Standartiashtirish bo'yicha hududiy tashkilotlar
Yevropa iqtisodiy uyushmasi (ElU)ning standartiashtirish sohasidagi faoliyati
ElUni tashkil etish to'g'risida 100-Rim shartnomasining EIU a’zo-davlatlari
qonun, boshqaruv va ma'muriy qarorlanni yaqinlashtirishni buyuruvchi moddasiga
asoslangan.“Texnik uyg'unlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida yangicha
yondashish to'g'risida" 1985-yil 7-may Qarorida EIU Kengashi quyidagi
prinsiplarni tasdiqladi:
- qonunlarni uyg'unlashtirish 100-moddaga muvofiq diiektivalar doirasida
xavfsizlik asosiy talablarini o'rnatish bilan cheklanadi. Bu uyushma doirasida
ushbu mahsulot uchun erkin savdo sharoitlari ta’minlanishi lozimligini
anglatadi;
— sanoat buyumlarini standartiashtirish uchun mas’ul idoralarga
texnologiyaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda texnik
reglamentiarni ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. Bunday reglamentlarga
asosan, Uyushma a’zolari direktivalarda o'matilgan umumiy talablarga rioya
qilgan holda mahsulot yaratishi va foydalanishga qo'yishi mumkin;
- bunday texnik reglamentlar majburiy emas, balki ixtiyoriy qo'llaniladigan
standartlar bo'lib qoladi;
- aym bir vaqtda Uyushma ma’muriyatga uyg'unlashtirilgan standartiar \>oki
vaqtinchalik milliy standartlar) bo'yicha tayyorlangan mahsulotning direktivada
оmatilgan “umumiy talablarga” muvofiqligini o'rnatish vaziiasi yuklatiladi.
Buning ma’nosi shuki, ishlab chiqaruvchi mahsulotni bu standart! arsiz ishlab
chiqarish imkcniyatiga ega bo'isa ham, ishlab chiqaruvchiga о z mahsulotining
direktivadagi umumiy talablarga muvofiqligini isbotlashiga to'g'ri keladi.O tish
davrida, yagona standart qabul qilinishigacha, eng yaxshi milliy standartlardan
keng foydalanishga katta ahamiyat beriladi. Uyushma mamiakatlarining
integrasiya jarayonlariga talabiarni qondiruvchi xaqaro standartlarni qo'llanish
ko‘zda tutilgan, agar bundav standartlar yo'q bo'isa, Yevropa standartlari
(CEN/CENELEK standartlari) ishlab chiqiladi. Bunday standartlar kelajakda
xalqaro standartiashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Yevropa standartlari
ga afzallik beriladi, natijada G'arbiy Yevropada hududiy standartlashtirshni
mustahkamlash va rivojlantirish mumkin bo'ladi.Standartiashtirish bo'yicha
Yevropa qo'mitasi (CEN). EIUmunosabati bilan “texnik to'siqlarni” bartaraf etish
bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Bunday texnik to'siqlar buyumlarga standartlardagi
farq, ulardan fovdalanish qoidalarining zidligi, xavfsizlik lexnikasi bo'yicha
farqlanuvchi me’yorlar, sog'liqni saqlash va tabiatni asrash me’yorlaridagi farqlar
hisobiga paydo bo'ladi.Bu muammoni hal qilishda Yevropa standartlashtirishiga
birinchi navbatda ahamiyat beriladi. EIU va Yevropa erkin savdo
assotsiatsiyasi (EESA) vakillarining 1961-yil 23-martda Parijda bo'lib o'tgan
majlisida CENning tashkil etilganligi e’lon qilindi (CEN 1970-yilgacha Standartlarni
muvofiqlashtirish bo'yicha Yevropa qo'mitasi, deb atalgan). CEN a’zolari EIU va
EESAning 18 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya,
Irlandiya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg' Norvegiya, Niderlandiya,
Portugaiiya, Finlyandiya, GFR, Fransiya, Shvetsiya va Shveysariya
standartiashtirish bo'yicha milliy tashkilotlaridan iborat. Bu yopiq tashkilot
bo'lib, G'arbiy Yevropa mamiakatlarining yuqorida keltirilgan iqtisodiy guruh
a’zolarini birlashtiradi.CENning birinchi majlisidayoq Ustav va protsedura
Qoidalari tasdiqlandi. 1970-yiIda CEN Ustavi qayta ko'rib chiqiladi. Bunda
Ustavga m a lu m o'zgartirishlar bilan birga Yevropa standartlari (EN)ni
majburiy yaratish ham kiritilgan. Standartlarni yaratish bo'yicha barcha ishlar
texnik qo'mitalar tomonidan olib boriladi. Bunday texnik qo'mitalarda texnik
sekrctanatlar iqtisodiy guruh mamlakatlaridan biri tomonidan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |