Kipregel. Kiprigel – qarash trubasi, vertikal doira va adilagi bo‘lgan metall chiziqdan iborat asbob. Kipregel KN (15.3-shakl) redensiyali qarash trubasining bitta vaziyatida nisbiy balandlik va masofani aniqlash uchun mo‘ljallangan. Kipregel KN bilan ishlaganda 3 metrli yig‘iladigan reyka ishlatiladi. Sanoq olishdan oldin vertikal doiradagi adilak o‘rtaga keltiriladi. Masofani aniqlash uchun reykadagi boshlang‘ich aylana va to‘r iplari vertikal shtrixi bo‘yicha masofa aylanasi o‘rtasidagi bo‘laklar soniga teng sanoq olinadi. Misol S 23,5 sm x 100 q 23,5 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |