2. F.Teylorning zamondoshi
F.Gilbret xronometrajning kashfiyotchisi hisoblana di. Amerika kompaniyalari birining boshqaruvchisi R.Vulf mehnat unumdorligini oshirishning bir qator yangi moddiy rag’batlarini kiritgan va ishchilarni boshqaruv ning ba’zi bir masalalarini hal qilishga jalb qilgan. Sotsiolog M.Follet korxonadagi nizolar muammosi bilan, rahbarlik uslubi bilan shug’ullangan. Garvard universiteti professori G.Myunsterberg mehnat unumdorligini psixologik omillarga bog’liqligini ta’kidlagan. U birinchi testning va muxandislik psixologiyasining birinchi tizimli ocherkining muallifi bo’lgan, kasblarni tanlashga ilmiy yondoshishni boshlab bergan. Muxandislar va ishlab chiqarishning boshqa mutaxassislari bilan bir qatorda psixologlar halokatlar va jarohatlarni oldini olish muammosi, hamda atrofdagi jismoniy sharoitlar – yoritish, isitish, shamollatish va h.k.larning mehnat unumdor ligiga ta’sirini tadqiqot qilish bilan shug’ullanganlar. Ularning g’oyalari zamonaviy fanda rivojlana boshlagan, uni Yevropada ergonomika, AQShda esa – sotsial injeneriya deb ataydilar.
Ushbu olimlar asarlarida shakllangan “mehnatni ilmiy tashkil qilish” tamoyillari ko’p yillar davomida mehnatni texnokratik boshqarishning asoschisi bo’lganlar. Birinchi navbatda bu rahbarlikni yakka xodimga qaratish; mehnatni tashkil qilish va rag’batlantirishga me’ yoriy yondoshishni kiritish; mehnat jarayonini rejalashtirish va nazorat qilishni tashkil qilish; xodimlarni tanlab olish va tayyorlashni o’tkazish; boshqaruv faoliyatiga mehnat taqsimotini kiritish va ixtisoslashtirilgan xodimlar bo’linmalarini ajratish haqidagi qoidalardir. Texnokratik boshqaruv G.Ford zavodlarida yuqori darajada rivojlangan. Uzluksiz-konveyerli ishlab chiqarishni puxta tashkil qilish, rahbarlikni markazlashtirish va mehnatga ilmiy yondoshish tufayli G.Ford va boshqa kompaniyalardagi uning izdoshlari ishlab chiqarish xarajatlarini ancha pasayishi va ishlab chiqishni oshishiga erishganlar. Fordizm o’sha vaqtda mehnatni texnokratik boshqarishning o’zining namoyon bo’lishi bo’yicha eng obro’li texnik-iqtisodiy va sotsial jihatlari bilan jipslashib ketgan.
30-40 yilarda tadbirkorlarning e’tiborini E.Meyo, F.Rotlisberger kabi sanoat psixologlari va sotsiologlarining tavsiyalari o’ziga jalb qilgan. Ularning yordam larida korporatsiyalarning xizmatlari, xodimlarni unumdorlikni oshirishga faollash tirish, korxonalardagi sotsial muhitni yaxshilash va mehnatkashlar va ma’muriyat o’rtasidagi nizolarni yumshatishga harakat qilganlar. O’sha davrda sotsial-psixologik usullar mehnatni texnokratik boshqarishning asoslarini o’zgartir maganlar, faqat uning shakli turli tumanroq bo’lgan.
Ushbu davrda g’arbiy mamlakatlarda yollanma mehnatdan foydalanish sohasiga davlatning ta’siri kuchaygan. Asosiy yo’nalishlardan biri – sanoatda bandlikning umumiy tamoyillari va mehnat munosabatlarini o’rnatishdir. Davlat mehnat sohasidagi korxonalar faoliyatini qonuniy chegaralashlar yordamida tartibga solgan. Masalan, AQShda 30-yillarda sotsial ta’minotning me’yorlari, ish
Haqining eng kam darajasi, ish vaqtidan tashqari ishlash soatlariga haq to’lash.
Adabiyotlar
1.Yuldoshev N.K,, Nabokov V.I. “Menejment nazariyasi”. Darslik. T.TDIU, 2013.- 433 b.
2.Yuldoshev N.K, Menejment. Ukuv kullanma.T.: TDIU, 2006 Y.-150 b.
3.Kucharov A.S. Menejment. O’quv qollanma. T..TDIU, 2009 u. -120 b.
4.Sharifxodjaev M.Menejment. Darslik.T.: Ukituvchi, 2002.-464 b.
5.Yo’ldoshev N.Q., Azlarova M.M., Xo’djamuratova G. Y. “Menejment va marketing asoslari”: (O’quv qo’llanma). – T.: TDIU, 2012 y. -258 b.
5.Lapыgin YU.N. Strategicheskiy menedjment.Uchebnoye posobiye. – M.: Eksmo, 2010.-432 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |