Mavzu: Mehnat faoliyatini tashkil etish masalalari Reja: 1.Mehnatni tashkil etish va uning mehnat faoliyatidagi o`rni. 2.Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. 3.Ish o`rinlarini rejalashtirish va xizmat ko`rsatish 4.Mehnat intizomi, uni rag`batlantirish va sharoitlari. Mehnatni tashkil etish va uning mehnat faoliyatidagi o`rni. Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo`lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati kabilar misol bo`lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomomdan, uning asoslarini (huquqiy , ma`naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga; ikkinchi tomondan esa, mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirishni taqazo etadi. Huquqiy asoslar – ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatlarini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma`muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog`liq huquqiy hujjatlar). Ma`naviy-psixologik asoslar – bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o`rtasida o`zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o`rtasida o`zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o`rtasidagi munosabat yoki jamoa o`rtasidagi o`zaro munosabatlar). Iqtisodiy asoslar esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish me`zonlari ya`ni shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko`zda tutiladi. Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi. - Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi.
- Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga a’anaviy yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taaaluqli bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati haqida borishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |