lonlovchi detektorlarning ishlash prinsipi tok kuchini o'lchashga asoslangan. Eng ko'p tarqalgani alangali-ionlovchi detektor bo'lib, unda alangaga kiritilgan moddalarni ionlashtiruvchi elektrodlar orasida hosil bo'luvchi tok kuchi o'lchanadi. Elektrodlarga kuchlanish beril-gach, alangada elektrodlar orasida ionlar paydo bo'lib, ionlanish tokini hosil qiladi (38, 39-rasmlar).

Elektronni qamrab oluvchi detektorning ham sezgirligi kattadir. Alanga ta'sirida gazda radikallar va erkin elektronlar hosil bo'ladi. Aniqlanuvchi modda alangaga kiritilganda ionlar hosil bo'lish tezligi keskin ortadi va detektorda signal toki paydo bo'ladi. Bu tok kuchay-tirilib ro'yxat qiluvchiga uzatiladi.Detektordan chiquvchi impulslarni o'lchash yoki yozib olish uchun sezgir ko'rsatuvchi millivoltmetr va potensiometrdan foydalani-ladi. Signalni qayd qilib, detektor signalini tashuvchi gaz hajmi V yoki uning sorbsion kolonkadan o'tish vaqti t ga bog'liqlik grafigi olinadi. Bu grafik xromatogramma deyiladi (40-rasm). Xromatogram-mada tahlil qilinayotgan namunaning har bir tarkibiy qismiga mos keluvchi cho'qqilar bo'ladi.
Suyuqlik-adsorbsion xromatografiya ishlatiladigan asboblariga qarab ikki usulda: kolonkali va yupqa qatlamli usulda olib boriladi. Ular ayrim xususiyatlari bilan bir-biridan keskin farqlanadi.
Suyuqlik xromatografiyaasi gaz xromatografiyasidagi kabi prinsip-larga asoslangan bo'lib, bunda tashuvchi gaz o'rniga kolonkadagi qo'zg'almas faza bilan aralashmaydigan suyuqlik oqimidan foydalaniladi. Xromatografik kolonkadagi suyuq tashuvchi oqimiga tekshiriluvchi material namunasi kiritilganda moddalarning qo'zg'almas va harakatchan fazalar orasida qayta taqsimlanishi sodir bo'ladi va aralashma alohida birikmalarga ajraladi. Detektorda alohida moddalarga tegishli cho'qqilar qayd etiladi. Suyuqlik xromatografiyaasi amal-da moddalarning biror erituvchida eriydigan har qanday aralashma-larini tahlil qilishga imkon beradi.