Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi. Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
2. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining konuniyatidir. U Mehnat unumdorligining tuxtovsiz o’sishi, Mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va Mehnat resurslaridan rasional foydalanish, Xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib bormokda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizi absolyut xajmni oshirib yuboradi. Ya’ni korxonada ishlab chikarilayotgan mahsulotning tannarxini 1 % ga kamaytirish evaziga korxona ancha mikdorda moliyaviy resurslarini iktisod kilishga erishadi. Bu xar qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb masalalrdan biri xisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yullarini keltiramiz. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy kilish va mahsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaralirok foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan Mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari
Do'stlaringiz bilan baham: |