Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari,
menejment obyekti va subyekti.
Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:
boshqaruv xokimiyati va san’ati;
resurslarni boshqarish bo‘yicha a’loxida moxirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment-bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o‘ziga xos yuksak sa’nat va maxoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud: Xar qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to‘g‘ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga xamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog‘liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jixat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |