Mavzu: Menejmentning Vazifasi


Menejment faning predmeti



Download 63,75 Kb.
bet3/8
Sana28.01.2023
Hajmi63,75 Kb.
#904706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Menejmentning vazifalari

1.3.Menejment faning predmeti
Har qanday fan o’z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro’y beradigan jarayon va hodisalarning ro’y berish qonuniyatlarini aniqlaydi.
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim.
Menejment predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o’rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo’lib turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi xodimlar o’rtasidagi aloqa va o’zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment, bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir.
Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’ekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi – dialektik uslub bo’lib, u menejmentga o’rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi.
Menjmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqe’lik hodisalarini o’rganishga aniq tarixiy yondoshuv; xo’jalik mexanizmi barcha unsurlarini bir vaqtning o’zida tahlil qilish va to’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondoshuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar.
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ular to’g’ri bog’lab qo’llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo’lishidan iboratdir.
Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi
Xorijiy menejment monopolistiq kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishiga, unga xos bo’lgan boshqaruv mehnatining tarqalishiga, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga ehtiyoj o’sishi yuz berdi.
Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo’nalishi «klassik» (an’anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pog’onasining barcha darajalarini – AQShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bo’lgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qarorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni qo’lladi. Uning «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini ma’muriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi. Teylor mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko’rsatishga harakat qilgan. U tomonidan ishlangan sxemada o’lda-jo’lda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir narsa oldindan o’ylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldindan aniq belgilangan bo’lishi aks ettirilgan.XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistiq ishlab chiqarish ehtiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar Teylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular boshqarishning sotsiologik va psixologik jihatlariga e’tibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar.
Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy g’oya rivojlanishiga hissa qo’shgan yirik alloma va davlat arboblari – Farobiy, Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amir Temur, Ibn Xoldun (XIII-XIY asr), Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir.
Zamonaviy menejmentning shakllanishi

Menejment bir ilm sohasi sifatida fanlararo tarmoq bo’lib, unda iqtisod sotsiologiya, psixologiya, huquq, texnik va boshqa fanlarda erishilgan yutuqlar, shuningdek, boshqaruv san’ati tajribalari o’z ifodasini topadi. O’zbekistonda shakllanayotgan zamonaviy menejment – bu kompleks ravishdagi innovatsiya fani bo’lib, u bozor iqtisodiyotining shakllanishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, muayyan shart-sharoitlar va raqobatga layoqatlilikning yaratilishi, iqtisodiy erkinlik hamda ma’suliyat asosida jismoniy hamda huquqiy shakllar faoliyatini jonlantirish uchun qulay zamin yaratilish bilan bir vaqtda dunyoga kelmoqda.


Menejment rivojlanishni sekinlashtiruvchi yoki tezlashtiruvchi muayyan ob’ektiv tamoyillar, shuningdek, uning muayyan potensiali va o’zgarish dinamikasi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham ob’ektiv tendensiyalarni o’z vaqtida aniqlab, ulardan boshqaruv jarayonida mohirona foydalanish kerak. Potensial va foydalanilayotgan resurslar, imkoniyatlar (moddiy, moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat, axborot, tashkiliy) va hajmi bilan belgilanadi.
Menejmentga madaniyat, qadriyatlar va e’tiqodlar tizimining bir unsuri sifatida qaraladi. Zamonaviy menejment o’z qadriyatlari va boyliklarini yaratayotgan hamda ijtimoiy-axloqiy qarashlarini shakllantiradigan inson va jamiyat rivojiga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Inson resurslari va tadbirkorlik faoliyati zamonaviy menejment asosini tashkil etadi. Binobarin, menejmentning asosiy vazifasi axborot, bilim, tajriba va yangilikni ishlab chiqarish kuchiga aylantirishdir.
Zamonaviy menejment prinsiplari. Amaliyot, tajriba boshqaruvning an’anaviy to’rachilik prinsiplari o’rniga zamonaviy menejment nazariyasining tizimli prinsiplarini ishlab chiqdi. Ularga quyidagilar kiradi:
• tizimning o’zini-o’zi tashkil qiluvchi va o’zini-o’zi boshqaruvchi innovatsiya unsurlarini shakllantirish va rivojlantirish dinamizmi;
• vertikal tuzilmalarni detsentralizatsiya qilish va maqsadli faoliyatini ta’minlovchi gorizontal aloqalarni kuchaytirish;
• ijobiy va salbiy og’ishlarga o’z vaqtida, tez e’tibor berish;
• firmada birgalikdagi harakatlar tashkil qilish borasida ko’rilgan tadbirlarni tijoriy va funksional natijalarga erishishga yordam berayotgan, ham samarali ishlashga g’ov bo’layotgan omillarga baho berish.
• zamon va makonda foliyatni boshqarish, odamlarni (personalni) boshqarish, ishlab chiqarishni yangilash uchun tashkilotdan tashqari aloqalarni boshqarish usullari va jarayonlarini sintez qilish orqali ularni samarali birlashtirish.
Bunga menejer, tadbirkor va biznesmenning maqsad niyatlari ham, ularga erishishda foydalanadigan vositalari ham kiradi.
“Etika” so’zi yunon tilidan kelib chiqqkan bo’lib, tarjimada odat, taomillar, xulq-atvor qoidalari degan ma’noni anglatadi. Etika nazariy yoki falsafiy, amaliy etikaga bo’linadi.
Amaliy etika eng qadimiy nazariy fanlardan bo’lib, uning o’rganish ob’ekti odob-axloqdir. Amaliy yoki me’yoriy bo’lsin, etika axloqiy tamoyillar, a’mollar va me’yorlarni asoslab beradi.
Menejer o’z hamkasblari bilan bo’ladigan ish faoliyatida umumtomondan qabul qilingan qoida va me’yorlarga amal qiladi: halol raqobat usullaridan foydalanish; nopok yo’l bilan topilgan puldan foydalanmaslik; ochiqchasiga ish qilish, agar sherik ham shunday qilsa; har qanday sharoitda ham bergan va’dasining ustidan chiqish; qo’l ostidagi odamlarga ta’sir ko’rsatishda halol, to’g’ri usullardan foydalanish; talabchan bo’lish, lekin qo’l ostidagilarning qadr-qimmatini yerga urmaslik; mehribon va jonkuyar bo’lish.
• ijodiy yondoshuvning yetishmasligi;
• odamlarga ta’sir qilolmaslik va ularga yo’l-yo’riq ko’rsata bilmaslik;
• boshqaruv jarayonining o’ziga xos tomonlarini, yetarlicha odamlar va resurslarni boshqarish ko’nikmasining bo’shligi;
• o’z-o’zini rivojlantirishga o’rgata olmaslik va bu borada talablar qo’ya olmaslik;
• jamoani shakllantirish qobiliyatining pastligi;
1. Tanlashning keng imkoniyatlari mavjud, binobarin menejerlar bajarayotgan ishining maqsadlari bilan o’z maqsadlarini aniq belgilab olishlari kerak.
2. Tashkiliy tizimlar bugungi rahbarlarni o’qitish-o’rgatish uchun imkoniyatlarni yaratib berishga qodir emas. Shuning uchun ham har bir menejer o’zining o’sishi, rivojlanishi bilan o’zi muntazam shug’ullanishi kerak.
3. Muammolar tobora ko’payib boryapti, hammasi ham murakkab, holbuki, ularni hal etish imkoniyatlari, vositalari ko’pincha cheklangan bo’ladi. Binobarin muammoni tez va samarali hal etish qobiliyati boshqaruvchilik ko’nikmalarining eng muhim qismi bo’lib qolmoqda.
4. Savdo bozorlari, energetik resurslar va foyda olish uchun muttasil kurash yangi g’oyalarni olg’a surishni talab qiladi. Shuning uchun ham rahbarlar nihoyatda topqir bo’lishlar va vaziyat, sharoitning o’zgarishini darrov payqab olishlari kerak.
5. An’anaviy iyerarxiya munosabatlari qiyinlashib boryapti, binobarin samarali boshqarish to’g’ridan-to’g’ri buyruq bermay, tevarak-atrofdagilarga ta’sir qilish ko’nikmasidan foydalanish demakdir.
6. Boshqaruvning ko’pgina an’anaviy maktab va usullari o’z imkoniyatlarini ishlatib bo’ldi, ular bugun va ertangi kun talablariga javob berolmay qoldi. Shuning uchun ham yangi, yanada zamonaviy boshqaruv usullari talab etiladi va ko’pchilik menejerlar qo’l ostidagi odamlarga boshqacharoq munosabatda bo’lishlari, muomala qilishning boshqa usullarini o’zlashtirishlari kerak.
7. Bugungi kunda yollanma xodimlardan foydalanish katta sarf-xarajatlar, qator qiyinchiliklar bilan bog’lik, binobarin har bir rahbardan odam resurslaridan mohirlik bilan foydalanish talab etiladi.
8. Keng ko’lamdagi o’zgarishlarning yuz berishi yangi ko’nikmalarni o’zlashtirishni, yangi yondoshuvlarni rivojlantirishni, zamondan orqada qolib ketmasligi uchun kurashishni talab etadi. Shuning uchun ham menejerlar boshqalarning yangi usullarni tezroq o’rganishlari va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishlariga yordam berishlari talab etiladi.
9. Murakkab muammolar bir necha odamlarning birgalikda harakat qilishlarini, qarorlarni hamkorlikda amalga oshirishlarini tobora ko’proq talab qilmoqda, binobarin menejer tadbirkor, topqir, samarali ishlay oladigan guruhlarni barpo eta olishi, ularni mutassil takomillashtirib bora olishi kerak.

Download 63,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish