Integral detektorlar ma'lum vaqt orasida chiqqan moddaning umumiy miqdorini qayd etadi (1-rasm, b). Differensial detektorlar, o'z navbatida, ikki turga bo'linadi: konsentratsion detektorlarkolonkadan chiqayotgan modda konsentratsiyasini, oqim detektorlari esa, modda konsentratsiyasining oqim tezligiga ko'paytmasini qayd qiladi. - Integral detektorlar ma'lum vaqt orasida chiqqan moddaning umumiy miqdorini qayd etadi (1-rasm, b). Differensial detektorlar, o'z navbatida, ikki turga bo'linadi: konsentratsion detektorlarkolonkadan chiqayotgan modda konsentratsiyasini, oqim detektorlari esa, modda konsentratsiyasining oqim tezligiga ko'paytmasini qayd qiladi.
- Eng ko'p tarqalgan differensial detektorlardan biri katarometr bo'lib, uning ishlash prinsipi qizdirilgan platina yoki volfram tolaning qarshiligini o'lchashga asoslangan. U yuvib o'tuvchi gazning issiqlik o'tkazuvchanligiga bog'liq bo'ladi. Bir xil sharoitda qizdirilgan toladan ajraluvchi issiqliq miqdori gaz tarkibiga bog'liq. Aralashmadagi aniq-lanuvchi komponentlaming issiqlik o'tkazuvchanligi tashuvchi-gazning issiqlik o'tkazuvchanligidan qancha katta farq qilsa, katarometrning sezgirligi shuncha katta bo'ladi. Shu nuqtayi nazardan eng qulay tashuvchi-gaz vodoroddir, chunki uning issiqlik o'tkazish xususiyati ko'pchilik boshqa gazlarning issiqlik o'tkazishidan ancha katta.
Katarometrning afzalliklari uning oddiyligi, yetarli darajada aniqligi va ishonchli ishlashidir. Lekin sezgirligi kuchli bo'lmagani tufayli u mikroaralashmalarni aniqlashda ishlatiladi. - Katarometrning afzalliklari uning oddiyligi, yetarli darajada aniqligi va ishonchli ishlashidir. Lekin sezgirligi kuchli bo'lmagani tufayli u mikroaralashmalarni aniqlashda ishlatiladi.
- Termokimyoviy detektorning ishlashi platina simining qarshiligini o'lchashga asoslangan. Bu qarshilik yonuvchan gazlar yonganida haro-ratning o'zgarishi natijasida o'zgaradi. Gazlar xromatografik kolonkadan chiqishda qizdirilgan platina simga tegib katalitik ravishda yonadi. Termokimyoviy detektorning sezgirligi katarometrnikiga nisbatan yuqoriroqdir. Termokimyoviy detektorning ishlatilishi yonuvchan moddalarga bog'liq ravishda cheklangan.
- Alangali detektorning ishlash prinsipi gorelkaning vodorod alangasi unga organik moddalar kiritilganda o'zgarishiga asoslangan. lonlovchi detektorlarning sezgirligi juda yuqori bo'ladi. Masalan, alangali-ionlovchi detektor (AID) 10~12 gacha moddani aniqlash imkonini beradi. Bu detektorlarda vodorod gorelkasi alangasining elektr o'tkazuvchanligi o'lchanadi. Toza vodorod alangasining elektr o'tkazuvchanligi juda kichik bo'ladi. Vodorodda organik birikrnalarning ara-lashmalari paydo bo'lganida alanga ionlanadi. Ionlanish darajasi ara-lashmaning konsentratsiyasiga mos bo'ladi. Uni oson o'lchash mum-kin. Bu turdagi detektorlarning juda sezgirligi ularning keng qo'lla-nilishiga sabab bo'ladi. Lekin alanga-ionlovchi detektorlar (AID) ning juda sezgirligi faqat organik birikmalarga nisbatan xos bo'lib, ammiak, vodorod sulfid, oltingugurt oksidlari, kislorod, azot va boshqa anorganik moddalarga nisbatan uning sezgirligi keskin pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |