Mavzu. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning ijtimoiy omillari


§ jismoniy kapital, ya’ni insonlarning moddiy va moliyaviy aktivlari



Download 16,82 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2022
Hajmi16,82 Kb.
#674597
1   2
Bog'liq
6-Мавзу


§ jismoniy kapital, ya’ni insonlarning moddiy va moliyaviy aktivlari;
§ intellektual kapital, ya’ni bu insonlardagi aqliy aktivlar yig’indisi.
Inson kapitali – bu kapital qo’yilmaning o’ziga xos shakli bo’lib, takror ishlab chiqarish va uning rivojlanishini ta’minlovchi sarf xarajatlar yig’indisidir. Inson kapitali ishchi kuchi faoliyatini yaxshilash va sifatini oshirishni anglatadi. Inson kapitali obe’ktiga o’rta umumta’lim, maxsus ta’lim, o’kuv va oliy ta’lim hamda yig’ilgan tajriba kiradi.
Insonning moddiy ishlab chiqarishdagi mavqeining o’zgarishi fan-texnika inqilobi bilan bog’liq. Inson – asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, chunki u nafaqat yaratadi, balki ishlab chiqarish vositalarini ham harakatga keltiradi, yangi ishlab chiqarish vositalari, texnika, texnologiyalarning yoyilishi ishchi kuchiga, uning jismoniy va intellektual parametrlariga yangi talablarni qo’yadi.
XX asr oxiri va XXI asr boshida Rossiya iqtisodchilari tomonidan inson sarmoyasining o’ziga xos muammolari va o’tish iqtisodiyoti sharoitida uni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan qator ishlar chop etildi.
R.I.Kapelyushnikovning ta’riflashicha, inson sarmoyasi “insonda mujassam etgan qobiliyatlar, bilimlar, ko’nikmalar va motivatsiyalar zahirasi bo’lib, uning shakllanishi jismoniy yoki moliyaviy sarmoyani jamg’arish kabi mablag’larning kelgusida qo’shimcha daromadlar olish maqsadida joriy iste’moldan chalg’itilishini talab qiladi.
S.A.Dyatlov inson sarmoyasini to’liq va batafsil ta’riflash uchun funktsional yondashuvdan foydalanadi. Funktsionallik tamoyili hodisani nafaqat uning ichki tuzilishi nuqtai nazaridan, balki uning funktsional maqsadi, pirovard maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan ham tavsiflaydi. SHuning uchun inson sarmoyasi – bu, birinchidan, inson egallagan bilimlar, ko’nikmalar, qobiliyatlar yig’indisi, ikkichidan, bu inson tomonidan jamiyat ishlab chiqarishining u yoki bu sohasida maqsadli foydalaniladigan va mehnat hamda ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi zahira. Uchinchidan, zahiradan bunday maqsadli foydalanish ish haqining, ya’ni, xodim oladigan daromadning oshishiga olib keladi. Va, nihoyat, to’rtinchidan, daromadlarning o’sishi insonni qo’yilmalar yo’li bilan kelgusida uni yanada samarali qo’llash maqsadida bilimlar, ko’nikmalar va motivatsiyalarning yangi zahirasini jamg’arishga undaydi.
Biz unga ko’ra inson sarmoyasi tushunchasidagi asosiy harakatlanuvchi shaxs bo’lib hayot tsikliing butun davri mobaynida o’zining sof (netto-) daromadlarini ko’paytirishga intiluvchi oqilona inson hisoblanadigan ilmiy kontseptsiyani to’liq yoqlaymiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi bandligini ta’minlash, shu tariqa insonlarning daromadini yanada oshirish va hayot sifatini yuksaltirishda nafaqat yangi ish o’rinlari yaratish va mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash, balki, mehnat resurslari intelektual salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, bu borada Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz” [2].
Ma’lumki, iqtisodiyotini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, uning raqobatbardoshligini, moslashuvchanligini va izchil iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun katta miqdordagi investitsiyalar zarur. Sarmoya oqimlarini inson sarmoyasi resurslari bilan uyg’unlikda amalga oshirish imkoniyatlarining mavjudligi investitsiyalarning iqtisodiy nuqtai nazardan yanada istiqbolli yo’nalishlarga safarbar etilishiga va umuman iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, har qanday yangilikning paydo bo’lishi oliy ma’lumotli ishchi kuchini, tadqiqotlar o’tkazish uchun tegishli malaka, bilimlar va ko’nikmalarga ega, shuningdek, ushbu tadqiqotlarni amaliyotda qo’llash uchun zarur bo’lgan barcha xususiyatlarni o’zida mujassam etgan xodimlarga ehtiyojni taqozo etadi. SHuning uchun inson sarmoyasiga investitsiyalar kiritish muhim, strategik miqyosdagi jarayondir.
Sarmoyani ta’riflashning asosida uning o’z-o’zidan ortib boruvchi qiymat sifatidagi tushunchasi yotadi. U holda inson sarmoyasini ta’riflash nuqtai nazaridan, inson unga kiritilgan investitsiyalar natijasida ma’lum qiymatga ega bo’lgan iqtisodiy ob’ekt sifatida ko’rib chiqiladi. Ya’ni investitsiyalar kiritilmas ekan, inson sarmoya hisoblanmaydi, balki faqat muayyan salohiyatni o’zida namoyon etadi xolos. SHu munosabat bilan inson salohiyatini insonga kiritilgan (ta’lim, sog’liqni saqlash va tarbiyaviy) investitsiyalar to’plami sifatida talqin etish mumkin. Inson faqat iqtisodiy faoliyat sub’ektiga aylanganda, ya’ni, unga kiritilgan investitsiyalar ishlay boshlab, foyda keltirgan taqdirda sarmoyaga aylanadi.
Inson sarmoyasiga investitsiyalar (intellektual investitsiyalarning bir qismi yoki intellektual sarmoyaga investitsiyalar sifatida) – bu kelgusida xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan, alohida sarmoya egasining ham, umuman jamiyatning ham kelgusi daromadlari oshishiga xizmat qiluvchi xarajatlardir. Umuman olganda, inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiyalar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: salomatlikni saqlab turish, umumiy va maxsus ta’lim olish xarajatlari; ish qidirish; ishlab chiqarishda kasbiy tayyorgarlik; bolalarning tug’ilishi va ularni tarbiyalash, narxlar va ish haqi to’g’risida iqtisodiy ahamiyatli axborotni qidirish bilan bog’liq xarjatlar va h.k. Joriy xarajatlar shu maqsadda amalga oshiriladiki, ushbu xarajatlar kelgusida daromadlarning yuqori oqimi bilan bir necha marta qoplanadi.
Ta’kidlash joizki, inson sarmoyasi bilan moddiy sarmoya o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri o’xshashlik mavjudligiga qaramay, ular bir-biridan ancha farq qiladi. Xususan, inson sarmoyasi qarz olishda ta’minot vazifasini o’tay olmaydi, chunki u sotilishi mumkin emas. Inson o’z xatarini taqsimlay olmaydi yoki diversifikatsiya qilolmaydi, moddiy sarmoya egasi esa buni amalga oshirishi mumkin.
Inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiya ijtimoiy soha tarmoqlari bo’yicha bo’lish mumkin, buning oqibatida ta’lim sarmoyasi, salomatlik sarmoyasi va madaniyat sarmoyasi aniqlanadi. Bugungi kunda inson sarmoyasiga kiritiladigan investitsiyalarning ushbu turlariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, chunki ular ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan hayotiy zarurdir.
Ta’lim xizmatlari ichki va tashqi samaralar xususiyatiga ega. Ta’lim xizmatlarini iste’mol qilishda ichki samara shunga olib keladiki, yuqori ma’lumot kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan har bir inson boshqalarga qaraganda katta daromad olish va ta’limdan xususiy samarani oshirish imkoniyatiga ega. Bunday holatda tashqi (ijobiy) samara mehnat unumdorligi, YaIM hajmining o’sish sur’atlarida, to’g’ri siyosiy qarorlarning qabul qilinishida o’z ifodasini topadi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, aynan inson kapitaliga yo’naltirilgan investitsiyalar iqtisodiyot o’sishining asosiy vositasiga aylanadi. Ma’lumki, YaIMning iste’mol uchun yo’naltiriladigan ulushi, aslida, inson sarmoyasining rivojlanishini ta’minlovchi investitsion resurs hisoblanadi.
Download 16,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish