Mavzu: Mexanika va uning saqlanish qonuni
Reja:
Impuls va uning saqlanish qonuni.
Mexanik ish, quvvat va uning birliklari.
Energiya. Kinetik va potensial energiya.
Mexanik energiya va uning saqlanish qonuni.
Tayanch iboralar:
Impuls , mexanik ish, quvvat, energiya, kinetik energiya, potensial energiya, joul, vatt.
Agar jismga qo‘yilgan kuchlar ma’lum bo‘lsa, Nyuton qonunlari mexanika masalalarini yechishga imkon beradi. Lekin ko‘p hollarda bu kuchlar noma’lum bo‘lgani uchun Nyuton qonunlarini bevosita qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, ikkita jism to‘qnashishida yuzaga keladigan deformatsiyalanish juda murakkab bo‘lib, elastiklik kuchlarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Kuchlarning ta’sir etish vaqti ham juda qisqa bo‘ladi. Natijada kuzatilayotgan jarayonlarda namoyon bo‘layotgan kuchlarning qiymatlarini aniqlash
ancha mushkul. Bu kabi hollarda masalani yechish uchun Nyuton qonunlaridan kelib chiqadigan natijalardan, xususan, yangi fizik kattaliklar – impuls va energiya
kattaliklaridan foydalaniladi. Ma’lum bir sharoitlarda bu
kattaliklar ko‘rilayotgan jarayon davomida o‘zgarmasligi, ya’ni saqlanishi
ko‘plab hodisalarni tahlil qilishda qulaylik tug‘diradi. Shuning uchun
impuls va energiyaning saqlanish xossalaridan foydalanish murakkab
masalalarning nisbatan sodda ko‘rinishga keltirilishiga yordam beradi. Impuls va energiyaning saqlanish qonunlari fizikaning barcha bo‘limlariga tegishli bo‘lib, tabiatning eng muhim qonunlaridir.
Impuls va uning saqlanish qonuni
To‘xtab turgan aravachani ma’lum bir tezlikda
harakatlantirish uchun uni katta tezlikda kelayotgan
boshqa aravacha turtib yuborishi kerak. Yoki uni astasekin tortib, kichik kuch ta’siri yordamida ham kerakli tezlikka erishtirish mumkin. Lekin buning uchun uzoq vaqt davomida kuch ta’sir ettirib turish kerak
bo‘ladi. Bu ikki usulda arava bir xil tezlikda harakatga keladi: birida qisqa vaqt davomida katta kuch, ikkinchisida uzoq vaqt davomida kichik kuch ta’sirida.
Demak, jismlarning o‘zaro ta’sirida natija kuchning miqdoridan tashqari, ta’sirlashish vaqtining davomiyligiga ham bog‘liq ekan. Kuch impulsi jismga ta’sir etayotgan kuchning shu kuch ta’sir etish vaqtiga ko‘paytmasiga teng.
Р = const
I= F→· t. (1)
Xalqaro birliklar sistemasida kuch impulsi – →I ning birligi Nyuton · sekund (N·s). 1N·s li impuls–bu 1s davomida ta’sir etuvchi 1N kuch impulsidir.
Kuch impulsi vektor kattalik bo‘lib, uning yo‘nalishi kuchning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |