- Toshkent davlat yuridik
- universiteti
- Mehnat huquqi kafedrasi
- https://t.me/mehnathuquqi
Mavzu: Mehnat shartnomasini tuzish. Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish Reja: - Mehnat shartnomasi tushunchasi;
- Mehnat shartnomasining mazmuni, uning zaruriy va qo`shimcha shartlari;
- Mehnat shartnomasining amal qilish muddati va shakli.
Normativ-huquqiy hujjatlar: - 1. O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi;
- 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ-4502-son qarori;
- 3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi “O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash tog`risida”gi 133-son qarorining 1-ilovasi;
- 4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 971-son qarori;
- 5. Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to`g`risidagi Yo`riqnoma (Adliya vazirligidan 402-son bilan ro’yxatdan o‘tgan);
Mehnat shartnomasi - - xodim bilan ish beruvchi o`rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo`yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo`ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
- Mehnat shartnomasi shartlari
- Xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi. malakasi, u ishlaydigan lavozim;
- Ish joyi (korxona yoki uning bo`linmasi);
Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar - Pasport yoki uning o`rnini bosadigan boshqa hujjat;
- Mehnat daftarchasi (2020 yil 1 yanvardan elektron);
Harbiy bilet yoki hisobda turganlik haqida guvohnoma; - Harbiy bilet yoki hisobda turganlik haqida guvohnoma;
- Ma`lumoti bo`yicha diplom yoki guvohnoma, tegishli hujjat
Savol: - STIR (soliq to`lovchining identifikatsion raqami) va JBPD (jamg`arib boriladigan pensiya daftarchasi) nima asosda so`raladi?
Yo`l qo`yilmaydi: - O`zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo`lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o`g`il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo`ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilish
Mulohaza - Mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda qanday shartlar belgilanishi mumkin emas?
- Qonunchilikda shakli berilgan mehnat shartnomalari turlarini sanang!
Internet manbalar: - www.lex.uz
- www.mehnat.uz
- www.kasaba.uz
- www.ilo.org
- www.ilo.ru
- www.kadrovik.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |