Mavzu: matn tarixi



Download 111,61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.03.2022
Hajmi111,61 Kb.
#502216
Bog'liq
Mavzu matn tarixi savol va topshiriqlar



Toshkent viloyati
Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti
Sirtqi bo`lim Tarix va tillar fakulteti
O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi
18 / 2 – guruh talabasi 
Ayxodjayeva Maftuna 
 
 
MAVZU: MATN TARIXI 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. O'zbek matnshunosligining rus matnshunosligidan farqi.
Rus matnshunosligida tadqiq usullari birinchi marta D. Lixachevning “Tekstologiya” 
qisqacha ocherkida uchraydi. O‘zbek matnshunosligiga ularning hammasini ham tatbiq etib 
bo‘lmaydi. Biroq o‘zbek matnshunoslari qo‘llagan quyidagi tadqiq usullari haqida gapirish 
mumkin: 
1. Matniy tafovutlarni tahlil qilish usuli. Matniy tafovutlarni tahlil etish “asl” yoki 
“dastlabki” matnni tiklash yo‘lida o‘tilishi shart bo‘lgan bo‘g‘indir. Matnshunos matn tarixidagi 
barcha davriy o‘zgarishlarni kuzatib, ularning sodir bo‘lish sabablarini aniqlashi juda muhim. 
Tahlil oddiy farqlarni o‘rganishdan boshlanib, oxirida umumlashtiruvchi xulosalarga kelish bilan 
tugaydi. Farqlar qo‘lyozma nusxalari orasida, xronologik tartibda, makon va hudud tartibida 
guruhlashtirilgan holda qiyoslanadi. Matniy tafovutlar xattot va kotiblar tomonidan so‘zni 
noto‘g‘ri o‘qish sababli, shuningdek, muallif yoki kotib tomonidan ongli ravishda qilingan tahrir 
tufayli paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Matnshunos farqlarning sababini aniq belgilashi lozim. 
Shundagina matn tarixi ob’ektiv ko‘rinish kasb etishi mumkin. 
2. Asosiy matn tuzish usuli. Asosiy matn tuzish matnshunoslik tadqiq usullarini kompleks 
ravishda ishga tushirishni taqozo etadi. Asosiy matn tuzish, bu – muallifning asl, birlamchi matnini 
tiklash emas. Muallif matnining asl holatini tiklash deyarli mumkin emas. Matnshunos faqat 
matnning muallif variantiga yaqin ko‘rinishini tuzishi mumkin. Asosiy matn deyilganda, 
matnshunos tomonidan nashr uchun tuziladigan qo‘lyozma asarning so‘nggi varianti nazarda 
tutiladi. 
3. Ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli. Qo‘lyozma nusxani ko‘chirish jarayoni to‘rt 
harakat majmuidan iborat bo‘lib, tanlangan matnni o‘qish, matnni eslab ko‘chirish, ichida 
takrorlab ko‘chirish va, nihoyat, matnni tushunib-tushunmay ko‘chirishni o‘z ichiga oladi. 
Ko‘chirish jarayonida ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunga sabab, kotib asliyat 
husnixati xususiyatlarini yaxshi tushuna olmagan bo‘lishi mumkin. Matnshunos qo‘lyozma 
nusxadagi xattotlar uslubini diqqat bilan o‘rganishi, harflarning “bejirim tasvirlari” o‘rtasidagi 
bog‘liqlikka, ularning o‘ziga xos bezak-unsurlariga e’tibor berib, xatolik nima sababdan sodir 


bo‘lganini aniqlashi lozim. Ba’zi hollarda, xattotlar so‘zni o‘qiy olmasalar, kontekstdan kelib 
chiqib, o‘zlaricha matnni tuzatib yoki to‘ldirib ketganlar. Matnshunos tomonidan xolis aniqlangan 
xato qiyosiy tahlil orqali asosiy matnda tuzatib boriladi. 
4. Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli. Ayrim ijodkorlar o‘z asarlarini ko‘chira turib, 
xattotlar faoliyatida ko‘ringan xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Masalan, ayrim harflarning 
tushib qolishi, sanalarning noto‘g‘ri belgilanishi, sarlavha yoki ayrim jumlalarning qisqarishi 
mexanik tarzda ro‘y berishi mumkin. Xatoning muallif tomonidan ongli ravishda qilinmaganligini 
aniqlash muallifning g‘oyaviy pozitsiyasi tahlili, ilmiy-badiiy iqtidori, matn mazmuniga 
talabchanligi darajasini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. 
5. Matnni ongli ravishda o‘zgartirish hollarini tahlil qilish usuli. Matn qasddan yoki 
beixtiyor o‘zgartirilganini farqlash murakkab tahliliy jarayonni talab qiladi. Matn o‘zgartirilgan 
hollar xattot yoki kotibning “o‘ta bilag‘onligi”, shunday bo‘lishi kerak edi yoki bo‘lgan bo‘lishi 
mumkin, degan iddaoda matnni tuzatib ketishi natijasida yuz beradi. Matnshunos, avvalo, 
manbalarning xronologik yoshiga qarab farqlar dinamikasini tuzib chiqishi lozim. O‘shanda 
o‘zgartirish manba “taqdiri”ning qaysi bosqichida yuz bergani ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng 
manbaning ko‘chirilish sanasi, davri va hududi, davrning ustun g‘oyaviy, siyosiy yo‘nalishlari 
o‘rganiladi. Ushbu tahlillar o‘zgartirish qasddan yoki beixtiyor qilinganligini aniqlab beradi. 
6. Qo‘lyozma tavsifini amalga oshirish usuli. Matn ustida ishlash qo‘lyozmaning tashqi 
belgilarini o‘rganishdan boshlanadi. SHarq kitobat san’ati o‘zining qat’iy prinsiplariga asoslanadi. 
Masalan, har bir asarning «bismillo»dan boshlanishi (basmala), so‘ng Ollohning madhi (hamd, 
tamhid) va Muhammad (s.a.v.) ta’rifi (na’t), shundan keyin asarning yozilish sababi (sababi ta’lifi 
kitob) qaydi kitobat qilinishda tashlab ketilishi mumkin bo‘lmagan asosiy prinsiplardandir. 
Qo‘lyozmaning tavsifiy belgilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Matn – kitobning asosiy qismi 
bo‘lib, unga ayrim hoshiya yozuvlari, jadval, poygirlar kirmaydi. Ichki unvon – tuzilishi murakkab 
kitoblarda ular ba’zan boshqa (masalan, qizil) siyoh bilan, ba’zan qalin harflar (jumladan, nasriy 
asarlarda), ba’zan hozirgidek sahifa o‘rtasida beriladi. Jadval – sahifada asosiy matnni 
joylashtirish prinsipi (matn ramkasi). Matnlar turli shakllarda – sidirg‘a, ikki ustun, to‘rt ustun, 
zina, romb, doira, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bu muayyan darajada bezak vazifasini o‘tab, 
she’riy matnlarda, ayniqsa, ko‘p qo‘llanilgan. Hoshiya – sahifa chetlari. Jadval (matn ramkasi)dan 
tashqarida izoh berish, parallel ravishda boshqa bir asar matnini joylashtirish, matn bo‘lagidagi 
fikrni tasdiqlash yoki to‘ldirish uchun ilovalar keltirishga xizmat qiladi. Poygir – o‘zidan keyingi 
sahifaning shu so‘z bilan boshlanishini bildirib keluvchi so‘z bo‘lib, o‘ng sahifaning eng ostiga, 
chap tomonga joylashtiriladi (poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet raqamlari 
o‘rniga ishlatiladi). Kolofon – kotibning qo‘lyozma so‘ngida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda 
kotib nomi, qo‘lyozmaning ko‘chirilish sanasi va kotib mulohazalari beriladi. Qo‘lyozma formati, 
unda ishlatilgan xat turi, qog‘oz turi, turli bezaklar ham qo‘lyozmaning tavsifini keltirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
7. Kon’ektura yo‘li bilan matnni tiklash usuli. Kon’ektura deganda matn kontekstidan kelib 
chiqib matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va 
jumlalarni tiklash tushuniladi. Kon’ektura faqat beixtiyor ravishda yoki e’tiborsizlik tufayli yo‘l 
qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi. 
8. Qo‘shimchalar va tushirib qoldirishlarni aniqlash usuli. Manbalar qiyosiy o‘rganilganda, 
ko‘pincha, bir nusxadagi muayyan matn bo‘lagi ikkinchi nusxada tushib qolgan bo‘ladi. U chindan 
tushib qolganmi yoki aksincha birinchi manbadagisi qo‘shilib qolganmi, bu har ikkala manbani 
jiddiy tekshirishdan o‘tkazishni talab qiladi. Ushbu tadqiq usuli har ikkala manbaning o‘z 
“qiyofadosh”larini to‘plashdan boshlanadi. Ikki guruh manbalarini o‘rganish asosida eng 


qadimiysi aniqlanadi, so‘ng o‘zgarishga uchragan manba davrigacha ko‘chirilgan manbalardagi 
holat o‘rganiladi. O‘zgarishga uchragan nisbatan qadimiyroq manba uchragan taqdirda, uning 
tavsifiy, davriy va hududiy belgilarini o‘rganish orqali o‘zgarish bo‘yicha xulosa chiqariladi. 
9. Gloss va interpolyasiyalar tahlili. Qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan 
izohlar, to‘ldirishlar, konkretlashtiruvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, Qur’oni 
karim oyatlari yoki hadislardan shu munosabat bilan keltirilgan misollar matnshunoslikda gloss 
deb ataladi. Ular asosiy matndan alohida bo‘lib, umumiy mazmunni to‘ldirishga xizmat qiladi. 
Zamonaviy matnshunoslikda izohlar nomi ostida keltiriladigan barcha ma’lumotlar glossga 
taalluqlidir. Qadimiy manbalarda ularni sahifadagi asosiy matn hoshiyasida yozish rasm bo‘lgan. 
Ammo qo‘lyozmadan nusxa ko‘chirish jarayonlarida ayrim xattotlar hoshiyadagi bitiklarni asosiy 
matnga qo‘shib yuborgan holatlar ham uchraydi. Bunday o‘zboshimcha tahrir interpolyasiya 
deyiladi. Interpolyasiyani asosiy matndan ajrata olish matnshunos oldida turgan murakkab 
vazifalardandir. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish 
orqali interpolyasiyani aniqlashi mumkin. SHuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, 
yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan 
ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyasiyani ajratib olish 
mumkin. 
10. Qo‘lyozma nusxalar o‘rtasidagi farqlar tahlili. Matnshunos qo‘lyozma asar nusxalari 
ustida ishlar ekan, ularning qaysi matndan ko‘chirilganligini aniqlashi nusxalar o‘rtasidagi 
farqlarning paydo bo‘lish sabablarini oydinlashtiradi. Bu jarayonda nusxalardagi matniy 
o‘zgarishlar xronologik tartibda guruhlashtiriladi va eng qadimiy nusxalar bilan solishtiriladi. 
Ushbu tahlil natijasida asarning dastlabki varianti haqida muayyan tasavvurga kelinadi. 
11. Nusxalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va munosabatni aniqlash usuli. Qo‘lyozma va 
toshbosma usullarida chop etilgan asarlar o‘rganilayotganida muayyan asarning qaysi matn 
asosida ko‘chirilganligini aniqlash muhim hisoblanadi. O‘rganilayotgan asar asl nusxa yoki 
yagona kopiya sifatida etib kelgan bo‘lsa, tabiiyki, ushbu usul qo‘llanmaydi. Biroq asl nusxa ham, 
ko‘plab kopiya nusxalar ham mavjud bo‘lgan taqdirda matn tarixini yoritish nuqtai nazaridan
shuningdek, nusxalarning jo‘g‘rofiy-hududiy va davriy jihatdan ko‘p yoki kam ko‘chirilganligi, 
sifat darajasiga qarab o‘sha davrlardagi adabiy jarayonlar va mazkur asarga bo‘lgan munosabat 
aniqlanadi. 
12. Matnlarni klassifikatsiya qilish (tasniflash) usuli. Matnlar janr va nashr turlari bo‘yicha 
tasniflanadi. Janr turlariga adabiy (devon, doston-masnaviy, qasida va shu kabilar), tarixiy (tarix-
yilnomalar, tazkira-esdalik, manoqib, vaqfiya va shu kabilar), yozishmalar (maktubot, ruq’aot, 
munshaot va shu kabilar), diniy (tafsir, ta’vil, fiqh, kalom, tasavvuf va shu kabilar), fan sohalariga 
bag‘ishlangan matnlar kiradi. Turli to‘plamlar, monografik risolalar, majmualar, bayozlar shaklida 
ko‘chirilgan yoki toshbosma usulida chop etilgan asarlar nashr turlari bo‘yicha 
tasniflanadi.Tasniflash matnshunos uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, tadqiq etilayotgan matn 
turli janr va nashr turlariga xos belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, tazkiralarda biografik 
ma’lumotlar bilan birga she’rlardan parchalar, xatlardan namunalar yoki tarixiy lavhalar qorishiq 
keladi. Devonlar esa, muayyan strukturaga ega bo‘lib, bu tartib buzilishi uning majmuaga aylanib 
qolishiga olib keladi. Bayozlar tazkiralar kabi to‘plam-antologiyalar xarakterida bo‘lsa-da, 
ularning tarkibini shoirlar ijodlaridan namunalar tashkil etadi. 
13. Tekstologik belgilarni aniqlash usuli. Qo‘lyozma asarlar o‘z ko‘chirilish tarixining 
muayyan bosqichlarida boshqa nom ostida ko‘chirilishi ham mumkin. Asarning xalq orasida 
mashhur bo‘lgan nomi yoki shu janr guruhiga kiruvchi atamalar bunga sabab bo‘ladi (masalan, 
“Hidoya”, “Muxtasar”, “Viqoya” yoki “Xazoyin ul-maoniy”, “Chor devon” kabilar). Asarning asl 


nomini tiklash uchun matnshunos o‘zi tadqiq etayotgan qo‘lyozma asarning nusxalarini qiyosan 
o‘rganib, saralash yo‘li bilan ular orasidan matni aynan takrorlanayotganlarini ajratib oladi. 
Ularning ahamiyatga ega o‘xshash jihatlarini, ya’ni tekstologik belgilari o‘rtasidagi 
mutanosiblikni tiklaydi. Nomi bir xil bo‘lgan matnlar o‘rtasida farq bor yoki yo‘qligini kuzatadi. 
Tekstologik belgilar barcha tavsifiy alomatlar, tahrir izlarini o‘z ichiga oladi. 
14. Matnni tiklash (rekonstruksiya) usuli. Matnshunos asosiy matnni tuzishda qo‘lyoma asar 
nusxalarida uchraydigan farqlar, tushirib qoldirish yoki qo‘shib yozish kabi holatlarga duch keladi. 
Ularning to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirish va aniq to‘xtamga kelgandan so‘ng asosiy matnga 
tuzatish kiritish matnshunosdan katta mehnatni talab qiladi. Bu jarayonda yuqorida tilga olingan 
ayrim usullardagi kabi qadimiyroq nusxalarga tayanish ish bermaydi. Matnshunos birlamchi matn 
bilan o‘zi tuzatayotgan asosiy matn orasida ko‘chirilgan nusxalardagi matn bo‘lagini chiroyli va 
yaxshi o‘qilayotgani nuqtai nazaridan emas, mantiq jihatidan bog‘lanishi va muallifning g‘oyaviy-
badiiy saviya va darajasiga mutanosibligi jihatidan kelib chiqib tahlil qilishi lozim. 
15. Matnni sanalashtirish usuli. Matnning sanasi bo‘lmagan taqdirda matnshunos 
nusxalardagi tafovutlar, birlamchi matn varianti haqida xulosa chiqarishga qiynaladi. Qo‘lyozma 
asarni yoki uning nusxasini sanalashtirish nusxaning tavsifiy belgilari, qog‘ozi yoki hoshiyalardagi 
qaydlar vositasida taxminan belgilanishi mumkin. Sananing belgilanishi nusxalar tahriri va boshqa 
xronologik voqealarning matn ko‘chirilishi bilan bog‘liq jarayonlarga ta’sirini aniqlash uchun 
muhimdir. 
16. Matnning yaratilish joyini aniqlash usuli. Matn muallifi aniq bo‘lmagan holatlarda 
matnning yaratilish joyiga qarab muayyan xulosalarga kelish mumkin. Bunda matn voqealari 
bayoni, hoshiyalar va ochiq sahifalardagi qaydlar, muhrlar kabi matn tarixini ochishga imkon 
beradigan barcha imkoniyatlar o‘rganiladi. Matndagi shevaga xos fonetik, morfologik va leksik 
shakllar, muayyan makonga xos marosim va urf-odat, an’analar matnning yaratilish joyini 
aniqlashda yaxshi ko‘rsatkich bo‘la oladi. 
17. Atributsiya va ateteza. Atributsiya deganda matn muallifini aniqlash tushuniladi. Ateteza 
esa, muayyan asarning muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda uni noo‘rin mualliflikdan himoya 
qilishga aytiladi. Atributsiya holatida matnshunos matnning, masalan, g‘azaliyot bo‘ladigan 
bo‘lsa, maqta’dagi taxallus vositasida, matn klassifikatsiyasi, sanalarni belgilash, tekstologik 
belgilar, matnning yaratilish joyini aniqlash kabi bir qancha tekstologik tadqiq usullaridan 
foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklashi mumkin. Ateteza holatida esa, bahs 
qilinayotgan muallifning barcha asarlari qiyosan o‘rganilib, hududiy va davriy, g‘oyaviy, uslubiy, 
tekstologik jihatdan kompleks tadqiq amalga oshiriladi va xulosa chiqariladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadqiq usullari matnshunoslikning qo‘lyozmalar bilan bog‘liq 
faoliyat sohasida qo‘llanadi. Zamonaviy adabiyotlar, adabiy arxiv materiallari, davriy matbuot 
tadqiqi bilan shug‘ullanadigan matnshunoslik tadqiq usullari ulardan farq qiladi. 
Tekstologik prinsiplar tuzilajak matn shakllariga bog‘liq ravishda qo‘llanadi. Matnshunos 
barcha nusxalarni kuzatuvga olish, nusxalarni saralash, asarning qadimiy, ishonchli nusxasini 
tayanch nusxa sifatida olish, asar mazmuni, g‘oyasi, matn tarixini chuqur o‘rganish va aniq 
xulosaga kelish, jalb etilgan nusxalar matnini tanqidiy o‘rganish, matniy o‘zgarishlarni ilmiy 
apparatda qayd etish, matn shaklini yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilish prtinsiplari asosida 
ish ko‘radi. 
Shular bilan birga muayyan shaklda tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan umumiy prinsiplar ham 
bor. Bunday prinsiplar matniy tafovutlarni jadvallarda ko‘rsatish, matn strukturasini saqlash, nashr 
yordamchi ilmiy apparatini qo‘llash, jalb etilgan nusxalarni saralash, ularni tayanch, yordamchi va 


nazorat nusxalariga ajratish, qo‘lyozma nusxada yordamchi nusxalarni shartli belgilar bilan 
nomlash, original yozuvni saqlash, transliteratsiya kabi bir qancha prinsiplardan iborat. 
2. Matnshunoslikning faoliyat doirasi. 
Matnshunoslikda matn ma’nosi keng qamrovli tushunchadir. Matn deganda muallif ifoda 
etmoqchi bo’lgan fikr va g’oyaning yozuvdagi in’ikosi tushuniladi. Shuningdek, matn deganda 
yaxlit bir asar ya’ni, qo’lyozma nusxani ham tushunishimiz mumkin. Matnshunoslik qo’lyozma 
nusxaning matn xususiyatlaridan tortib (lingvistik, badiiy, falsafiy, tarixiy) nashr ko’rinishidagi 
barcha yutuq va kamchiliklari haqida yaxlit tassavur uyg’otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. 
Zamonaviy Jahon filologiyasida matn ustida ishlash masalalariga doir qabul qilingan yagona qoida 
yo’q. “Matn” tekst degan ma’noni bildirsa, matnshunoslik esa fan va adabiyotning turli sohalariga 
oid asarlarning teksti bilan bog’liq masalalarni o’rganadi. Matnshunoslik o’ta murakkab soha 
bo’lib, ko’plab tarmoqlarni o’z ichiga qamrab olgan. Hozirgi kunda matnshunoslik yo’nalishi 
bo’yicha mutahassis tayyorlash juda ham dolzarbligi bilan ajralib turibdi. Chunki yosh avlodga 
ota-bobolarimiz qoldirib ketgan ilmiy merosni yetkazib berish matnshunoslarning zimmasida 
bo’lib, ko’p ilmiy meroslar eski o’zbek tilida yozilgani bilan ahamiyatlidir. Matnshunoslik 
Sharqda ham G’arbda ham uzoq tarixga egadir. O’zbek matnshunosligi shakllanishida ko’plab 
olimlar o’z xizmatlarini ayamagan. Ulardan Sadriddin Ayniy, Izzat Sulton, Porsoxon Shamsiev, 
Hamid Sulaymonov kabi olimlar yangi avlodga ajdodlarimiz merosini yetkazib berish bilan 
shug’ullanganlar. Shundan so’ng Alibek Rustamiy, Saidbek Xasanov, Botirbek Xasanov, Suyma 
G’anieva, Mavjuda Hamidova va boshqalar matnshunoslik rivojiga katta hissa qo’shganlar, Sh. 
Sirojiddinov, A. Erkinov, A. Habibullayev, R. Zohidov, N. Jabborovlar ularning ishlarini 
muvaffaqiyatli davom ettirayotgan matnshunos ustozlarimizdir. Yangi metodikaga asoslangan 
o’zbek matnshunosligi XIX-XX asrlardan boshlab taraqqiy eta boshladi. XX asr boshlarida 
Turkistonda matnni tanqidiy o’rganishga e’tibor kuchayib bordi. Turli matbaa yoki kutubxonalarni 
tashkil qilish ma’lum ma’noda, o’zbek matnshunosligining yangicha yo’nalishda rivojlanishiga 
sabab bo’ldi. Matnshunosligimiz XIX asr oxiri XX asr boshidagi toshbosma nusxa tayyorlash 
jarayonida olib borilgan amaliy ishlar o’zbek matnshunosligi rivoji tarixida muhim o’rinni 
egallaydi. A. Habibullayev bosma nashrlar paydo bo’lishi haqida so’z yuritar ekan, shularni qayd 
etadi: “Bu nashrlar uchun nusxalar tanlab olinib, ularni nashrga tayyorlash chog’ida olib borilgan 
ishlar – matnshunoslik izlanishlari o’sha davr zamonasining talablariga yarasha bo’lib kelgan va 
XX asr zamonaviy matnshunoslik ilmi talablariga o’sib o’tishda bir bosqich vazifasini bajargan. 
Bosma nashr uchun nusxalarni tanlash, ularni saralash va nihoyat, bosma nashrni yuzaga keltirish 
ishlari takomillasha borib, hozirgi zamon matnshunosligining yuzaga kelishiga zamin tayyorladi” 
2 . Ayta olishimiz mumkinki, Hamid Sulaymon boshlab bergan va A.Qayumov boshchiligida 
Sharqshunoslik va qo’lyozmalar instituti atrofida filolog, matnshunos olimlarning sa’y-harakatlari 
bilan o’zbek matnshunosligi o’zining ravon yo’liga chiqib oldi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, 
O’zbekistonda sovet tuzumi davrida ham matnshunoslik rivojlanib bordi. O’zbek 
matnshunosligining shakllanishida rus sharqshunos olimlaridan A.N.Samaylovich, E.E.Bertels, 
A.K.Borovkov, A.N.Kononov va boshqalarning ro’li katta bo’lgan. Matnshunoslikning 
taraqqiyoti matnshunos olimlar nomi bilangina bog’liq emas. Birinchi manbalar ustida ilmiy 
tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi ko’pgina adabiyotshunoslar ham, asosiy kasbiga ko’ra 
matnshunos bo’lmasa ham matnshunoslik bo’yicha tekshirish ishlarini olib borishga majbur 


bo’lgan va bu sohada muhim vazifalarni amalga oshirib, matnshunoslik rivojiga o’z hissalarini 
qo’shganlar. Chunki bir asar yoki bir ijodkorning faoliyati ustida ilmiy tadqiqot olib borish, bu 
borada biron ilmiy xulosaga kelish uchun matnshunoslik bo’yicha ishlarni bajarish kerak. 
Masalan: M.Qodirovaning matnshunoslik tadqiqotlari natijasida biz sevikli shoiramiz Nodiraning 
“Komila va Maknuna” tahalluslari bilan ham she’r yozganini bilib oldik. 
3.Matnshunoslikning fanlar tizimidagi o'rni. 
O’zbek xalqining ko’p ming yillik tarixi, boy ilmiy-ma’naviy merosi, adabiyoti va san’ati 
haqidagi qimmatli ma’lumotlar qo’lyozma manbalarda aks etgandir. “Ajdodlarimiz tafakkuri va 
dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib 
bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming – minglab qo’lyozmalar, ularda 
mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, 
mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid 
qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan 
xalq dunyoda kamdan – kam topiladi”1 . Avvalo o’zbek matnshunosligining paydo bo’lishi, 
shakllanishi va rivojlanishi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tmasak o’zbek matnshunosligi borasida 
fikr bildirishimiz to’g’ri bo’lmas. Matnshunoslikda matn ma’nosi keng qamrovli tushunchadir. 
Matn deganda muallif ifoda etmoqchi bo’lgan fikr va g’oyaning yozuvdagi in’ikosi tushuniladi. 
Shuningdek, matn deganda yaxlit bir asar ya’ni, qo’lyozma nusxani ham tushunishimiz mumkin. 
Matnshunoslik qo’lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib (lingvistik, badiiy, falsafiy, 
tarixiy) nashr ko’rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida yaxlit tassavur uyg’otuvchi 
tadqiqotni amalga oshiradi. Zamonaviy Jahon filologiyasida matn ustida ishlash masalalariga doir 
qabul qilingan yagona qoida yo’q. “Matn” tekst degan ma’noni bildirsa, matnshunoslik esa fan va 
adabiyotning turli sohalariga oid asarlarning teksti bilan bog’liq masalalarni o’rganadi. 
4. Amaliy matnshunoslik. 
Matnshunoslik
,
tekstologiya — yordamchi tarixiyfilologik fan soxasi, adabiyot va folklorga 
oid 
qoʻlyozma
 asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning aniq matnlarini aniqlash va tanqidiy 
oʻrganish, sharhlab eʼlon qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boradi. Matnshunoslikning 
vazifasi matnni xar tomonlama tadrijiytanqidiy (matn tari-xiga chuqur kirib borish, matnni 
yaratishda foydalanilgan manbalarni, muallif 
taxrirlari, variantlari va b.) oʻrganib, nashrga 
tayyorlashdan iborat. Matnshunoslikning kuy-idagi asosiy xillari farklanadi: antik, 
oʻrta
asr va 
yangi adabiyot. Mas, kad. yunon olimi Aristarx (mil. av. 2-a.) Gomer asarlari matnini tanqidiy 
oʻrgangan.
 Sharq islom olamida 7-
a. dan hozirgacha bir harfi oʻzgarmay, mashhur xattotlar 
tomonidan minglab nodir nusxalarda koʻchirilgan qoʻlyozmalardan biri muqaddas Qurʼoni Karim 
matnidir. Ular dunyoning turli 
joylaridagi kutubxonalarda saqlanadi. Uygʻonish davrida
 antik 
adabiyot 
yodgorliklarining 
dastlabki 
koʻrinishlarini, 
asliy 
matnlarini 
tiklashga qiziqish kuchaygan. 
Oʻzbekistonda Matnshunoslik oʻz tarixiga ega. 1400
-y. davomida 
Oʻzbekiston
 olimlarining 
arab, fors 
va oʻzbek tilida yaratgan koʻplab yirik durdona asarlari oʻz davrida, undan keyingi 
davrlarda oʻrganilib, xattotlar tomonidan koʻchirilib, xatonuqsonlari boshqa nusxalar orqali 


toʻgʻrilanib, hoz. kunimizga qadar yetkazib kelingan. 
Bu ishga rus olimlari V. V. Bartold, I. Yu. 
Krach-kovskiy, A. K. Borovkov, A. N. Kononov 
va b. ham munosib hissa qoʻshishdi. 
Respublikamizda Matnshunoslik boʻyicha ishlar Oʻzbekiston FA
 Til va adabiyot, Sharqshu-noslik 
in-tlarida olib borilmoqda. Alisher Navoiy asarlarining ilmiytanqidiy matnlarini tayyorlash va 
nashr ettirishni S. Ayniy («Xamsa»ning qisqartirilgan nashri), O. Sharafiddinov, 
I. Sultonov («Mezon ul-avzon»), A. N. Kononov («Mahbub ul-qulub») va b. amalga oshirdilar. 
Matn-shunos olim P. Shamsiyev Navoiy «Xa
msa»sining toʻla va yaxlit bir
 kitob holida nashrga 
tayyorlash borasida murakkab matnchiliktadqiqiy ishlar olib bordi. Natijada «Xamsa»ga kirgan 
besh doston: «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Maj-
nun», «Sabʼai sayyor», «Saddi 
Iskandariy»larning barcha nashrlarini Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib va b. kotiblar 
tomonidan koʻchirilgan nusxalari bilan qiyoslab, «Xamsa»ning asl matniga yaqin keladigan 
ilmiytanqidiy matnini tayyorladi va 1960-y. nashr ettirdi. Hamid Sulaymonov Navoiyning 
«Xazoyin ulmaoniy» asari tanqidiy matnini tayyorlab nashr ettirdi (1958—
61). S. Gʻaniyeva 
«Majolis unnafois» asari tanqidiy matnini tayyorladi. Oʻzbek olimlardan S. Mirzayev, Gʻ. 
Karimov, S. Mutallibov, S. Dolimov, R. Majidiylarning matnchilikdagi xizmatlari natijasida bir 
qator oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlari nashr etildi. Yozuvchi va shoirlardan
 Abdulla Qodiriy, 
Choʻlpon, Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom,
 Usmon Nosir asarlari matnini nashr 
etishda ham Matnshunoslik ishlari amalga oshirildi. Oʻzbek
 xalq 
ogʻzaki ijodi asarlari matnini 
tayyorlash, nashr etish sohasida B. Karimov, H. Zarifov, 3. Karimova, M. Afzalov, T. Mirzayev, 
Matnshunoslik Murodov va b
. xizmatini taʼkidlash mumkin.

Download 111,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish