Mavzu: Mehnat resurslari balansi Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish


Mehnat resurslarining miqdori. Bu miqdor mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi soni bilan mehnat yoshidan kichik va katta bo‘lib, ishlayotgan shaxslar sonining yigindisi sifatida aniqlanadi



Download 243,79 Kb.
bet3/5
Sana03.05.2023
Hajmi243,79 Kb.
#934304
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Mehnat resurslari balansi Mehnat resurslarining hisobot b (1).doc (2)

Mehnat resurslarining miqdori. Bu miqdor mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi soni bilan mehnat yoshidan kichik va katta bo‘lib, ishlayotgan shaxslar sonining yigindisi sifatida aniqlanadi:

MR=MYOM + IUP

Bunda: MR - mehnat resurslari; MYOM - mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi; IUP - ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar.

MYOM soni mehnat yoshidagi aholi sonidan (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar sonidan) ikkala jinsga mansub mehnat yoshidagi ishlamayotgan I va II guruh nogironlari hamda imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan ishlamayotgan pensionerlar sonini chegirib tashlash yuli bilan aniqlanadi:

MYOM= E (16-60)+A. (16-55)- Nog

Bunda: E (16-60) - 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar; A (16-55) - 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar; Nog - mehnat yoshida bo‘lib, ishlamayotgan I va II guruh nogironlari (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar) hamda imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan ishlamaydigan pensonerlar.

Iqtisodiy faol aholi soni. Ushbu aholi soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


  • IF =IB +II

  • Bunda, IF - iqtisodiy faol aholi qismi; IB - ish bilan bandlar; II - ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muxtoj shaxslar.

  • Ish bilan bandlar soni. Hisobot davrida ish bilan bandlar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqariladi:

  • IB=Ir +Idx +Inr

  • Bunda, Ir - Iqtisodiyotning rasmiy sektorida (korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda) ish bilan band bo‘lganlar.

  • Idx - Dehqon xo‘jaliklarida ish bilan band bo‘lganlar.

  • Inr - Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar.

Mehnat resurslarining hisobot balansi har yili Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlangan statistika ishlari dasturiga muvofiq ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balanslari quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqiladi:
• aholi bandligini, birinchi navbatda, yoshlarni va mehnatga layoqat yoshiga yetgan va birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotganlar bandligini ta'minlash uchun ish o‘rinlari tashkil etish parametrlarini aniqlash;
• mehnat bozori talab va taklifi balansi va tuzilmasidagi nomutanosiblikni baholash;
• hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda mehnat bozori istiqbolini aniqlash;
• ta'lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash miqdorini aniqlash.
Ushbu metodikada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining namunaviy tuzilmasi. Istiqbolni belgilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun mazkur namunaviy tuzilmada ko‘rsatkichlar nomi, ularni hisoblash algoritmi, hisobot balansi, bahoda (joriy yil) va prognoz balansi (kelgusi yil) o‘z aksini topishi kerak.
Shuningdek, namunaviy tuzilma satrlarida: mehnat resurslari soni, ya'ni iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi soni turlari bo‘yicha; ishchi kuchi taklifi va unga bo‘lgan talab hamda ular o‘rtasidagi farq (balans «+» yoki «-» ) turlari bo‘yicha; toifalar kesimida aholining ishga joylashtirish darajasi bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish uchun ma'lumotlar taqdim etish sxemasi. Ushbu sxemada ma'lumotlar mazmuni (nomi)ni, ma'lumotlarni taqdim etuvchi vazirlik va idora nomini, ma'lumotni taqdim etish muddatini hamda qayerga taqdim etilayotganini aniq ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqishning tashkiliy sxemasi. Sxema chora-tadbirlar nomi, amalga oshirish bosqichlari va muddatlari hamda ijro uchun mas'ul tashkilotlarni qamrab olgan holda quyidagi to‘rtta yo‘nalishda bo‘lishi lozim:
• ma'lumot bazasini shakllantirish;
• hisobot balansini ishlab chiqish;
• prognoz balansini ishlab chiqish;
• ularning amaliyotda qo‘llanilishi.
Yuqorida qayd etilgan namunaviy tuzilma va sxemalar ishlab chiqilib, tasdiqlangandan keyin respublikaning mutasaddi vazirlik va idoralari ushbu tuzilma va sxemalar asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansini ishlab chiqish lozim.
Shuningdek, hisobot balansidan tashqari mutasaddi vazirlik va idoralar bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning kelgusi yil uchun prognoz balansi ishlab chiqilishi zarur:
• aholi sonining prognoz ko‘rsatkichlari (demografik prognozi);
• mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansi;
• respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy, iqtisodiyot tarmog‘ini rivojlantirish prognoz parametrlari;
• mehnat bozoriga kirayotgan ta'lim muassasalari bitiruvchilari prognoz ko‘rsatkichlari;
• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarmoqlarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash to‘g‘ri¬sidagi ma'lumotlardan foydalaniladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida qayd etib o‘tilgan metodikani ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish orqali mehnat resurslari, bandlik va aholini, ilk marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirishni har tomonlama, sifatli va ob'yektiv tahlil qilish, ish bilan bandlik darajasini oshirish uchun zamin yaratiladi. Bu esa, an'anaga ko‘ra har yil ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish va amaliyotdagi samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.

Download 243,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish