Mavzu: Buyuk ipak yo’li boylab sayohat. Badiiy uslub O’zbek tili fanidan elektron dars ishlanmasi Tayyorladi: TDSHU akademik litseyi o’qituvchisi X.M.Mahmudova Amaliy mahg’ulot mazmuni: Leksika: Markaziy Osiyo, Sharq va G‘arb mamlakatlari, Buyuk ipak yo‘li, Xitoy shoyisi, gilamlar, iqtisodiy va madaniy, karvon yo‘li, savdo-sotiq ishlari, xitoy ipagi Grammatika: Badiiy uslub, aralash uslub Reja: - Markaziy Osiyoda savdo-sotiq ishlari
- Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat
- Badiiy uslub
Tayanch so‘zlar va birikmalar: Markaziy Osiyo, Sharq va G‘arb mamlakatlari, Buyuk ipak yo‘li, Xitoy shoyisi, gilamlar, iqtisodiy va madaniy, karvon yo‘li, savdo-sotiq ishlari, xitoy ipagi Daftaringizga lug’at so’zlarni yo’zib oling qit’alararo – межконтинентальный ayirboshlash – обмен ishonchli – надёжный savdogar – торговец, купец Shoyi, ipak - щелк Matnni o‘qing va ajratib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni daftaringizga yozib oling
Buyuk ipak yo‘li qadimda va o‘rta asrda Sharq va G‘arb mamlakatlarini ilk bor o‘zaro bog‘lagan qit’alararo karvon yo‘lidir. Mamlakatlar o‘rtasida qimmatbaho mahsulotlar, savdo-sotiq ishlari, xitoy ipagi Buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan.
Markaziy Osiyo va Yevropada o‘zbek, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman savdogarlarini millatidan qat’i nazar bir nomda «Musulmon savdogarlari» deb atashgan. Xitoyda musulmon savdogarlari molni molga ayirboshlashsa, Yevropada ularning kumush tangasi pul bo‘lib ham, tovar bo‘lib ham xizmat qilgan. X asrda savdo-sotiqda cheklar qo‘llanilgan. Pul muayyan shaharda savdogarlarning ishonchli kishisi – sarrofga berilib, undan tegishli hujjat – chek olingan
Matn asosida savollarga javob bering
Matn yuzasidan savollar: 1. Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatini aytib bering.
2. Buyuk ipak yo‘li orqali qanday karvonlar o‘tgan?
3. Sahrodagi karvonlar suvni qayerdan olganlar?
Badiiy uslub
Bilib oling! Voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiradigan, badiiylikka, ifodalilikka, ta’sirchanlikka boy bo‘lgan uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy uslubda yoziladigan asarlar quyidagi turlarga bo‘linadi: nasr – proza janrida yoziladigan, nazm – she’riy va dramatik asarlar. Bunday asarlarda uslubiy bo‘yoqdor va ko‘chma ma’noli so‘zlar ko‘p qo‘llanadi.
Badiiy uslub
Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so‘zlashuv va kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi. Badiiy uslub o’zbek tili vazifaviy uslublari orasida o’ziga xos mavqega ega bo’lib, ayni paytda o’zining alohida me’yorlariga ham ega.
Berilgan mashqni “Toifalash” metodi orqali bajaring 3-mashq. Berilgan so‘zlarni quyidagicha toifalang Janjal, to‘polon, mojaro, g‘alva, g‘avg‘o, mashmasha, iste’mol qilmoq, totmoq, yemoq, tanovul qilmoq, olmoq, tushirmoq, umrbod, toabad, hijron, ayriliq, valdiramoq, gapirmoq, aloqador, taalluqli, tegishli, ayol, xotin, aylanmoq, sayr etmoq, avvalgi, oldingi, ilgarigi, burungi, adabiy, mangu, umrbod, avaylamoq, ayamoq, ehtiyotlamoq, e’zozlamoq, ardoqlamoq.
Kitobiy uslub
|
So‘zlashuv uslubi:
|
mojaro
|
Janjal
| | | | | |
| Uyga vazifa: Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib yozing. Uslubiga e’tibor qarating. 1. Suv uzoq-uzoqlarga ... ... boradi. 2. Sigir ko‘p pichan, o‘tni sevib ... . 3. Qishda daraxtlar ... ... o‘raladi va xayol surib turganday tuyuladi. 4. Kutubxona – nurxona. Kitoblar inson umrining ... o‘tishiga, ... bo‘lishiga yordam beradi. 5. Kuzda qushlar bu joylar bilan ... janubga yo‘l oladilar. 6. Bobomiz Alisher Navoiyning ... bag‘ishlab, «Kitob bilim manbayi» mavzusida kitobxonlik kechasi o‘tkazildi. 7. Ibrohim bu yil Norin daryosini ko‘rishga ... ... . 8. Bulutlar bo‘linib, ular orasidan quyosh ... ... socha boshladi. Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: muyassar bo‘ldi, hayot olib, yeydi, ilmli, sermazmun, xayrlashib, tavalludiga, zarrin nurlarini, oq kiyimga.
Do'stlaringiz bilan baham: |