Mavzu: Menejmentning ilmiy maktablari



Download 1,72 Mb.
bet1/2
Sana16.07.2022
Hajmi1,72 Mb.
#810098
  1   2
Bog'liq
Menejment 2 -mavzu ppt


Mavzu: Menejmentning ilmiy maktablari

Reja:

Reja:


1. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi.
2. Menejmentning turli xorijiy maktablari tabaqalanishi.
3. Menejmentning nazariya va amaliyotini Rossiyada rivojlanishi.
4. Menejment rivojlanishida yangi bosqich.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib asosan harbiy tavsifga ega edi. U davrlardagi menejerlar esa harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo bo‘lganligi ham sarkardamizning o‘z qo‘l ostidagilarni “qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” tamoyili bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor- mulk egasi o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat to‘ntaruvi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga a’lohida e’tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga ajratadi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilmni, fanni vujudga keltirdi.
Shu davrdan boshlab to bugunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to‘rtta yo‘nalish (maktab) evolutsion tarzda rivojlangan va o‘zlarining tegishli hissalarini qo‘shishgan.
  • Ilmiy menejment maktabi
  • Mumtoz yoki ma’muriy menejment
  • Inson munosabatlari maktabi
  • Zamonaviy menejment maktabi.

Ilmiy menejment maktabi 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan ya’ni “boshqaruvning mumtoz maktabi” deb ham yuritilgan.Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik Teylorizm deb nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish ” ning ilmiy tizimi deb atalgan.
Teylor kishi aql-zakovatiga katta e’tibor bergan. Masalan, u korxona ustasi quyidagi to‘qqiz sifatga ega o‘lishi kerakligini ta’kidlagan:
  • akl-zakovatga;
  • ma’lum ma’lumotga;
  • ish tajribasiga;
  • odobga;
  • g‘ayratga;
  • ziyraklikka;
  • halollikka;
  • to‘g‘ri fikr yuritishga;
  • yaxshi salomatlikka.


F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda
g’oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir.
Uning prinsiplariga binoan:
  • Mehnatning har bir jarayoni , uning ko’lami va ketma-ketligi aniq-puxta ixtisoslashtirilishi shart;
  • Har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim;
  • Har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak;
  • Yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi kerak;
  • Ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy joyiga qo’yilishi shart;
  • Boshqaruvchi va boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to’g’ri taqsimlash shart.

F. Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tatbiq etilganda mehnat unumdorligi 2 baravarga o’sishiga olib kelgan. F.Teylor nazariyasiga ko’ra rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror bir shaxsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi. F. Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish san’ati” deb baholagan.
Iqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington Emerson (1853-1931) edi. U «Unumdorlikning o’n ikki tamoyili» asarini yozib, bu asarda u birinchi bo’lib inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chiqdi.
  • Aniq belgilangan g’oya va maqsadlar;
  • Aqli rasolik;
  • Asosli maslahat;
  • Qat’iy intizom;
  • Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat;
  • Markazlashtirish;
  • Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va doimiy hisob;
  • Me’yor va tartib;
  • Sharoitni normallashtirish;
  • Operatsiyalarni me’yorlash;
  • Yozma standart qo’llanmalar;
  • Unumdorlik uchun rag‘batlantirish. 

Amerikalik olim D. Mak-Gregor (1906-1964) “inson munosabatlari ” maktabining
atoqli namoyondalaridan hisoblanadi. U inson xulq atvorining ikki modeli , xodimning o’z mehnatiga ikki xil munosabatda bo’lishi mumkinligini inobatga olib X va Y nazariyasini yaratdi.
Х nazariyasiga ko’ra, yollanma ishga –tabiatan yalqov bo’lgan kishi , shu sababli u topshirilgan ishdan
bo’yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas’uliyat sezish, fahm farosat yetishmaydi. Bunday holatda
xodimni doimo majburlash , nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo’rqitib turish zarur.
Y nazariyasiga ko’ra yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o’z zimmasiga
mas’uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o’z maqsad va manfaatlariga
g’oyat maqbul tarzda erishadigan shart –sharoitni yaratishdan iborat bo’lgan. Kompaniyaning siyosati va
istiqboli esa xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi
Ishchini rag’batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
ХХ asrning 60-80 yillarida G’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. Bu maktab namoyondalari
Ch.Barnard, G.Saymon hisoblanadi.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o‘ziga xos ko‘rinishlarda shakllanadi:
  • 50-60 - yillarda boshqaruvning tashkiliy tarkibi diqqat markazida turgan bo‘lsa;
  • 60-70 - yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi;
  • 80 - yillardan boshlab esa ilg‘or g‘arb firmalarida strategik rejalashtirishdan, strategik boshqaruvga o‘tiladi.

Rossiyada boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Bu davrda mehnat va boshqaruv muammolariga bagishlangan o’nlab jurnallar, jumladan «boshqaruvni tashkil etish», «Mehnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xo’jalik va boshqaruv» kabi oynomalar nashr qilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv bo’yicha mutaxasislar asarlari rus tiliga tarjima qilindi.
Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta hissa qo’shgan taniqli olim - Aleksey Kapitanovich Gastev (1882-1941) edi. Uning «Qanday ishlamoq kerak?», «Mehnatni me’yorlash va tashkil etish», «Mehnat qo’llanmalari», «Madaniyat qo‘zg’oloni», kitoblari nashr etildi. A.K.Gastev rahbarligi ostida mehnatni tashkil etishning yangi usullarini o’rganish, loyihalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni o’qitishga va malakasini oshirishning maqbul tizimini yaratish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish