Dars uslubi: bayon etish, suhbat.
Dars jihozi: jadvali suratlar
Dars bosqichlari:
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Ajratilgan vaqt
|
3
|
10
|
20
|
7
|
3
|
2
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
Bolalar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash.Ob-havo haqida suhbat.
II.Uy ishini so`rash .
Savol-javob asosida so`raladi.
III.Yangi mavzuni tushuntirish.
Darslikning 15-sahifasidagi suhbatlashamiz.Bunda quyidagi savillardan foydalanamiz.
1.Rasmda nimalarni ko`ryapsiz?
2.1-yilda nechta fasl bor.?
O`quvchilar bilan birgalikda fasl so`zi yozilgan plakatga klaster yechamiz.
Fasl
IV.Mustahkamlash.O`qituvchi o`quvchini ishlarini ko`rib chiqib xulosalaydi.
O`quvchilar bilan birgalikda har bir fasl va unda qilinadigan ishlar haqida suhbatlashamiz.
Topishmoqlar aytish.
To`tr o`rtoq bor: zo`r ishi,
Kelib ketar bir yilda
Odam ,olam tashvishi.
To`r t og`ayni har xilda.
Har biri xursand etar,
Izma –iz kelib ketar. (yil fasllari)
Bulut etar kumush zar
Kumush zarim yaraqlar
Oq namatim-naqshinkor,
Yerni qoplar parcha…(qor)
Sovuq quduq yuziga
Olmosdan oyna soldi.
Quyoshda shamdek erib,
Oynam suvga yo`qoldi(muz)
V.O`quvchilar bilimini baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar.Baholari kundaliklariga izohlanib qo`yiladi.
VI.Uyga vazifa berish.
Uyda 14-sahifadagi rasmlar asosida hikoya tuzib kelish.
O’TIBDO’______________
Sana:24.10 Fan nomi: Atrofimizdagi olam
Mavzu: O'simliklarning kuzgi hayoti
Maqsad: Ta’limiy: O`simliklarning kuzgi hayoti haqida tushuncha va tasavvurni shakllantirish.
TK-1:mavzuga oid ma’lumotlarni gapirib berish, tabiat va uning hodisalarini aytib bera olish.
Tarbiyaviy: tabiatga bo`lgan mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: bolalarni o'z sog'liqlari uchun g'amxo'rlik qilishga o'rgatish;
TK-4: o‘zi yashaydigan joy tabiatini bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash, milliy bayramlarni bilish va tadbirlarda ishtirok etish.
Dars uslubi: bayon etish, suhbat.
Dars jihozi: jadvali suratlar
Dars bosqichlari:
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Ajratilgan vaqt
|
3
|
10
|
20
|
7
|
3
|
2
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
Bolalar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash.Ob-havo haqida suhbat.
II.Uy ishini so`rash .
Savol-javob asosida so`raladi.
Topishmoq toppish o`yini o`naladi.
Daraxtlarning barglari
Rang olar oltin misol.
Qay faslda ayt,Muslim,
Yuz beradi shunday hol?
(Kuz faslida)
III.Yangi mavzuni tushuntirish.
Darslikning 16-sahifasidagi suhbatlashamiz.Bunda quyidagi savollardan foydalanamiz.
1.Rasmda nimalarni ko`ryapsiz?
2.O`simliklarning qanday turlarini bilasiz?
O`quvchilar bilan birgalikda o`simliklar so`zi yozilgan plakatga klaster yechamiz.
O`simliklar
IV.Mustahkamlash.
O`qituvchi o`quvchini ishlarini ko`rib chiqib xulosalaydi.
O`quvchilar qani kim o`simliklar haqida she`r biladi?
V.O`quvchilar bilimini baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar.Baholari kundaliklariga izohlanib qo`yiladi.
VI.Uyga vazifa berish.
Uyda 16-sahifadagi rasmlar asosida hikoya tuzib kelish.
O’IBDO’______________
Sana:31.10 Fan nomi: Atrofimizdagi olam
Mavzu: Kishilarning kuzgi mehnati.Ma’naviy ehtiyojlar. Maqsad: Ta’limiy: Kishilarning kuzdagi mehnati haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: og`zaki nutqini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
mavzuga oid ma’lumotlarni gapirib berish, tabiat va uning hodisalarini aytib bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
turli manbalarning ma’lumotlaridan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, maktabda, ko‘chada, jamoat transportida yurish qoidalariga roya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |