Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatining
samaradorligini baholash usullari.
Mehnatning samaradorligini baholash usullari.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatining
samaradorligini oshirish mexanizmlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
2
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarning rivojlanishini ham taqozo qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi tashkiliy tuzilmaning mavjudligi, uning mehnat munosabatlarini barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri, sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi bilan belgilanadi.
Bu esa ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan samarali foydalanish zarur. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish va ular samarali shakllanishining sifat ko‘rsatkichi bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash holatiga bog‘liqdir.
Yurtboshimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich 2020-yilgi Murojaatnomada taʼkidlaganidek: “Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish - Prezidentdan boshlab, barcha darajadagi rahbarlarning bosh vazifasi bo‘lmog‘i darkor”. Shundan bilsak boʻladiki Prezidentimiz aholini bandligini ta'minlash maqsadida mehnat bozorlariga e'tiborini qaratgan“.¹ Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar singari respublikamizda ham Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi takomillashtirish bilan bog‘liq echilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiysi sifatida mehnat va aholini ijtimoiy
1Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi// “Xalq so’zi” gazetasi, 2020-yil 25-dekabr;
4
muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish va istiqbollashtirish kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim.