PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Kun sayin rivojlangan demokratik davlat darajasiga erishayotgan mustaqil mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, ta’lim sohasini yangi sifat bosqichiga ko’tarishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish va faol foydalanish orqali ta’lim samaradorligini osbirish bugungi kundagi o’zining ijobiy yechimini topayotgan muhim masalalardan biridir. Ta’lim jarayonining samadorligi undagi “pedagog-moddiy muhit-o’quvchi” faoliyatining faol tashkil etilishiga bog’iqdir. Bu esa o’z navbatida ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan izchil va samarali foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ta’lim sohasida bu kabi islohotlarni amalga oshirish pedagoglar zimmasiga ulkan mas’uliyatli vazifani yuklaydi ya’ni bugungi kun pedagogi zamon talablariga to’liq javob bera olishi shart. Yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va joriy etish, o’z ustida ishlash pedagogik faoliyatini yangilab turish har bir pedagogning asosiy vazifasidir. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlaming bosh maqsadi zamonimiz davomchilarini intellektual va ma’naviy-axloqiy barkamol avlod ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bilimli pedagog ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy usullarini darsning didaktik vazifasi va o’quvchilarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda tanlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshirish barobarida o’quvchilarda erkin fikirlash, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ularini shakllantiradi. Barcha sohalar asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Komil ishonch bilan shuni aytish mumkinki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kiruvchi asosiy manbadir.
Pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayonini asos qilib olish mumkin. “Texnologiya” tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan “texnos”-san’at, hunar va “logos”-fan so’zlaridan tashkil topib, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Shu tushunchadan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiya- bu o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Hozirgi kunda ayrim pedagoglar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni bir biridan farqlash juda muhimdir. Metodika o’quv jarayonini tashkil qilish va o’tkazish bo’yich tavsiyalar majmuasidan iborat. Pedagogik texnologiya o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Pedagogik texnologiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi. Rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiradi. Akademik V.P.Bespalko “Pedagogik texnologiya- bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir” deb ta’riflaydi. Eng asosiysi Edgaro Fora
“zamonaviy texnologiya ta’limni modemizatsiyalashda xarakatlantirnvchi kuch” ekanligini e’tirof etdi. Pedagogic faoliyat Zamonaviy pedagogic texnologiyalar orqali muttasil tarzda rivojlanib boradi, chunki u ta’lim sohasida maqsadga erishish va shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan maqsadli faoliyatdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ikki turga ajratish mumkin:
1 .Ta’lim texnologiyalari:
“Aqliy hujum”, “Tarmoqlash”, “Labirint”, “Charxpalak”, “Muloqot”, “Loyiha”, “Bahs-munozara va musobaqa”, “Dumaloq stol” kabi texnologiyalar kiradi.
2.Tarbiya texnologiyalari:
Kuzatish, baxslashish, ishontirish, jamoaviy ijodiy ishlar, “Tanqid qilishni o’rgating”, “Kurator va jamoa” kabi texnologiyalar kiradi.
Maxsus ta’lim tizimida ham dars jarayonlarda bu kabi pedagogic texnologiyalardan faol foydalaniladi. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish jarayonida hamda korreksion-rivojlantiruvchi tarbiya faoliyatida ham pedagogik texnologiyalarni qo’llash ijobiy samara beradi. Chunki imkoniyati cheklangan bolalar ham an’anaviy darsdan ko’ra interfaol uslublarni o’z ichiga qamragan, pedagogik texnologiya va texnik vositalar bilan jihozlangan darslarga ko’proq qiziqishadi. Ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagoglar ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishda bir qancha talablarni e’tiborga olishlari zarur:
- o’quvchilardagi nuqson darajasi va imkoniyatlarini inobatga olgan holda individual shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasidan foydalanishi yakka yondashuvni tashkil eta olishi;
- ta’lim metodlarini tanlashda o’quv mashg’ulotlarining didaktik vazifasini, tahsil oluvchilarning yoshi va sonini inobatga olishi;
- o’quvchilarni darslarga tayyorgarlik darajasi va natijani hamda jamoadagi o’zaro muhitni oldindan ko’ra olishi;
- ta’lim jarayonini texnik vositalar bilan boyitishi bu kabi vositalar rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning sog’lig’i va ruhiyatiga xavf tug’dirmasligi uchun ehtiyot choralarini oldindan ko’rib qo’yishi;
- kasbiy mahorati yordamida o’quvchilarning shaxsiy sifatlarini kashf qila olishi
Pedagog tomonidan tanlangan barcha didaktik vositalar o’quvchining umumiy
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi juda muhimdir. Dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyati cheklangan o’quvchilarning shaxs xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi:
- o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmat va do’stona muhabbat tuyg’ulari uyg’onadi, fanga bo’lgan qiziqish va qobiliyatlarini faollashtiradi;
jamoa bilan ishlash malakasini egallaydilar ya’ni jamoadoshlardan yordamni qabul qilish hamda kerakli vaziyatda ularga ham yordam ko’rsatishni o’rganishadi;
- dars jarayonining qizg’in davom etishi natijasida o’quvchilar “nuqsonidan uyalib chekinib yurish” kabi illatni unutib, fikrlarini mustaqil bayon qilishlari, o’zgalar fikriga quloq tutushlari natijada o’z-o’zini va atrofidagilarni to’gri baholashni o’rganadilar;
- o’quvchilar “to’g’ri” va “noto’g’ri” kabi tushunchalarga nisbatan tanqidiy mushohada qilishni, jarayonning oddiydan murakkabga tomon borishiga ko’ra turli topshiriqlarni mustaqil bajarishga o’rganadilar;
- fikr bildirish jarayonida ularda faol ekspressiv nutq rivojlanadi hamda o’zgalar nutqini tinglash jarayonida eshituv diqqati va fonematik idrok shakllanadi.
“7 qadam”, “Qumli rasmlar”, “Paxtali tayoqchalar”, “Aks ta’sir”, “Rangli mel”, “3x4”, “Aqliy hujum”, “VENN diagrammasi”, “gugurt cho’pi”, “Mozaika”, “Bingo”, “Tarmoqlash” kabi pedagogic texnologiyalaridan dars jarayonlarida faol foydalaniladi. Imkoniyati cheklangan bolalar o’rtasida o’zaro muloqotni tashkil qilish, ularda fikr almashish va so’zlashuv malakasini shakllantirishga imkon yaratadi. Ularning shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va erkin muloqotni amalga oshirishda interfaol o’yinlarning ahamiyati nihoyatda katta. Ma’lumki, o’yin bolalarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Rolli o’yinlar obyektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog ta’lim-tarbiya berishda bolalarning yosh xususiyati va imkoniyatiga qarab, mashg’ulotlarni o’yin tariqasida uyushtirishga alohida etibor qaratishi lozim.
Yetarli darajada didaktik vositalar bilan qurollangan va ulardan samarali, o’z o’rnida mahorat bilan foydalana olgan pedagog har doim malakali, ilg’or pedagog hisoblanadi. Yangi pedagogik texnologiyalar o’qituvchi va o’quvchilarni erkin fikrlashga, bilim boyligini oshirishga, dunyoqarashini shakllantirishga, tafakkurini rivojlantirishga, xotirani kuchaytirishga, fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirishga, mustaqil ishlash qobiliyatini o’stirishga, izlanishga va eng muhimi o’z ustida ishlashga da’vat etadi. Chunki pedagogic texnologiya ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bilan qarashni, o’qituvchi va o’quvchilarning sifat belgilarini oshirishni maqsad qiladi. Bu jarayonlar shubxasiz kelajakda ham davom etadi, chunki pedagogik texnologiyalar zamon talabiga hamohang tarzda yaratilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |