Mexanik maydalash - bu ma`lum yiriklikdagi mahsulotni olish uchun tashqi mexanik kuchlar ta`siri ostida tog’ jinslari zarralarini parchalash jarayonidir.
Maydalanuvchanlik - bu tog’ jinslarining ko`plab mexanik xususiyatlarini (elastik, mustahkamlik, plastik, va hokazo) umumlashtiruvchi parametridir va tog’ jinslarini maydalash jarayonining energiya sig’imini ifodalaydi.
Xorij amaliyotida maydalanuvchanlik alohida ruda bo`lagining ustiga tushuvchi yuklarning zarbalari natijasida parchalanish bo`yicha tajribalar orqali aniqlanadi. Ularning qulashi balandligi va massasi bo`yicha maydalashning zarba kuchi hisoblab chiqiladi va undan ish indeksi Wi aniqlanadi. Mexanobrda ishlab chiqilgan uslubga ko`ra maydalanuvchanlik ikkita parametr bilan tavsiflanadi: maydalashning toza ishi indeksi W*i va standart maydalagichdan chiqqan mahsulotning namunaviy xarakteristikasi bilan.
Maydalash samaradorligi E, %, deb maydalash natijasida hosil bo`lgan talab qiladigan yiriklikdagi sinf miqdorini dastlabki mahsulotdagi maydalanishi talab qilinadigan mahsulot miqdoriga nisbatiga aytiladi.
(3.6)
bu yerda s – talab etiladgan maydalash yirikligi, mm; a1-s va b1-s – mos holda dastlabki va maydalangin mahsulotlardagi 1-s sinflar miqdori, %; a>s - dastlabki mahsulotdagi s dan katta sinf miqdori, %.
Maydalash usullari va qonunlari
Maydalash va yanchish vaqtida foydali qazilmalarning parchalanishi tog’ jinslari bo`laklariga ko`rsatiladigan tashqi yuklama kuchi ta`sirida sodir bo`ladi. Ruda bo`laklarini parchalash uchun alohida kristallar va kristallar ichidagi yopishish kuchlarni engib o`tish kerak. Bu kuchlar tog’ jinslarining mustahkamlikni aniqlaydi. Mustahkamlik ichki tuzilishdagi nuqsonlarga bog’liqdir, masalan, ichki zaiflashgan zonalar (yoriqlar, qo`shimchalar) mavjudligi.
23-rasmda maydalash usullari yoki ularning kombinatsiyasi ko`rsatilgan.
Maydalash va yanchish usullari asosiy qaytmaydigan deformatsiyaning shakli bilan farq qiladi:
bosim ostida (23, a-rasm) - ruda bo`lagini ikkita maydalovchi yuza orasida siqilishga mustahkamlik chegarasidan o`tgandan so`ng yuzaga keladigan bosim o`tkazish siqish natijasida maydalash;
bo`lish (sindirish) (23, b-rasm) – ruda bo`lagini o`tkir maydalovchi yuzalar orasida sindirish natijasida parchalash;
sindirish (23, c-rasm) – qovurg’asimon shaklga ega maydalovchi yuzalar orasida ruda bo`lagini qayirish natijasida parchalash;
kesish (23, d-rasm) - bu mahsulot surilish deformatsiyasiga uchrab maydalanishdir;
ishqalanish (23, e-rasm) - bu mashinaning sirpanishli ishchi yuzalarida sodir bo`lib, ruda bo`lagining tashqi qatlami ko`chish deformatsiyasiga uchrashi natijasida (urinma kuchlanish ruda bo`lagining mustahkamlik chegarasidan oshganda) maydalanish sodir bo`ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |