Mavzu: Maydon tomoshalari ssenariysini yaratish. Maydon tomoshalarini boshqarish. Reja: 1 Maydon tomoshalari ssenariysini yaratish, ssenariy sahna madaniyati asosi



Download 24,96 Kb.
Sana21.11.2022
Hajmi24,96 Kb.
#869595
Bog'liq
Maydon tomoshalari ssenariysini yaratsih. Maydon tomoshalarini boshqarish


Mavzu: Maydon tomoshalari ssenariysini yaratish. Maydon tomoshalarini boshqarish.
Reja:
1) Maydon tomoshalari ssenariysini yaratish , ssenariy - sahna madaniyati asosi.
2) Maydon tomoshalarini boshqarish.

1) Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar zamonaviy ommaviy bayramlarning o‘ziga xos janri bo‘lib, o‘z o‘rnida ijodiy jarayondir. Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar asosan, ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1 Dramaturgiya (ssenariy) asarini yaratish. 2 Yaratilgan asarni sahnalashtirish (asar rejissurani amalga oshirish). Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar dramaturgiyasi va rejissurasi bir butun jarayondir. Ma’lumki har bir ishni boshlashdan oldin, ishni bajarilishi yuzasidan maxsus reja tuziladi. Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlami tayyorlashda ham eng awalo uni rejalashtiradi. Tadbimi o‘tkazish uchun tashkiliy guruh tuzilib, unga rahbar tayinlanadi. Rahbar tadbiming yuqori saviyada o‘tishi uchun shu soha mutaxassislari: mahalliy dramaturglarni, rejissyorlami, baletmester hamda madaniyat va san’at muassasasi ijodiy xodimlarini jalb etadi. Maxsus bir tadbir uchun eng awalo mas’ul shaxslar - ssenariy muallifi va rejissyor kelishgan holda, umumiy reja asosida har bir kishiga taalluqli ishlaming rejalarini, kundalik ish faoliyatini aniqlaydi. Tashkiliy guruh o‘z o‘mida bo‘Ig‘usi teatlashtirilgan ommaviy tadbirning g‘oyasi, maqsadi, ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda uning dramaturgiyasi (ssenariysi)ni yaratadi. Teatr san’atining asosini pyesa tashkil qilsa, ommaviy tadbirlar asosini ssenariy tashkil qiladi. Ssenariy - italyancha «Scenario» so‘zidan olingan bo‘lib, asar tuzilmasi ma’nosini anglatadi. Ssenariy - mahalliy dalillarga asoslanib yozilgan adabiy-dramatik asardir. Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining asosini ssenariy tashkil etadi. Ssenariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bo’lib, bunda jiddiy ketma-ketlik asosida harakat elementlari bo‘lmish mavzu va g‘oya, bir boiakdan ikkinchisiga o‘tish, bloklar, bezaklar, matnlar to‘liq ko‘rsatiladi. Ommaviy bayramlar rejissurasi sohasida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog, taniqli rejissyor F.E.Ahmedov «Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari» darsligida ssenariyning quyidagi turlarini ta’kidlab o‘tadi: 1. Kino ssenariy: a) badiiy filmlar ssenariysi; b) hujjatli filmlar ssenariysi; d) ilmiy-ommabop filmlar ssenariysi; e) qo‘g‘irchoq va multfilmlar ssenariysi. 2. Televizion ssenariylar: a) adabiy-badiiy ko‘rsatuvlar ssenariysi; b) publitsistik - axborot ko‘rsatuvlar ssenariysi; d) ma’naviy - ma’rifiy ko‘rsatuvlar ssenariysi; e) ijtimoiy-siyosiy ko‘rsatuvlar ssenariysi; f) o'yin-ko'ngil ochar ko‘rsatuvlar ssenariysi; g) television filmlar ssenariysi; h) musiqiy ko‘rsatuvlar ssenariysi va h.k. 3. Radioeshittirishlar ssenariysi: a) ijtimoiy-siyosiy eshittirishlar ssenariysi; b) adabiy-badiiy eshittirishlar ssenariysi; d) publitsistik-axborot eshittirishlar ssenariysi; c) musiqiy eshittirishlar ssenariysi; ma’naviy-ma’rifiy eshittirishlar ssenariysi; g) 0‘yin-ko‘ngil ochar eshittirishlar ssenariysi va h.k. 4. Sirk tomoshalari ssenariysi 5. Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi;


Ommaviy bayramlar ssenariysi - sintetik asardir. Ommaviy bayram va tomoshalarda qahramonlarning masshtabi juda ham kengdir. «liar bir ssenariyning badiiy darajasi, umumiy dramaturgiyada bo'lganidek, epizodlaming dramaturgik tugallanganligi, kartinaning obrazli yakunlanganligi, tomoshabinga ta’sir etuvchi emotsional kuchlarning boshidan oxirigacha rivoji, dramaturgiya talablariga javob bera olishi bilan belgilanadi. Shunday bo’lishiga qaramay, ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi, teatr uchun yozilgan pyesadan, badiiy filmga yozilgan ssenariydan farq qiladi. Undagi publitsistik vazifalar, ahamiyatli, ijtimoiy hodisalar aniq qahramonlarning shaxsiy qarama - qarshiliklari orqali emas, balki ijtimoiy ziddiyatlami epik prinsip bo‘yicha, yaxlit namoyish etiladi»25. Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga emotsional ta’sir qilish borasida keng imkoniyatlarga ega. Bunda ssenariy mualiifi, tomoshabinlarga berilgan tarixiy dalillarga bo'lgan munosabatiga suyanishi mumkin. Ssenariy - bu bo‘lg‘usi tadbirni tayyorlash uchun asosiy badiiy manbadir. Ssenariyda tadbirning g‘oyasi, oliy maqsadi, kompozitsion tuzilishi aks ettiriladi. Shuningdek, ssenariyda tadbir o‘tkaziladigan joy (sahna, maydon)ning bezatilishi, qatnashchilar so‘zlarining matnlari, badiiy va hujjatli materiallar, badiiy fon va fon guruhi tasviri, chiroqlar, sahnalashtirish rejasi va rejissyorlik tahlili ham ko‘rsatilib o‘tiladi.
2) Madaniy tadbirlarni tashkil etishda juda ko‘p holatlarda dramatik manbalardan foydalaniladi. Ammo, hamma o‘tlcazilayotgan tadbirlar uchun ham manbalarni topish oson boim aydi. Bunday holatlarda iiissenirovka usulidan foydalanish katta samara beradi. Sahnalashtirish uchun asar tanlanayotganda faqat dramatik, tayyof pyesalarga emas, balki adabiyotning barcha turlariga murojaat qilish ham mumkin. Ko‘pgina dramatik bo‘lmagan asarlami sahnaga qo‘yishga ehtiyoj tug‘ilganda inssenirovka usuli qo‘l keladi. Inssenirovka - lotinchadan olingan bo‘lib, biror asami sahnaviy qilib o‘zgartirish, sahnaga qo‘yish uchun moslashtirish degan ma’norti bildiradi. Lug‘atlarda, inssenirovka - adabiy asarlami teatt uchun qayta ishlash, deb berilgan.14 Inssenirovka bu- badiiy asarni dramatik asarga aylantirishdir, ya’ni sahnaga moslashtirilgan holda yoziladi. Inssenirovka qilinganda quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim: 1 .Asar to‘liq o‘qib chiqilib, uning mazmuni vamohiyati o‘rganiladi; 2.Asardagi muallif tomonidan berilgan so‘z, ta’riflar, xullas ifodalash - qahramonlarga bo‘lib beriladi; 3. Asardagi qahramonlar aniqlanadi, ularga so‘z, matnlar bo‘lib beriladi; 4.Monolog va dialoglarga ajratiladi; 5.Sahnalashtirishning barcha qonuniyatlariga tayanadi; 6.Asarni qisqartirish yoki kengaytirish mumkin bo‘ladi; Inssenirovka qilinayotganda asaming ichki mazmunini to‘g‘ri tushunish, uni anglash lozim. Aks holda inssenirovka qilingan asaming asosiy mazmuni buzilishi mumkin. Bir qaneha sahna asarlari inssenirovka qilish orqali sahna yuzini ko‘rgan. Masalan, Pirimqul QodiroVning “Yulduzli tunlar” romani ham inssenirovka qilinib, rejissor Bahodir YoTdoshev tomonidan sahnalashtirilgan. “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asarining ham avvalgi shakli “hikoya” bo‘lgan. U ham inssenirovka qilinib sahnalashtirilgan.


Download 24,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish