Mavzu: Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob kitob va ularning buxgalteriya hisobi. Reja: Kirish


Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar



Download 59,7 Kb.
bet2/2
Sana14.11.2019
Hajmi59,7 Kb.
#25972
1   2
Bog'liq
Kurs ishi buxgalteriy


4.Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar.
Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi.

Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

a) O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun;

b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yohud haq to’lash noto’g’ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa yoki xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;

g) o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;

d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmasa;

e) mehnat intizomini buzganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima.

Ish haqini to’lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak.

Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’i amaldagi yo’riqnomada3 belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromadidan ushlanadi:



  • har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo’lib o’tgan yili barcha manbalardan yig’ilgan daromad summasi hisoblanadi;

  • oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi;

  • daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi;

  • agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak.

Shuningdek, ushbu yo’riqnomaga muvofiq soliq to’lovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromaddan quyidagi jadval bo’yicha ushlanadi.4


Soliqqa tortiladigan daromad miqdori

Soliq summasi

Eng kam ish haqining 5 baravari miqdorigacha

Daromad summasining 13 %

Eng kam ish haqining 5 baravaridan (+1 so’m) 10 baravari miqdorigacha

Eng kam ish haqining besh baravari miqdorida olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 18 %

Eng kam ish haqining 10 baravaridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdoridan

Eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida olinadigan soliq + o’n baravaridan oshadigan summaning 25 %

Daromad solig’i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig’i summasi korxona tomonidan budjetga o’z vaqtida va to’liq o’tkazib berilishi kerak.

Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» passiv schyoti qo’llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig’i korxonaning budjetdan bo’lgan qarzini ko’rsatadi, debet oboroti – budjetga o’tkazib berilgan summani ko’rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko’rsatadi.

Masalan, ishchiga yanvar oyida 300000 so’m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan daromad solig’i miqdori quyidagicha bo’ladi: Minimal ish haqi 12420 so’m. 1) 12420 x 5 = 62100 so’m. x 13% / 100% = 8073 so’m

2) 5 baravaridan oshgan summa 62100 so’m x 18% /100% = 11178 so’m

3) 10 baravaridan oshgan summa 175800 so’m x 25% / 100% = 43950 so’m

4) jami ushlanadigan daromad solig’i miqdori 63201 so’m (8073+11178+43950) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -63201 so’m, Kt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m. Mablag’ o’tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -63201 so’m.

Ish haqidan Pensiya fondiga 2,5 % miqdorda ajratma hisoblanganda, Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -7500 so’m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» schyoti -7500 so’m.

Mablag’ o’tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» schyoti -7500 so’m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -7500 so’m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.

Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o’tkazib berish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki kartochkada ro’yxatga oladi. Хodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hollarda ushlanadi: agar ushlanmalarning umumiy summasi 50 % dan oshsa, shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo’lgan bolalar foydasiga, mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga.

Ijro varaqalari bo’yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotining 1-«Ijro hujjatlari bo’yicha tashkilot va shaxslar bilan hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi.

Aliment hisobot oyi bo’yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar ushlangandan keyin, shuningdek, hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtda buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: Dt 6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar», Kt 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyoti.

Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to’lash uchun belgilangan uch kunlik muddat ichida aliment summalari to’lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan pochta orqali o’tkazib berilishi kerak. Bunda 6990- schyoti debetlanib 5010- schyoti kreditlanadi.

Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan rag’batlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ariza-majburiyatlarning hamma summasini korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o’tkazib berganda kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo’ladi.

Shunday qilib, qisman ushlanmalarni o’nlab savdo tashkilotlariga o’tkazib berish uchun bankka to’lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo’lib uning qoldig’i korxonaga qaytarilmagan kredit bo’yicha ishchi va xizmatchilarning qarzini ko’rsatadi; debet oboroti – bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-majburiyat summasini ko’rsatadi; kredit oboroti – qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko’rsatadi.

Basharti xodim majburiyat summasini to’liq qoplamasdan boshqa korxonaga ishga o’tsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko’rsatib xabar beradi. Korxona shuningdek ssuda bo’yicha bank bilan to’liq hisoblashadi. Agar korxona o’z xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo’yicha bank kreditidan foydalanadigan bo’lsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari bo’yicha shaxsiy schyotlar ochadi.

Ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan majburiy ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar ham bo’lishi mumkin: ish haqini Хalq bankiga, sug’urta tashkilotlariga o’tkazib berish, kasaba uyushmalar badallarini to’lash, dalabog’ uy va uchastkalarni qurish va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish muomalalari 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi.

5.Mehnat haqi bo’yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va foydalanishni nazorat qilish.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O’zbekiston Hukumati tomonidan ish haqi to’lash bo’yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.

Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo’llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi to’lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti bo’yicha tarif stavkasidan kam bo’lmasligi kerak.

Ikkinchi holda korxona rejali avans to’lashning o’rniga oyning birinchi yarmi bo’yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti bo’yicha ish haqi hisoblaydi.

Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so’ng, 40-50 foizi miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat bo’lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi:

- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi (bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani va shu kabilar uchun to’lanadigan haq);

- ish haqini yig’ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun;

- barcha turdagi qo’shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani bo’yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti;

- o’tgan oy bo’yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini hisoblash uchun;

- ijro varaqalari bo’yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari;

- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo’yicha to’lov qaydnomaslari;

- rejasiz avanslar berish bo’yicha kassa-chiqim orderlari va h. k.

Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo’lib hisoblanadi, chunki u har bir tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, to’lov va ushlanmalar turlari bo’yicha tuziladi. Тo’lov qaydnomasi quyidagi ko’rsatkichlardan iborat:

- to’lov turlari bo’yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti bo’yicha;

- to’lov va zachet turlari bo’yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710 schyotning debet oboroti;

- qo’liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi – 6710 schyotning kredit saldosi.

Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko’rsatkichi pirovard hisoblashish bo’yicha to’lov qaydnomasini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi.

Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir qancha variantlar qo’llaniladi:

- hisoblashish-to’lov qaydnomaslarini tuzish yo’li bilan. Bunda ikki registr birlashtirilgan: hisoblash va to’lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o’zida to’lashga tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to’lanadi);

- hisoblash qaydnomasini tuzish yo’li bilan, to’lash esa to’lov qaydnomasi bilan amalga oshiriladi;

- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo’liga tegadigani) «Ish haqi hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yo’li bilan. Bunga asosan ish haqi berish uchun to’lov qaydnomasi tuziladi.

Moliyalash manbaidan qat’iy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari tarkibiga mehnatga haq to’lash bo’yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan qonun bo’yicha xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o’rtacha ish haqi, rag’batlantiruvchi to’lovlar, kompensatsiya to’lovlari kiradi.

Yuqorida ko’rsatilgan mehnatga haq to’lash bo’yicha qilingan xarajatlarning barchasi xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga o’tkazilib, keyin har oyda hisobot davri foydasini kamaytirishga yo’naltiriladi. Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi.

2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq to’lashga yo’naltiriladigan mablag’larini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o’z navbatida mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni kuchaytirishni taqozo etadi.

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo’yicha yig’ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo’yicha yig’ma» ishlov berish jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomaslariga asosan tuziladi.

Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning ma’lumotlarini tahlil qilish, 8, 10/1 jurnal-orderlariga, 7-qaydnomasga soliq ushlanmalari bo’yicha ma’lumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldig’ini bosh daftar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi. Chunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliqlar summasi to’g’risidagi ma’lumotnoma 6410-schyotning kredit ma’lumotlariga asosan tuziladi; 10/1 jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 6520-schyotning debeti bo’yicha; 7-qaydnomasga – 4710-schyotning krediti bo’yicha, 6990-schyotning krediti bo’yicha yoziladi.


6.Mehnat ta’tili hamda kasallik varaqasi bo’yicha haq to’lash. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari va ularning hisobidan qilinadigan xarajatlarni hisobga olish

Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda boshqa holatlar (ko’pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta’tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta’tili bir maromda berilmaydi.

Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini to’g’ri aniqlash uchun yil davomida ta’tillarga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni bir maromda kiritib borishni ta’minlash zarur. Shu boisdan mehnat ta’tili vaqtiga to’lanadigan ish haqi xarajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan miqdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta’tiliga to’lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda o’tkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum miqdordagi mablag’ korxona tomonidan zahira qilib borilishi kerak.

Zahira summasi buxgalteriya hisobida 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi» hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq passiv bo’lib, u bo’yicha saldo foydalanilmagan zahira summasini aks ettiradi. Debet bo’yicha oborot



  • zahiradan ishchilarga mehnat ta’tili bo’yicha haq to’lashni, kredit bo’yicha oborot esa - korxona xarajatlariga kiritish hisobiga har oyda yaratiladigan zahira summasini tavsiflaydi.

Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zahira tashkil etilganida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:

D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari

K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi».

Ishchilarga mehnat ta’tili vaqtida ish haqi hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:

D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi»

K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar».

Misol. N° 173 qarorga muvofiq xodim Karimov Iskandarga mart oyida 24 kun muddatga ta’til berildi.

Xodimning shaxsiy varaqasida quyidagi ma’lumotlar mavjud:



  • 2002 yil 1 yanvarida xodimning oylik maoshi 40000 so’m qilib belgilangan. 2001 yilda xodimning oyligi 35000 so’mni tashkil etgan;

  • shu muddat davomida olgan mukofot summasi 120000 so’mni tashkil etgan;

  • xodimga 25000 so’m moddiy yordam berilgan;

  • dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun 40000 so’m qo’shimcha haq olgan;

  • yil oxirida aksiya bo’yicha 175000 so’m dividend olgan;

  • kasallik varaqasi bo’yicha 20900 so’m ish haqi olgan.

Korxona xodimi Karimov Iskandarga 24 ish kuni uchun ta’til haqi hisoblaymiz:

  1. mehnat ta’tili bo’yicha haq hisoblash uchun yil bo’yicha jami olgan ish haqisini hisoblaymiz:

(35000*9)+(40000*2)=315000+80000=395000 so’m.

120000 so’m mukofot, 40000 so’m qo’shimcha haq va 20900 so’m kasallik varaqasi bo’yicha haq. Jami 575900 so’m (395000+120000+40000+20900).



  1. O’rtacha oylik ish haqi 47992 so’m (575900/12).

  2. Kunlik ish haqi 1889 so’m 50 tiyin (47992/25,4).

Demak, ta’til haqi 45348 so’m (1889,5*24).

Mehnat ta’tiliga haq hisoblanganida hisobda quyidagicha provodka beriladi:

D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi»- 45348 so’m K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar»- 45348 so’m.

Korxona ishchi va boshqa xodimlari kasal bo’lib qolganida ularga kasallik varaqasi bo’yicha haq to’lanishi lozim. Davolash (tibbiy) muassasa tomonidan berilgan mehnat qobiliyatini yo’qotish to’g’risida varaqa-byulleten nafaqa hisoblash uchun asos bo’ladi. Nafaqa miqdori kasal bo’lishidan ilgari ishlagan oyning o’rtacha ish haqi, kasallik davom etishi va mehnat stajiga bog’liq. Ish staji 5 yilgacha bo’lganda ish haqining - 60 foizi, 5 yildan 8 yilgacha - 80 foizi, 8 yildan ortiq bo’lsa - 100 foizi hisoblanadi.

Ish stajidan qat’iy nazar, ish haqining 100 foizi hajmida nafaqalar homiladorlik va tug’ish bo’yicha, ishlab chiqarish jarohati va kasb kasalligi bo’yicha, 18 yoshgacha 3 bolasi bor bo’lgan ishchilarga va urush nogironlariga to’lanadi.

Ish haqi summasiga ijtimoiy sug’urta ajratmalari hisoblanadigan barcha ish haqi, qo’shimcha haq va to’lovlar (bir martalik beriladigan mukofotlardan tashqari) kiritiladi.

Misol. Ishchi 2001 yil oktabr oyida 5 kun kasal bo’lgan. Bu to’g’rida tibbiyot muassasidan berilgan mehnat qobiliyatini yo’qotish to’g’risidagi varaqa va tabelda yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji-7 yil.

Uning avvalgi oydagi ish haqisi quyidagicha bo’lgan:



  • Ishbay -15000 so’m;

  • Vaqtbay - 2000 so’m;

  • Oldingi yilning o’rtacha oylik mukofot summasi - 1300 so’m.

Mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasini hisoblash uchun o’rtacha oylik haq 18300 so’m (15000+2000+1300). Oktabr oyida 22 ish kuni mavjud. O’rtacha kunlik ish haqi 831,8 so’m (18300/22)ni tashkil qiladi. Ish staji va kasal bo’lgan kunlarni hisobga olgan holda nafaqa 3327,2 so’m (831,855*0,8)ni tashkil etadi.

Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

D-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar»-3327,2 so’m

K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar»- 3327,2 so’m.



7.Qo' shimcha va ustama mehnat haqlarini hisoblash tartibi

Oylik mehnat haqi oluvchi ishchilarga ishlagan soatlari yoki kuni uchun 2 barobardan kam bolmagan mehnat haqi, agar bu soat yoki kun oylik vaqt hajmidan ortiq bolsa, agarda bayram kunlari ishlagan vaqti 1 oylik mehnat vaqtining me’yoriga kirsa, unda 1 barobar mehnat haqi tolanadi.

Bayram kuni ishlagani uchun ishchining xoxishiga kora unga belgilangan tartibda haq tolanadi yoki 1 barobar mehnat haqi saqlangan holda dam olish kuni beriladi. Ishchining tundagi ish smenasining bir qismi bayram kuniga utsa, usha smenaning bayram kuniga o tgan soati uchun 2 barobardan kam bo lmagan mehnat haqi to lanadi. Bu kunlari tunda ishlagan smena uchun yoki ishdan tashqari vaqtda ishlagani uchun qoshimcha haq tolanmaydi, chunki hamma soatlar uchun bayram munosabati bilan 2 barobar haq tolanadi.

G. Kop smenali ish tartibi.

Ko p smenali ishni shakllantirish asosan uzluksiz tartibda ishlovchi sub’ektlarda (elektr ishlab chiqaruvchi, metallurgiya, toqimachilik, non mahsulotlari va hokazo) amalga oshiriladi. Bu sub’ektlarda ikki va undan kop smenali ish tashkillashtiriladi. Kechki smena yoki tungi smenadagi bajarilgan ishlar uchun beriladigan imtiyozlarning hajmi har xil boladi. Tungi smena - bu ish vaqtining yarmidan kop qismi soat 22dan ertalabki 6gacha to'g’ri keladigan smenadir.

Kechki smena - bu tungi smenadan oldingi smena bo'lib, uning boshlanishi soat 14- 16 larga to'g’ri keladigan smenadir.

Boshqacha mehnat qilish tartiblari kop smenali ish tartibiga kirmaydi (masalan, ish soatlarini kochirish, sutkali navbatchilikda bolish va hokazo). Bu turdagi ishchilarga mehnat qilish sharoitiga qarab boshqa turdagi qo shimcha tolovlar mavjuddir

Bekor turish va mehnatga layoqatsiz vaqtida haq hisoblash va uni

hujjatlashtirish.

Ta’til davriga tog’ri keladigan bayramli ishlanmaydigan kunlar ta’tilning kalendarli sanasiga kiritilmaydi va haq tolanmaydi.

O rtacha mehnat haqini hisoblaganda sug’urta badallari qo shiladigan hamma to lovlar hisobga olinadi. Biroq uning hisobi paytida hisobli davrdan haqiqiy tolangan summalarini, shuningdek ishchi ishdan boshagan (mehnat haqini qisman qoldirish yoki maoshsiz( paytini, asosiy, qo'shimcha yoki o'quv ta’tilida bo lganligini, vaqtinchalik ishga layoqatsizligi bo yicha yoki homilador va ko zi yorish (tug’ish) bo'yicha nafaqa olganini, shuningdek sub’ektning, sexning yoki ishlab chiqarishning yoki faoliyatini to xtatganligi, mahsulotni ishlab chiqarish hajmining qisqarganligi sababli ishlamagan kunlari chiqarib tashlanadi.

Ortacha oylik maosh hisobiga quyidagi pullik tolovlar: ishlatilmagan ta’til uchun badal (haq), ishdan ketish paytidagi dam olish kunlari uchun nafaqa, moddiy yordam, yagona mukofotlar va boshqalar sifatidagi har xil turdagi qoshimcha tolovlar va nafaqalar kirm



8.Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish.

Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnatga haq to’lash fondi ustidan doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Buxgalteriya xodimlari ishbay narx va baholarning tarif stavkalarini, maosh, ustama haq va qo’shimcha to’lovlar, mukofotlarning to’g’ri qo’llanilishi va hisoblanishi ustidan joriy nazorat o’rnatishi kerak.

Shu vaqtga qadar ish haqi fondidan to’g’ri foydalanilishi ustidan tashqi nazorat funksiyalari davlat tomonidan bank muassasalari zimmasiga yuklangan edi.

Bank nazorati mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish hajmi yoki korxona faoliyatini ifodalovchi boshqa ko’rsatkichlar (daromad) hamda ish haqi buyicha hisob va hisobotning joriy etilgan tartibi asosida har chorakda amalga oshirilar edi.

Bank muassasalalari korxonaga ish haqi uchun mablag’larni mahsulot (ish, xizmat)lar yoki daromad hajmining o’sish darajasi 0,7 koeffitsiyentiga to’g’rilangan ish haqi fondining baza darajasiga asoslangan holda berar edi. Ishlab chiqarish hajmi kamaygan taqdirda ish haqi uchun mablag’lar bank tomonidan ish haqi fondining baza darajasida berilar edi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’z mablag’laridan mustaqil foydalanish ko’lamini oshirish maqsadida respublikamizda ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 avgustda qabul qilingan «Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida korxona, tashkilot va muassasalarning bankdagi o’z hisobvaraqlaridagi pul mablag’laridan erkin foydalanishini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Xususan, ushbu Qarorning 3-bandiga muvofiq 2002 yil 1 sentabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tijorat banklaridagi o’z hisob raqamlaridan naqd mablag’larni topshirilgan naqd tushum doirasida belgilangan tartibda birinchi talab bo’yicha olish huquqi berilishi ko’zda tutilgan.

Qarorning 4-bandiga binoan 2002 yil 1 oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to’lashga yo’naltiriladigan mablag’larning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinishi ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek, 2002 yilning to’rtinchi choragidan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar yollanib ishlovchilarga mehnatga haq to’lash sifatida hisoblangan va amalda to’langan summalar hamda boshqa daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ushbu daromadlardan soliq summalari to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga har chorakda taqdim etishi belgilab qo’yilgan.

Qarorning amaliyotga tatbiq etilishi respublikamizda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning mehnatga haq to’lash fondi ustidan nazoratni

Xulosa:

Maxsulot va daromadlarni taqsimlash har doim bir hil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan, yergaesa davlat mulki bo’lib turgan sharoitlarda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari va ishchi kuchining egasi bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida taqsimlanadi.

Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yurutiladi.

Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iborat.

Ish xaqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: ishbay va vaqtbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish xaqi xodimning ish malakasi, mehnat sifati va ishlagan ish vaqtiga qarab to’lanadigan ish xaqidir. Ishbay ish xaqi ishchining ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori yoki bajargan ishiga qarab beriladigan ish xaqidir. Xaq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish xaqining tizimini tashkil qiladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida qulay mehnat sharoitlarini yaratish, yangi ish o’rinlarini ochish, mehnatga haq to’lashni takomillashtirish yuzasidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.


Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar



  1. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, “Xalq so’zi” 1996 y. 16 sentyabr.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent 1998 y.

  3. «Yangi hisobvaraqlar rejasi» (loyixa) 1999 yil 2 aprel O’z. R. Moliya vazirligining 84- sonli buyrug’i.

  4. «Yillik (chorak) hisobot shakllarini to’ldirish tartibi to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1997 yil 15 fevral 5-sonli Yo’riqnomasi.

  5. “Yuridik shaxslarda kassa va kassa muomalalarini yuritish qoidasi” O’zbekiston Markaziy banki (1998 yil 24 yanvar 46- son).

  6. Umarova M. Eshboev O’. Axmadjonov K. “Buxgalteriya hisobi” Toshkent “Mehnat” 1999 yil.

  7. Itkin Yu.M. Sotivoldiev A.S. “Buxgalterskiy uchet v usloviyax ro’nochnoy ekonomiki Respubliki Uzbekistan” Assotsiatsiya Buxgalterov i auditorov, T. 2000 g. 1-2 tom.

  8. A.S. Sotivoldiev, Yu.M. Itkin. Zamonaviy buxgalteriya hisobi. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi, T.:2002, 1-2 tomlar.

  9. Zarabotnaya plata na predpriyatii / Xasanov N.A., Xaydarov Sh.U., Yugay L.P. - T.:Izdatelskiy dom «Mir ekonomiki imtiyoz prava», 2003. - 288s.

  10. A.Ibroximov, A.Karimov "Xorij sarmoyalari buxgalteriya hisobi". Toshkent "Uzbekiston" 1999 yil.

  11. M.Umarova, U. Eshboev, K Axmadjonov "Buxgalteriya hisobi" Toshkent "Mexnat"-1999 yil.

  12. Qodirxonov S.B. "Chet el firmalari boshqaruv hisobini yuritish asoslari" TDIU (o’quv-uslubiy qo’llanma - 1995 yil).

  13. F.A.G’ulomova. Buxgalteriya hisobi bo’yicha mustaqil o’rganish uchun qo’llanma /«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2000. - 368b.

  14. Pardaev A.X. Boshqaruv hisobi. T.: «Akademiya nashriyoti», 2002, 176 b.

  15. O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari. O’zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasining to’plamlari. T.: -2002 -190 b.

  16. E.Gadoev, L.Yugay. Buxgalteriya hisobi: Savollar va javoblar. (kapital, asosiy vositalar, mehnatga haq to’lash, ishlab chiqarish zahiralari BK/5) -T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 1996. -304 b.

  17. E.Gadoev va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. (Ta’sis hujjatlari hisob shakllari, hujjatlar aylanishi BK/4) savol va javoblar. -T.: «Iqtisod va huquq dunyosi, 1996. - 256 b.

  18. I.A.Zavalishina. «Prakticheskoe nalogooblojenie», Izdatelskiy dom «Mir ekonomiki imtiyoz prava». -T.: -2003 -430 s.



1 ЎзР ВМнинг «Вақтинчалик иш қобилиятини йўқотганлиги бўйича нафақалар тўлаш доирасини такомиллаштириш тўғрисида»ги 71-сонли қарори. 2002 йил 28 феврал

2 «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақа тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги Низоми

3 Ўз Р молия вазирлиги ва Давлат солиқ қўмитасининг «Жисмоний шахсларнинг даромадларидан бюджетга солиқ ҳисоблаш ва тўлаш тартиби тўғрисида» ги йўриқнома. 2002 йил 14 январ

4 Солиқ ва божхона хабарлари. 50-сон (646) 2006 йил 12 декабрь

5



Download 59,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish