Qisqa muddatli hotira qisqa muddatga esda qoldirilishini ta`minlaydigan hotira turi
Operativ hotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun hizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holatga aytiladi.
Hotira jarayonlari quyidagilardan iborat:
Esda olib qolish
Esda saqlash
Esga tushirish
Unutish
Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po'stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po'stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir.
Esda qoldirish o'zining faolligi jihatidan ikkiga bo'linadi:
a) ihtiyorsiz esda qoldirish- oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi.
b) ihtiyoriy esda qoldirish- oldindan maqsad qo'yib mavzu belgilanadi.
Ihtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
- maqsad qo`yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
o‘quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
- esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo'li bilan esda qoldirish
Psihologiya fanida esda olib quyidagi turlari mavjud:
Ma'lumot, habar, taassurot, ahborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish
Egallash yoki o'zlashtirish zarur bo'lgan materiallarni ko'rib idrok qilish
Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok idrok qilish hamda esda olib qolish
Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko'rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks ettirish
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni hotirada saqlanish hususiyati tushuniladi.
Esga tushirish -o'tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg`u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishiga aytiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog`lanishlarning qo'zg’alishidir.
Esga tushirishning quyidagi turlari mavjud:
Tanish- ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir
Eslash- narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir.
Bevosita eslash- tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat.
Vaqt o'tkazib eslash- esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o'tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o'tgandek bo'ladi.
Ihtiyorsiz esga tushirish -o'z oldiga biror bir maqsadni qo'yamasdan iroda kuchini sarf qilmasdan esga tushirishdir.
Ihtiyoriy esga tushirish-shahs o'z oliga biror bir maqsadni qo'yib, iroda kuchini sarflagan holda esga tushirishdir.
Esda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi
Reministsenciya hodisasi (hira esga keltirish)-unutilgan narsalarni yana hotirada qaytadan tiklanishi deyiladi
Esda olib ?olish va unutish tezligiga ko'ra hotiraning quyidagi tiplari mavjud:
4) sekin esda qoldirish, tez unutish.
3) sekin esda qoldirish, sekin unutish;
2) tez esda qoldirish, tez unutish;
1) tez esda qoldirish, sekin unutish;
Hotira tasavvurlari -ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan gavdalanishiga aytiladi.
Hotiraning psihologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo'lgan hotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi va uning quyidagi turlari mavjud:
Birinchisi Assotsiativ nazariyadir.
Ikkinchi psihologik nazariya hotiraning Geshtalt nazariyasidir.
Uchinchisi Biheviorizm nazariyasi – inson hotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga diqqatni qaratadi.
To'rinchisi Freydizm hotirani emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog’laydi.
Beshinchisi Mantiqiy nazariya A.Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular hotiradagi materialni hotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog`laydi.
Oltinchisi Faoliyat nazariyasi A.N.Leontev, N.I.Zinchenko, A.A.Smirnovlar tomonidan ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir.
Biohimik nazariya tashqi ta'sir ostida nerv hujayralarida yuz beradigan o'zgarishlarni qayd qilish va hotira jarayonida DNK va RNK ahamiyatini aniqlashga qaratilgandir. DNK hotirani genetik tug`ma tashuvchi sifatida, RNK esa individual hotiraning ontogenetik asosi sifatida qabul qilinadi.
Kibernetik nazariya bo'yicha hotira ma'lumotni qabul qilib olish, qayta esga tushirish va unutishdir.
Hotira jarayonlarining navbatdagi nazariyasi
neyro-fiziologik nazariyadir.
Vaqt oralig’ida esda olib qolish, saqlash va esga tushirish hotiraning asoslari fiziologik nazariyasini tashkil qiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat! E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |