Mavzu: Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari.
Reja:
- Mehnat muhofazasi
- Mehnatni muhofaza qilish fani fanlar bilan uzviy bog’liqligi
- Mehnat muhofazasi bo'yicha davlat siyosati
Mehnat muhofazasi insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo'ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo'llarini o'rganishga qaratilgan nazariy fan hisoblanadi. U keng qamrovli ilmiy- amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi.
Insonning mehnat xavfsizligini ta'minlashda, ilmiy- nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonun, nizom, standart, ko'rsatma, qoida va sanitar-texnik me'yorlar hamda ularni o'rganish bo'yicha uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o'rin tutadi.
Mehnat muhofazasi fanining asosiy maqsadi bo'lajak mutaxassislarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli omillar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo'llari, mehnat xavfsizligini ta'minlash, xavfsiz va sog'lom ish sharoitlarini yaratish bo'yicha nazariy bilim berish hamda amaliy ko'nikmalar hosil qilishdan iborat.
Yuqoridagilarga mos ravishda bo'lajak mutaxassislar fanni o'rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan o'zlashtirishlari kerak:
mehnat xavfsizligininig nazariy asoslari;
mehnat xavfsizligini ta'minlovchi asosiy tamoyil, uslub va vositalar tizimi;
xavfsizlik tizimi, uning tahlili va optimallashtirish dasturlari, mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;
mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari, mehnat muhofazasi bo'yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizom, ko'rsatmalar,
qurilish va sanitariya me'yorlari va boshqa me'yoriy hujjatlar, ularni hayotga tadbiq etish;
ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta'minlash, sog'lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo'yicha rejali tadbirlar ishlab chiqish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari;
mehnat xavfsizligini ta'minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uslublarini o'rganish;
xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlashga qaratilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta'minlash tartibi va ulardan
foydalanish yo'llari;
sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo'yicha sanitar-gigienik tadbirlar ishlab chiqish;
ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashina- mexanizm, qurilma va moslamalardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalarini chuqur o'rganish;
Do'stlaringiz bilan baham: |