O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT FAKULTETI”
“MAKROIQTISODIYOT” KAFEDRASI
KURS ISHI
Mavzu:Mehnat unimdorligini oshirish omillari va vositalari.
5520100 “Ijtimoiy ish(pensiya ta`minoti)” yo`nalish
Bajardi: Xoliqulova Mohinur 2- kurs ijtimoiy ish(pensiya ta`minoti) yo`nalish talabsi.
Ilmiy rahbar: katta o`qituvchi Xajibakiyev SH.
Topshirilgan sana:
Baho:
Toshkent-2022
Mundarija
Kirish.______________________________________________________4
1.Mehnat unumdorligini oshirish to`g`risidagi nazariyalar._____________6
2.Mehnat unumdorligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni._____13
3.Mehnat unumdorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilish yo`nalishlari._______16
4.O`zbekiston Respublikasida mehnat unumdorligi holati tahlili.________25
5.O`zbekistonda mehnat unumdorligini oshirish istiqbolari____________30
Xulosa._____________________________________________________35
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati._______________________________36
Kirish
Mavzuning dolzarbligi-Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida iqtisodiyot va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash jarayonlarining o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati va tamoyillarini tahlil qilish va modernizatsiya va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida bu beshta ustuvor yo’nalishning birinchisi quyidagicha bayon etilgan: “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy - huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya hamda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tuzilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shu yil 14 fevraldagi Farmoyishi bilan Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi say-harakatlarni birlashtirish, ularni mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda modernizatssiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida poytaxtimizda Taraqqiyot strategiyasi markazi tashkil etildi. Mustaqil davlatchiligimiz tarixida ilgari hech qachon huquqiy bazani mustahkamlashda bunday jadallik yuz bermagan edi. Bu mamlakatimizda islohotlarni misli ko’rilmagan darajada chuqurlashtirish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi.Farmoyishda besh ustuvor yo’nalish bo‘yicha qilingan ishlar qisqacha sanab o‘tildi. Jumladan, birinchi ustuvor yo’nalish bo’yicha o‘zgarishlar ham qayd etildi: “Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi”.
1