to istiqlolga qadar tushkunlik, ruhsizlik kayfiyati hukm surdi. ”Adabiyot o`ladimi?”, “Madaniyatimizning taqdiri qanday kechadi?” qabilidagi savollar turli rasmiy, norasmiy yig`inlarning bosh mavzusiga aylandi. Nashriyotlar kitob, badiy adabiyot chop etishning ijtimoiy yo`naltirilgan rejalarini yig`ishtirib qo`yib, o`zmablag`lari xisobidan kitob nashir etishni istagan har qanday “yozuvchi”ga imkoniyat yaratishni, teatr sahnalari nihoyatda sayoz mashiy mavzulardagi p`esalarni sahnalashtirib tomoshabin etoviga tushishni, kinoteatrlar axloqiy aqidalari shubhali bo`lgan, asosan jangari yoki yig`loqi xorijiy fil`mlarning namoishi orqali moliyaviy jon saqlashni me`yorga aylantirdi. Ma`naviy – estetik mezonlar saqlanib, unitilib bordi. Ana shupalada mamlakat Rahbari yana bir jiddiy bayonot bilan chiqdi – 1992 yil yanvarda Oliy Kengash nabatdan tashqari to`qqizinchi sesiyasida “Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida madaniyat, san`at og`ir ohvolga tushdi. Ularni iqtisidiy zarbadan asirab qolishni Prezident o`z bo`yniga olishi kerak deb xisoblayman”1, dedi.
Bozor iqtisodi, mulkchilik munosabarlarining o`zgarishi o`z-o`zidan adabiyot va san`atning jamiyatdagi o`rni,ahamiyatini keyingi o`rinlarga surib yuboradi. Moddiy manfaat ma`naviy aqidalarni, milliy qadriyatlarni tamomila boshqa qadriyatlar bilan o`zgacha tushuncha va yondashuvlar bilan almashtirib qo`ydi. Jahon globallashuv jarayonlarining butun musbatu manfiy ko`rinishlari yoipirlib kirib kelayotgan pallada estetik ehtiyoj ham o`ta rasionallashib bordi. O`quvchi va tomoshabin, ayniqsa, o`sib kelayotgan avlod uchun “hayot maktabi”ning bozorga ko`chishi kelgusida ma`naviy tanazzulni muqarrar etishi mumkin edi. Ana shu sharoitda ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiga o`tishni mamlakat taraqqiyotining o`ziga xos besh tamoilidan biri sifatida ilgari surgan Prezident: “Bozor iqtisodiyoti deb inson ma`naviyatini unutish gunoh bo`ladi. Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da,ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo`lib qolishsa-bunday jamiyatning hech kimga keragi yo`q2, deya qat`iyat ko`rsatdi.Bir oz fursat o`tibYurtboshimiz bir guruh yozuvchi,shoirlar bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuvda mustaqillik, milliy ma`naviyat, ma`naviy meros, adabiyot va san`at masalalari, aynan bozor sharoitida ijodkorlarni ijtimoiy himoyalash, istiqlol yo`lida kurashib qurbon bo`lgan buyuk o`zbek adiblari xotirasini abadiylashtirish, xalqni Vatan, elu yurtning manfaati yo`lida birlashtiradigan bitta g`oya bo`lishi kerakligi, tarixni o`rganish, milliy g`urur, milliy hisni tarbiyalash kabi bir qator masalalar ko`tarildi. President tomonidan yangi jamiyat qurish strategiyasi haqidagi fikr ilgari surildi: “Amir Temur davrini boshqatdan o`rganishimiz lozim. Nega deganda, Amir Temur tuzuklarini o`qisam, xuddi bugungi zomoning katta-katta muammolariga javob topgandek bo`laman. Shuning uchun strategiyani juda puxta o`ylash kerak. Balki ota-bobolarimiz qoldirgan merosdan foydalanib, o`zimizga xos, o`zimizga mos strategiyani ishlab chiqish kerak”1.
Bu strategiyaning g`oyaviy-mafkuraviy asoslari Prezidentning yuqorida zikr etilgan “O`zbekistoning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li” asarida ilgari surilgan to`rtta asosiy negizda o`z ifodasini topgan bo`lib, endilikda uning amaliy ijro mexanizmlarini shakilantirish va rivojlantirish masalasi kun tartibiga chiqayotgan edi. Shu o`rinda bir yangilikni qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ma`naviy-ma`rifiy jarayonlarning davlat miqyosidagi ustuvor siyosat ekanining amaliy tasdig`I sifatida mutlaqo yangi ijtimoiy institute-Respublika “Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi va uning viloyat, tuman bo`limlari barpo qilindi. Bu ishlar 1991-1994 yillar oralig`ida amalga oshirildi. Ana shu to`rt – besh yillik hayot davomida ro`y bergan voqealar, qabul qilingan amaliy-tashkiliy hujjatlar dastlab ilgari surilgan ijtimoiy-ma`naviy konsepsiya – O`zbekistoni yangilash va rivojlantirishning o`ziga xos yo`lli sifatidagi to`rt asosiy negizga to`la muvofiq ekanini yaqqol ko`rsatadi. Ya`ni, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ifodasi sifatida o`tkazilgan xalqaro festivallar, ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish borasidaga madaniy – ma`rifiy tadbirlar, ijodkor ziyolilar, ayniqsa, yosh ijodkorlarga amaliy g`amxo`rlik ko`rsatish, ularning ijtimoiy muhofazasini ta`minlash orqali o`z imkoniyat va salohiyatlarini namoyon etishga rag`batlantirish va oxir – oqibat ana shu voqea – hodisalar orqali mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida Vatanga muhabbat, g`urur va fidoyillik xislatlarini uyg`otish fikrimizning isbotidir. Ayni paytda bu jarayonlarning tizimli shaklga kirib, mohiyat va sifat jihatidan mutlaqo yangi ijtimoiy institutning ta`sis etilishi ma`naviy-ma`rifiy islohatlarning davomiyligini ham ta`minlaydi.
1995 yil 3 oktyabrda O`zbekiston Respbublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilish marosimida Prezident Islom Karimov nutq so`zlab shunday dedi: “Biz bir necha bor takrorlaganimizdek,islohotlar yo`lining boshlang`ich, eng qiyin,shu bilan birga eng muhim bosqichini o`tdik”1.
Darhaqiqat,islohatlarning yangi bosqichi haqida bundan bir necha oy avval ham aytilgan edi.1995 yil fevralida Oliy Majlisning birinchi sessiyasida I.Karimov “islohotlarning yangi davriga qadam qo`yar ekanmiz, madaniy-ma`rifiy sohadagi ishlarimiz,ma`naviyatimizni rivojlantirish vazifalarini ham belgilab olishimiz kerak”, deya fikrini shunday davom ettiradi: “Endigi asosiy vazifa kishilarimizning mustaqil fikrlashga o`rganishi,o`ziga ishonchining orta borishidir.
Chunki tafakkur ozod bo`lmasa, ong va shuur taziqdan, qullikdan qutilmasa, inson to`la ozod bo`lolmaydi”2. Ana shu konseptuval fikr ilgari surilar ekan, muallif tafakkur ozodligi uchun ma`naviy yetuklik lozimligini shunga ko`ra erkin bozor sharoitida ma`naviy qadriyatlar qimmati tushib ketmasligi,madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanib qolmasligi kerakligini ta`kidlaydi.Iqtisodiy o`nglanish ma`naviy o`nglanish bilan,ma`naviy yuksalish bilan uyg`unlikda bo`lishini Yurtboshimiz siyosatimizning asosiy poydevori deb biladi: “Teatrlar, kutubxonalar, muzeylar, xullas, ma`naviy-ma`daniy muassasalarimiz iqtisodiy madadga muhtoj. Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichga o`tayotgan ekanmiz,demak,ishlab chiqarish ishga tushib,ko`tarilish yuz berishi muqarrar. Bu esa fan,madaniyat va ma`naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta`sir etishi kerak”3. Shunday bo`ldi ham. Nafaqat iqtisodiy,ayni chog`da ma`naviy-ma`rifiy islohotlarning keyingi bosqichi ham iqtisodiy tetiklashuv ta`siridan bahramand bo`ldi.1995 yil oktyabrda “O`zbekistonda teatr hamda musiqa san`atini yanada rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish to`g`risida”, keyingi yil “O`zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish to`g`irisida“ «Ma’naviyat va ma’rifat» jamоatchilik markazi faоliyatini yanada takоmillashtirish va samaradоrligini оshirish tugrisida», 1998 yil «O`zbеkistan tеatr san’atini rivоjlantirish turrisida» Prеzidеnt Farmоnlari, Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligi, Abdulhamid Cho`lpоnning 100 yilligini nishоnlash, «Jahоn adabiyoti» jurnalini tashkil etish, XII Tоshkеnt Хalkdrо kinоfеstivalini utkazish kabi o`nlab tadbirlar haqida hukumat хujjatlari e’lоn qilindi.
Bular barchasi mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islоhоtlarning yangi bоskdchdagi davоmiyligining kurinishlari edi. E’tibоr qilinsa, 2000 yilga qadar kеchgan islоhоt jarayonlarining ham mazkur o`n yillik avvallarida ilgari surilgan O`zbеkistоnni rivоjlantirishning to`rt nsgizi haqidagi ijtimоiy-ma’naviy kоnsеpsiyaga to`la muvоfiq, ekanligi ayon buladi. Bunda madaniy ko`tarilishning eng ta’sirchan va оmmaviy ko`ri­nishlari bulgan adabiyot va san’atning avvalgi bоsqichga nisbatan rivоjlanganini va iqtisоdiy qvvatlanganini kuzatamiz. Misоl tarikasida uch yo`nalishdagi uchta holatni ko`rib o`tish mumkin.
O`zbеkistоnda tеatp san’ati madaniyatning bip tarmog`i sifatida bоshqa san’atlar bilan bir qatоrda Madaniyat ishlari vazirligining bo`linmasi sifatida yashab kеlgan. Garchi rеspublikada bu tarmоk, kеng yoyilgan bulib, o`nlab tеatr tashki- lоtlari mavjud esa-da, ular faоliyati shurо davri ijtimоiy- iqtisоdiy bоshqaruv usullariga ko`ra «markazlashtirish» asоsida tashkil etilgan edi. Bоshqaruvning bunday avtоritar shakli dеmоkratik tamоyillarga mutlaqо zid bulib, sоhaning erkin va mustaqil rivоjiga jiddiy tusqinlik qilardi. Ma’naviy islоhоtlarning dastlabki bоskichida tеatr хоdimlari mеhnat haqlarini, turmush sharоitini yaхshilash, ularning ijtimоiy himоyasi haqida qarоrlar qabul qilingan bo`lsa-da, sоhani tubdan islоh etish, dеmоkratik o`zgartirishlar masalasi hal etilmagan edi. O`zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 1998 yildagi farmоnida rеspublikadagi tеatr tashkilоtlari nеgizida «O`zbеktеatr» ijоdiy-ishlab chikarish birlashmasi va uning qоshida tеatr ijоdkоrlari uyushmasi tashkil etilib, uning huquqiy maqоmi quyidagicha bеlgilanadi: «O`zbеktеatr» birlashmasi tеatr ijоdkоrlari uyushmasi, tеatr tashkilоtla­ri va hududiy bo`limlariga ega bulgan mustaqil ijоdiy-ishlab chiqarish tuzilmasi hisоblanib, mulkchilik shakllari va qaysi idоraga taalluqli ekanidan qat’i nazar, mamlakatdagi barcha davlat tеatrlari, tеatr studiyalari, хalq tеatrlari jamоalari va bоshqa tashkilоtlarni iхtiyoriy ravishda birlashtiradi»1. Garchi «O`zbеktеatr» birlashmasi Madaniyat ishlari vazirligi tizimida saqlanib qolsa-da, Farmоnga ko`ra asоsan mеtоdоlоgik masalalarda faоliyatini muvоfiklashtirib, ijоdiy-tashkiliy, iktisоdiy-хujalik masalalarida alоhida mustaqil tashkilоt sifatida ish yuritishi ko`zda tutilgan.


Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish