O’zbekiston Hilton mehmonxona faoliyati tahlil
«Hilton Tashkent City» haqida
Yangi mehmonxonada jami 258 ta turli toifalardagi, ya'ni standart va 1-toifa xonalar, burchak lyukslari va 8 ta prezident lyuksi mavjud. Ular fransuz, ingliz, arab va klassik uslublarda jihozlangan. 1-toifa va lyuks xonalarda yashashning afzalliklari – katta mehmonlar zaliga kirish imkoniyati bo‘lib, undagi xizmatlar «shved stoli» usulidagi nonushta, kun davomida ichimlik va gazaklarni o‘z ichiga oladi.
Prezident lyuks xonasi 250 kvadrat metrdan kattaroq maydonga ega va u o‘z ichiga mehmonlar uchun xona, tushlik uchun xona va oshxonani oladi. «Hilton Tashkent City»da tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan joylarning umumiy maydoni 2 453 kvadrat metrni tashkil qilib, 5 ta ko‘p funksiyali anjumanlar zalini hamda yozgi ayvonga chiqadigan keng banketlar zalini o‘z ichiga oladi. Barcha anjuman zallari birinchi va ikkinchi qavatlarda joylashgan bo‘lib, anjuman va boshqa tadbirlar davomida mehmonlarning harakatlanishini osonlashtiradi. Ma'lum bo‘lishicha, mehmonxonada bir kun turish va belgilangan xizmatlardan foydalanish narxi 194 dollardan 2400 dollargachani (standartdan to lyuks xonalargacha) tashkil qiladi. «Hilton Tashkent City» tadbirlar uchun mo‘ljallangan barcha zallarning tabiiy yoritishga egaligi bilan Toshkentda yagonadir. Bundan tashqari, mehmonxona 4 ming kishilik sig‘imga ega kongress-markazining yonida joylashgan. «Hilton Tashkent City», shuningdek, turli mamlakat taomlarini taklif qiluvchi bir nechta restoran xizmatlarini ham o‘z ichiga olgan: 21-qavatda joylashgan Izakaya Reustarant & Longue pan-Osiyo restoranida janubi-sharqiy Osiyo taomlari taklif qilinadi. Shosh restorani esa milliy va Yevropa taomlariga ixtisoslashgan.
Prezidentining 2016 yl 2 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmoni katta ahamiyatga ega. Mamlakat iqtisodiyotining strategic tarmog‘I sifatida turizmni jadal rivojlantiri shuchun qulay iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, hududning ulkan turizm salohiyatidan yanada tо‘liq va samarali foydalanish, turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarlarini yaratish va
ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida О‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirishga” yо‘naltirilgan.2
Hilton mehmonxnasi va kongress-xoll bir-biriga ko'prik bilan ulangan. Qurilish loyihasi Turkiyaning Metex Design Group shirkati tomonidan ishlab chiqilgan. 2019-yil oktabrda foydalanishga topshirildi. Sarmoyador va quruvchi Oʻzbekistonning Akfa Dream World» va «Discover Invest», loyihachisi esa Buyuk Britaniyaning «ARUP» shirkatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |