Menzula bilan plan olish mohiyati va afzalliklari. Menzula bilan plan olish menzula va kiprigel yordamida bajariladi. U bevosita dalada qalam bilan topografik plan olish imkoniyatini beradi. Menzula bilan plan olishning asosiy avzalligi plan olish jarayonida joy aniq ko‘rinib turishi, joyning tuzilayotgan plan bilan taqqoslash mumkinligi va plan tuzishining yuqori sifatligi. Bu usulning kamchiligi quyidagilar: ishning asosiy qismi dalada bajarilishi, ob-havoning qorli, yomg‘irli kunlarida ishlash imkoniyati yo‘qligi va menzula asboblarining ko‘pligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |