Mavzu: Matn muharriri. Ms word matn protsessori interfeysi


Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi. Shakl



Download 103 Kb.
bet3/3
Sana13.02.2022
Hajmi103 Kb.
#446949
1   2   3
Bog'liq
6-Sinf

Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita:Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

Kutiladigan natijalar

O'quvchilar yangi bilim va ko'nikmaga ega bo'ladi. Ma`lumotlarni kiritish, xatoliklarni tuzatish, belgilar , so`zlar, satrlar, abzaslar o`rnini almashtirish yoki o`chirib tashlash, matnni diskdan o`qish, matnni diskda saqlash haqidagi bilimlarni egallaydilar

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

Darsning borishi va vaqt taqsimoti






Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O'tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa



I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rab baholash..


Yangi mavzu bayoni.

Reja:


  1. Matn protsessorlari haqida.

  2. Matn protsessorlariga oid dastlabki atamalar.

  3. MS Wordni ishga tushirish va unda ishni tugallash

  4. Word interfeysi.

Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san'atini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlar.Ulammg asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq. Masalan, matn muharririda faqat matn yozish mumkin bo'lsa, matn prorsessorida shu matn turli rasmlar bilan boyitilishi mumkin, E'tiboringizga havola etilgan ushbu qo'llanma ham matn protsessorida yozilgan bo'lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa bezaklardan foydalanilgan.


Matn muharrirlarida ishlash
Kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kirgani uchun barcha rusumdagi kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqarilgan. Bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqarilgan o'nlab matn muharrirlarini aytib o'tish mumkin. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, WordPad va hokazo. Shuni bilingki, Bloknot, Word-Pad matn muharrirlari siz 5- sinfda o'rgangan Paint yoki Kalkulyator dasturlari kabi ishga tushuriladi.
Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Ma`lumotlarni kiritish. 2. belgilar, so`zlar, satrlar, abzaslar o`rnini almshtirish yoki o`cherish.
3. matnni xotirada saqlash 4. matnni xotiradan o`qish
5. xatolarni tuzatish 6. matnni biror qolipga solish, ya`ni chap va o`ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o`zgartirish
7. chop etish.
Matn muharrirlarida, asosan, matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ular matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) katta ahamiyatga ega bo'lmaganda qo'llaniladi.
Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyin-chiliksiz qayta ishlash mumkin.
Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bo'lgan ishchi maydon, yurgich va menyular satridan iborat.
Matnprotsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi ham katta ahamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va hokazo.
Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deh yuritiladi.
Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi haqidagi (shrifi hni, o'lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o'/ida saqlaydi.
Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'lla­niladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarnni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga har doim ham erishib bo'lmaydi.
Yuqoridaaytilganlarni hisobga olib matn ko'rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullari va yo'l-yo'riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo'lgan Microsoft Office—2003 paketiga kiritilgan Microsoft Office Word 2003 (qisqaeha Word) matn protsessori misolida ko'rib chiqamiz. U juda ko'p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protses­sorlaridan ajralib turadi. Wordda aksariyat buyruq va amallar bajarilishini tanlash „sichqoncha" yordamida amalga oshiriladi.
Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat sizga tanish bo'lgan oynaning maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xohishiga qarab belgilab oladi
Microsoft Office-2003 paketining MS Word dasturini ishga tushirish uch xil usulda amalgam oshirilishi mumkin:
-Masalalar panelidagi W piktogrammasi yordamida
-Windows ish stolidagi W yorlig`i yordamida
— Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
П уск программы Microsoft Office Microsoft Office Word 2003
Word dasturida ishni tugallash uchun X piktogrammasini yoki fayl menyusining Выход — ya'ni chiqish buyrug`ini tanlash voki Alt + F4 klavishlarini birga bosish yetarli.
MS Word ishga tushirilganda lining ekranda aks etgan interfeysida (quyidagi rasm) ishchi maydon va boshqarish paneli namoyon bo'ladi. Boshqarish paneli, odatda, sarlavha satri, menyular satri va uskunalar panelidan iborat.
Sarlavhalar satrida ishlanayotgan hujjatning va Word dasturining nomi aks etadi. Agar hujjatga nom berilmagan bo'lsa sarlavha satrida Dokument 1 nomi aks etib turadi.


Uskunalar panelida uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo'lib, ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik beradi (Paint dasturi uskunalar panelini eslang).

Menyular satri quyidagi menyulardan iborat:

Fayl Файл

Tahrir Ko'rinish
Правка Вид



Joylashtirish Вставка

Format Servis Формат Сервис

Jadval Таблица

Oyna Окно.

Ma'lumot Справка



Nom berib saqlangan hujjat Word dasturida ham, odatda, Paint dasturidagi kabi


Мои документы papkasida saqlanadi.


Mustahkamlash:
1. Matn muharrirlariga nisbatan matn protsessorlarining afzalligi nimada?
2. Matn protsesorida hosil qilingan matn nima deb ataladi?
3. Word matn protsessorining ishga tushurish usularini amalda ko'rsatib bering.
4. Word dasturida ishni tugallash usullarini amalda ko'rsatib bering.
5..Matnlar bilan ishlashga mo`ljallangan qanday dasturlar bor?
6. Matn muharrirlarining asosiy vazifalari?
7. Bloknot matn muharririni ishga tushirish usuli.
8. Matn muharri
Uyga vazifa:
Mavzuni o`rganish. 1-2 mashqni bajarib kelish
Dars taxlilini kuzatgan o’qituvchilar


Informatika fani o’qituvchisi : Yusupov B
Matematika fani o’qituvchisi: Melikulov N
Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish