4.Sianlash - Tarkibida uglerodning miqdori 0,2—0,4% gacha bo‘lgan konstruksion po‘latlarning sirtqi qatlamini yuqori temperaturada (550—950°S) bir vaqtning o‘zida azot va uglerod elementlariga to‘yintirish sianlash deyiladi.
- Sianlash natijasida detal va kesuvchi asboblar sirtqi qatlamining qattiqligi va yedirilishga chidamliligi ortadi.
- Sianlash suyuq, gaz va qattiq muxitlarda olib boriladi. Suyuq muxitda sianlashda detallar yoki asboblar suyuqlantrilgan tuzlar vannasida qizdiriladi. Bunday tuzlar sifatida natriysianid (NaCN), natriyxlorid (NaCl), bariyxlorid (VaSl2), natriykarbonat (Na2CO3) va boshqalar qo‘llaniladi. Bu usulda sianlanganda quyidagicha reaksiyalar sodir bo‘ladi:
- 2 NaCN + O2 —>2
- 2NaCNO+O2—> Na2CO3 + CO + 2 Nat
- 2SO—>SO2 + Sat.
- Ajralib chikkan aktiv atomlar uglerod va azot detalning sirtqi qatlamiga diffuziyalanadi.
- Gaz muxitida sianlashda detallar yoki kesuvchi asboblar uglerod va azotli gazlar aralashmasi, masalan metan (SN4) bilan ammiak (NH3) gazlari aralashmasi ishtirokida qizdiriladi. Gaz muxitda sianlash Tsmentitlash protsessi bilan azotlash protsessini o‘z ichiga olganligi sababli bu protsess nitrot Tsmentitlash deb xam ataladi
- Qattiq muxitda sianlash tarkibida 30—40% sarik kon tuzi —kaliy ferrot sianid [K4Fe(CN)6], 10% soda —natriy karbonat [Na2CO3], qolgani pista kumirdan iborat bo‘lgan aralashma bilan sianizatorda olib boriladi. Sianizatorni qizdirish temperaturasiga qarab quyi, o‘rtacha va yuqori temperaturada sianlash usullari bor.
- Konstruksion po`latlar qo'llaniladigan yumshatish jarayonlari ikki eng keng tarqalgan turlari mavjud. Bular to'liq yumshatish va chala yumshatishdir.
- To`liq yumshatishda evtektoidgacha va evtektoid po`latlarini austenit fazasida ostenit-ferrit chegarasidan 40 ° C yuqorida qizdirish , yuqori haroratda zarur ushlab , keyin asta-sekin xona temperaturasigacha sovutiladi. Bunda Po`latlar u ikki fazali ostenit hamda Tsmentit (Fe3C) holatida , evtektoid po`latlari austenit chegarasidan 40 ° C yuqori harorati austenit fazasi hisoblanadi. To`liq toblangandan keyin evtektoid po`latlari Ferrit va perlit tuzulishiga ega bo`ladi.
- Ko'pinchayumshatish ichki kuchlanishlardan ozod qilish uchun qo`llaniladi.Bu jarayon stress yordam deb ataladi. Kam uglerodli po`latlar (C=0.3%) ni yumshatish odatda 550 ° C va 650 ° C orasida, evtektoid haroratidan past haroratda amalga oshiriladi William F.Smith Foundations of materials science and engineyering, 2013 402-b mazmun-mohiyatidan foydalanilgan
-
- Sianlashning asosiy vazifasi (maqsadi) – qattiqliqni, еyilishga chidamliligini, korroziyabardoshligini oshirish.
- Sianlash jarayoni Buyumlar vannalarda suyultirilgan sian tuzlarida, masalan 25% NaCN, 60% NaCl и 15% Na2C03 , qizdiriladi, sian tuzlari atomar uglerod va azotni ajratadi va ular buyum sirtiga singib boradi:
- 2NaCNO + O2 → Na2CO3 + CO + N atom
- Sianlangan qatlam qalinligi va unda uglerod, azotning foizi jarayon haroratiga hamda jarayon davomiyligiga bo’liq. Sianlangan qatlam yemirilishga chidamli bo’ladi, uning qattiqligi 58-62 HRC teng bo’ladi. Mustahkamligi va korroziya bardoshligi oshadi.
- Jarayon 0,5-2 soat davom etadi.
- Yuqori temperaturali sianlash
- Qizdirish harorati - 800…950oС,
- Sianlangan qatlamda 0,6…1,2 % C va 0,2…0,6 % N bo’ladi,
- To’yingan qatlam - h=0,15-2 mm.
- Sianlangan po’lat toblanadi va past haroratda bo’shatiladi
- Sementitlashga qaraganda jarayon tez kechadi, detallar kam qiyshayadi, qattiqlik va yeyilishga chidamlilik oshadi.
- Past temperaturali sianlash.
- Qizdirish harorati 540…600oС,
- Sianlangan qatlamda 0,6-0,7%C, 0,8-1,2 %N bo’ladi,
- To’yingan qatlam h=0,02-0,04 mm,
- Jarayon davomiyligi – 1,5-3 soat
- Qattiqlik 900…1200 HV
- Asosan tezkesar po’latlardan tayorlangan asboblar va yuqori xromli po’latlar uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |