bo’lib, o’ sho’rolar hukmronligi davrida markazlashgan rejalashtirish
doirasida rivojlanib kelgan edi. Unda foyda va qiymatning o’rtacha normasi
bo’yicha mavjud bo’lgan tenglamaga amal qilmas edi. Ko’pgina xorijiy
mamlakatlarda olingan foyda darajasi muhim farqlar yo’qligi tufayli sof mahsulot
usulini mahsulot hajmlari va mehnat unumdorligini aniqlash uchun batamom
maqbul deb hisoblaydilar.
Lekin hatto bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda ham sof mahsulot
ko’rsatkichi tovar yoki yalpi mahsulot ko’rsatkichlariga nisbatan narxlarning
tebranib turishiga ancha ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat unumdorlgini aniqlashda foydalaniladigan normativ sof mahsulot
ko’rsatkichi sof mahsulot ko’rsatkichidan farqli o’laroq nomativ ish haqini va unga
qo’shib yozilgan haqi, shuningdek o’rtacha tarmoq foydasini o’z ichiga oladi.
Shuning hisobiga mahsulot har xil turlarning turlicha foyda keltirishga barham
kamchiliklar vujudga keladi. Birinchi, mahsulotlarning barcha turlariga ulgurji
narxlar tizimiga parallel ravishda ish haqining yaxlit normativlari tizimini yaratish
zarurati paydo bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarishda bu narsa qiyinchilik
tug’dirmasa ham, donalik va kichik seriyali ishlab chiqarish va ulardagi mahsulot
nomenklaturasining tez-tez o’zgarib turishi sharoitida jiddiy qiyinchiliklar paydo
bo’ladi. Ikkinchidan, normativ sof mahsulot asosini tashkil etuvchi ish haqi
normativlarini ishlab chiqishda mazkur normativlarni oshirishga moyillik paydo
bo’ldi. Bu esa mehnat sarflashning nisbatan ko’payishiga, demak, mehnat
unumdorliginni oshirish sur’atlarinng sekinlashuviga olib keldi. Uchinchidan, unumdorlikning normativ sof mahsulot ko’rsatkichi korxonalar ishining
pirovardmoliyaviy natijalar bilan zaif bog’langan: mahsulot ishlab chiqarish
normasi va mehnat unumdorligi hajmlari ko’rsatkichiga ega bo’lish mumkin.
Lekin moddiy resurslarning ortiqcha sarflanishi tufayli foydaga ega bo’lmasligi
mumkin. Bitta ana shu sababning o’ziyoq normativ sof mahsulot ko’rsatkichidan,
asosiy usul sifatida foydalanishni maqsadga muvofiq qilib qo’yadi. Unda faqat
tahlil qilish maqsadlarida keng foydalanish mumkin bo’ladi.
Mehnat unumdorligini o’lchashning qiymat usulida foydalanadigan ishlov
berining normativ qiymati ko’rsatkichi engil sanoatda ishlab chiqarish hajmlarini
aniqlash uchun qo’llaniladi. Ishlov berish qiymati normativlariga ishlab
chiqarishdagi ishchilarning ish haqi va ularga yoziladigan qo’shimcha haqlar, tsex
xarajatlar normativi; umumzavod xarajatlari normativi kiritiladi.