Milliy boylikni qiymat elementlarining aylanish xarakteriga ko’ra tasniflash: Bunda, milliy boylik quyidagi turlarga ajratiladi:-asosiy fondlar;-moddiy aylanma mablag’lar;-aholining joriy va uzoq muddatli iste’mol qiladigan mulki. Asosiy fondlar - iqtisodiyotdagi mehnat vositalari hisoblanib, korxona, tashkilot va uy xo’jadigida uzoq muddat (odatda 1 yildan ortiq) xizmat qiladi, qiymati esa milliy buxgalteriya standartiga ko’ra 50 minimal ish xaqi miqdoridan oshiq bo’lishi lozim. Moddiy aylanma mablag’lar – iqtisodiyotdagi mehnat predmetlari hisoblanib, ular ishlab chiqarish maqsadlarida iste’mol qilinadi va odatda bitta ishlab chiqarish sikilida o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazadi. Aholining joriy va uzoq muddatli iste’mol qiladigan mulki – aholiga tegishli bo’lgan maishiy, xo’jalik, madaniy va transport vositalari va shaxsiy maqsadda foydalanadigan kiyim-kechak, poyafzal va hakozolardir.
Takror: ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko’ra milliy mulk quyidagilarga ajratiladi
Ishlab chiqarish fondlari: Ishlab chiqarish fondlari:
a) ishlab chiqarish asosiy va aylanma fondlar;
b) ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy zahiralari, er, o’rmon va boshqa tabiiy resurslar xolatini yaxshilashga sarflangan moddiy va mehnat xarajatlari.
Noishlab chiqarish fondlari:
a) noishlab chiqarish ijtimoiy fondi: davlat boshqaruv va mudofa fondlari, ijtimoiy, kredit, sug’urta va ilmiy muassasalarning fondlari, ulardagi zahira va rezervlar;
b) aholi iste’moli fondi: aholiga maishiy, madaniy va shaxsiy xizmat ko’rsatadigan tashkilotlarning fondlari (sog’liqni saqlash, maorif va madaniyat, uy-joy kommunal xo’jaligi), aholining shaxsiy mulki, istemol predmetlari (ishlab chiqarish va muomala sohasidagi tayyor mahsulot), ijtimoiy zahira va rezervlar.
(Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2018 (311 bet) Jadval2
XXI asr boshida dunyoning milliy boyligi va tarkibi
Davlatlar
|
Milliy boylik
|
|
S
|
Jumladan kapital turlari
|
Bo’yicha
|
inson
|
|
tabiiy
|
|
jismoniy
|
jami, trln doll
|
aholi jon boshiga, ming doll
|
trln doll
|
%
|
trln. doll.
|
%
|
|
trln. doll.
|
%
|
Dunyo bo‘yicha jami
|
550
|
90
|
365
|
66,4
|
90
|
16,4
|
95
|
17,3
|
"Yettilik" va Yevropa ittifoqi davlatlari
|
275
|
360
|
215
|
78,2
|
10
|
3,6
|
50
|
18,2
|
2 OPEK davlatlari
|
95
|
195
|
45
|
47,4
|
35
|
36,8
|
15
|
15,8
|
MDH davlatlari
|
80
|
275
|
40
|
50,0
|
30
|
37,5
|
10
|
12,5
|
Boshqa davlatlar
|
100
|
30
|
65
|
65,0
|
15
|
15,0
|
20
|
20,0
|
jadval ma’lumotlari asosida milliy boylik tarkibini tahlil qilish mumkin. Ko’rinib turibdiki, "Yettilik" va Yevropa ittifoqi davlatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan milliy boylik hajmi dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan bir necha barobar yuqori. Bu davlatlarda inson kapitali qiymatining yuqoriligi mazkur davlatlami yuqori o‘rinda turishiga sabab bo’lmoqda. OPEK va MDH davlatlarida tabiiy boylikning milliy boylik tarkibidagi ulushi bu davlatlar ulushidan deyarli 10 barobarga yuqori bo’lsada, inson kapitalining ulushi 47,4% va 50% ni tashkil qiladi. Demak, shunday xulosa qilsa boladiki, iqtisodiyotning taraqqiy etish darajasi yuksalib borishi bilan, inson kapitaliga sarflar ortib boraveradi, bu esa milliy boylik hajmining ko‘payishiga olib keladi. Hisob-kitoblar natijalari ma’lum bo’lgan “boylar boyimoqda, kambag‘allar qashshoqlashmoqda” iborasini tasdiqlaydi2
Do'stlaringiz bilan baham: |