2 Milliy hisoblar tizimi.
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi.Milliy hisoblar tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruxlar tizimi. MHT BMT to’lonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» no’lli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo’llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekistonda mazkur tizim keng qo’llaniladi. Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruxdan iborat bo’ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) ikki tomonlama yozuv qoidasiga asoslangan balanslashgan jadvallar to'plami bo‘lib, unda makrodarajadagi bir iqtisodiy bitim natijalari ham xarajatlar va ham daromadlar sifatida aks etadi. MHT BMTnmg statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlarni o'z ichiga olib, ular standart hisoblar va asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan lboratdir. MHTning bosh ko'rsatkichi 1993-yilgacha - YaIM bo'lib, uning barcha bosqichlandagi harakati bo'yicha malumotlar MHT orqali hisobga olingan. 1993-yildan boshlab, Milliy hisoblar tizimining markaziy ko‘rsatkichi - yalpi ichki mahsulot (YalM) bo‘lib, yalpi milliy mahsulot uning lkkinchi makroiqtisodiy ko'rsatkichidir. Boshqa tomondan, yalpi ichki mahsulot yalpi milliy mahsulotning ma’lum modifikatsiyasidir3MHT g‘oyasining vujudga kelishi, ishlab chiqilishi va amalga oshirilish bosqichlari. Milliy hisoblarning dastlabki uslubiy asoslari F.Kene tomonidan ijtimoiy takror ishlab chiqarishning natural va qiymat ko'rsatkichlari o'rtasidagi nisbatlar nuqtayi nazandan ilgari surilgan. MHTning nazariya asoslarini yaratish va uni ishlab chiqishga J.Keyns, A.Bouli, J.Klark, S.Kuznets, R.Stoun, R.Frish kabi lqtisodchilar katta hissa qo'shgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotinmg statistika byurosi «Milliy daromadni aniqlash va Milliy hisobni tashkil qilish» to‘g‘risidagi ma’ruzasini e’lon qilgan (1947-y.) hamda shu asosda R.Stoun rahbarligida rivojlangan mamlakatlar tajribasi hisobga olinib MHT ishlab chiqilgan. Milliy hisoblar standart tizimi BMT statistika ko’lissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, 1953-vildan boshlab qo'llamla boshlagan. 1968-yilda MHTning ancha takomillashgan andozasi kiritilgan. Unda xarajatlar va ishlab chiqarish jadvali, moliyaviy hisobot, bozor va nobozor sektorlar ajratib ko'rsatilgan. 1993-yilda BMT MHTning takomillashgan yangi standartmi tasdiqlagan. Unda iqtisodiyot sektorlari, standart hisoblar va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning no’llanishi birmuncha o'zgartirilgan. Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |