Mavzu: mening san’atim tengdoshlarim nigohida (yakuniy dars) Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Download 267,21 Kb.
bet3/3
Sana02.09.2021
Hajmi267,21 Kb.
#162476
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)(1)

DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt



















1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa
















2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,

yangi mavzu bilan bog’lash



8 daqiqa













3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa













4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa













5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa














6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi


2 daqiqa




I. Tashkiliy qism.

O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.



1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.



1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:

1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.



II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.

III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

О‘quvchilaming tasviriy san’at faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda, ulaming ijodiy ishlarini rag‘batlantirishda, o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlashda yakuniy dars jarayonida tashkil etiladigan ko‘rgazmalaming ahamiyati kattadir.

O‘quvchilar ishlaridan ko‘rgazma tashkil etishning bir necha turlari bor:

1.О‘quvchilarning dars jarayonida bajargan eng yaxshi ishlari bo‘yicha umumiy tanlab olingan rasmlar ko‘rgazmasi;

2.Tasviriy san’at to‘garagiga qatnashadigan maktabdagi iqtidorli bir necha o‘quvchilar ishlaridan tashkil topgan rasmlar ko‘rgazmasi;

3.Maktab miqyosida tasviriy san’atdan mavzu bo‘yicha tanlov e’lon qilinib, tanlovga yig‘ilgan namunali rasmlardan tashkil topgan kо ‘rgazmalardir.



O‘quvchilar ishlaridan tashkil topgan ko‘rgazmalarni turlicha stend shaklida yoki stendsiz devorga joylashtirish mumkin. O‘quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar A-4 o‘lchamida chizilgan bo‘lsa, stend shaklida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar maktabdagi iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ishlangan surat A-2 o‘lchamida chizilgan bo‘lsa, katta o‘lchamdagi rasmni yog‘ochdan, kartondan tayyorlangan ramka (bagetga) o‘rnatib, devoming o‘ziga joylashtirib osiladi. O‘quvchilaming yil davomida bajargan ishlarini ko‘rgazmaga tayyorlash uchun avvalo rasm daftardagi har bir ish ko‘rib chiqiladi.

Qog‘ozga yaxshi joylashtirilgan, bo‘yalgan ishlar tanlab, ajratiladi. Suratning yon tomonlariga eni 1 sm hoshiya chizib olinadi. Saralab ajratilgan ishlaming har birini to‘rt chekkasiga eni 2 sm oq qog‘ozdan hoshiya yelimlanadi.

Hoshiyasi yelimlangan suratning hajmi kattaroq ko‘rinadi, shuningdek, estetik jihatdan rasmni chiroyli ko‘rsatadi. Stend suratlami joylashtirishda surat ranglariga e’tibor beriladi. Och rangda ishlangan rasm ko‘rgazma stendining yuqori qismiga, to‘q rang gammasida ishlangan suratlar stendning pastki qismiga joylashtiriladi. Har bir chizilgan suratning pastki o‘ng burchagiga surat mavzusi va o‘quvchining ism-familiyasi yozib qo‘yiladi.

O‘qituvchi yozuv taxtasiga stendning xomaki eskizini chizadi. Sarlavha yozib o‘quvchilar tayyorlagan ishlami yig‘ib, skotch bilan yozuv taxtasida stendning eskizini hosil qiladi.

O‘quvchilar ko‘rgazma stendini tomosha qilib, o‘z tengdoshlari ijodi bilan tanishadilar. Olingan taassurotlar esa o‘quvchilami yangi ijodiy izlanishga yo‘naltiradi.



Qadrli o‘quvchilar, siz 6-sinfda tasviriy san’atdan san’atshunoslik asoslari, naturaga qarab tasvirlash, kompozitsion faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha juda ko‘p mavzulami o‘rganib, o‘zlashtirib oldingiz. Choraklaming asosiy mavzularidan bo‘lgan I chorakda “O‘rta asrlar san’ati”, II chorakda “Sharq miniatyura san’ati”, III chorakda “Dastgoh rangtasviri”, IV chorakda “Tasviriy san’atda sujetli kartinalar” haqidagi san’at sirlari bilan tanishdingiz. Ko‘rgazmaga olingan ishlaringizdan 6-sinf vazifa va topshiriqlarini qanchalik o‘zlashtirib olganingizni anglash mumkin. Siz 7-sinfda hozirgacha olgan bilimlaringizni yanada boyitib, I chorakda “San’atda oqim va yo‘nalishlar”, II chorakda “Amaliy bezak va dizayn san’ati”, III chorakda “Me’morlik san’ati”,

IVchorakda “Kitobat san’ati” kabi asosiy mavzular bo‘yicha yangi bilim va malakalami egallaysiz.
Download 267,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish