2. F.Teylorning zamondoshi
F.Gilbret xronometrajning kashfiyotchisi hisoblana di.
Amerika kompaniyalari birining boshqaruvchisi R.Vulf
mehnat unumdorligini oshirishning bir qator yangi moddiy
rag’batlarini kiritgan va ishchilarni boshqaruv ning ba’zi
bir masalalarini hal qilishga jalb qilgan. Sotsiolog M.Follet
korxonadagi nizolar muammosi bilan, rahbarlik uslubi
bilan shug’ullangan. Garvard universiteti professori
G.Myunsterberg
mehnat
unumdorligini
psixologik
omillarga bog’liqligini ta’kidlagan. U birinchi testning va
muxandislik psixologiyasining birinchi tizimli ocherkining
muallifi bo’lgan, kasblarni tanlashga ilmiy yondoshishni
boshlab bergan. Muxandislar va ishlab chiqarishning
boshqa mutaxassislari bilan bir qatorda psixologlar
halokatlar va jarohatlarni oldini olish muammosi, hamda
atrofdagi
jismoniy
sharoitlar
– yoritish, isitish,
shamollatish va h.k.larning mehnat unumdor ligiga ta’sirini
tadqiqot qilish bilan shug’ullanganlar. Ularning g’oyalari
zamonaviy fanda rivojlana boshlagan, uni Yevropada
ergonomika, AQShda esa – sotsial injeneriya deb ataydilar.
Ushbu olimlar asarlarida shakllangan “mehnatni ilmiy
tashkil qilish” tamoyillari ko’p yillar davomida mehnatni
texnokratik boshqarishning asoschisi bo’lganlar. Birinchi
navbatda bu rahbarlikni yakka xodimga qaratish; mehnatni
tashkil qilish va rag’batlantirishga me’ yoriy yondoshishni
kiritish; mehnat jarayonini rejalashtirish va nazorat qilishni
tashkil qilish; xodimlarni tanlab olish va tayyorlashni
o’tkazish; boshqaruv faoliyatiga mehnat taqsimotini
kiritish va ixtisoslashtirilgan xodimlar bo’linmalarini
ajratish haqidagi qoidalardir. Texnokratik boshqaruv
G.Ford zavodlarida yuqori darajada rivojlangan. Uzluksiz-
konveyerli ishlab chiqarishni puxta tashkil qilish,
rahbarlikni
markazlashtirish
va
mehnatga
ilmiy
yondoshish tufayli G.Ford va boshqa kompaniyalardagi
uning izdoshlari ishlab chiqarish xarajatlarini ancha
pasayishi va ishlab chiqishni oshishiga erishganlar.
Fordizm
o’sha
vaqtda
mehnatni
texnokratik
boshqarishning o’zining namoyon bo’lishi bo’yicha eng
obro’li texnik-iqtisodiy va sotsial jihatlari bilan jipslashib
ketgan.
30-40
yilarda tadbirkorlarning e’tiborini E.Meyo,
F.Rotlisberger
kabi
sanoat
psixologlari
va
sotsiologlarining tavsiyalari o’ziga jalb qilgan. Ularning
yordam larida korporatsiyalarning xizmatlari, xodimlarni
unumdorlikni oshirishga faollash tirish, korxonalardagi
sotsial muhitni yaxshilash va mehnatkashlar va ma’muriyat
o’rtasidagi nizolarni yumshatishga harakat qilganlar.
O’sha davrda sotsial-psixologik usullar mehnatni
texnokratik boshqarishning asoslarini o’zgartir maganlar,
faqat uning shakli turli tumanroq bo’lgan.
Ushbu davrda g’arbiy mamlakatlarda yollanma mehnatdan
foydalanish sohasiga davlatning ta’siri kuchaygan. Asosiy
yo’nalishlardan biri – sanoatda bandlikning umumiy
tamoyillari va mehnat munosabatlarini o’rnatishdir. Davlat
mehnat sohasidagi korxonalar faoliyatini qonuniy
chegaralashlar yordamida tartibga solgan. Masalan,
AQShda 30-yillarda sotsial ta’minotning me’yorlari, ish
Haqining eng kam darajasi, ish vaqtidan tashqari ishlash
soatlariga haq to’lash.
Do'stlaringiz bilan baham: |