Mavzu: Mavsumiy kiyim-bosh va poyafzal.
Ta’limiy maqsad:
Bolalarga kiyim - kechaklar nomlarini, turlari haqida tushuncha berish. Kiyimlarni faslga, yoshga, kasbga qarab kiyib bo‘ladigan turlari haqida. Mashg‘ulot davomida bolalarni lug‘at boyligini oshirib borish, nutqida mavjid kamchiliklarni bartaraf etish. Xotira diqqatini rivojlantirib borish. Bolalarga kiyimlar haqida batafsil ma’lumot berish. Ularga kiyimlarning farqi haqidagi bilimlarini mustaxkamlash. Kun tartibida faslga muvofiq kiyinishni taxlil qilish.
Korreksion maqsad:
Mashg‘ulot davomida bolalarni lug‘at boyligini oshirib borish, talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish, nutqni rivojlantirish, Tovushlarni to‘g‘ri to‘liq talaffuz qilishga o‘rgatish.Umumiy,mayda matorikani rivojlantirish.
Tarbiyaviy maqsad:
Bolalarga kiyimlarni kir qilmaslik kiyimlarni ayash, onalari opalari va bog‘cha opalariga yordam tariqasida kiyimlarini iflos qilmay kiyish haqida tushuntirish. Kiyimlarni ozoda va toza tarzda tutishga o‘rgatish
Do'stlaringiz bilan baham: |