Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/89
Sana22.01.2021
Hajmi1,73 Mb.
#55955
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89
Bog'liq
matematika tarixi

 
 
 
 
 


 
98 
 ABU RAYXON BERUNIY 
                                      BERUNIYNING   HAYOTI 
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy shaharlardan biri 
bo‘lgan Qot shahrida (hozirgi Beruniy shaf 973 yil 4 sentyabrda tug‘ilgan. Uning bolalik va yoshlik 
davri  Qotda  o‘tdi.  Qot  shahri  O‘rta  Osiyoning  feodalizm  davridagi  taraqqiy  etgan  markaziy 
shaharlaridan biri bo‘lgan. 
X  asr  oxirlarida  Xorazm  ikki  qismga  bo‘lingan  bo‘lib,  janubiy  Xorazm  —  markazi  Qot, 
shimoliy  Xorazm  —  markazi  Urganch  shahri  edi.  Bu  davrda  Xorazmning  Sharqiy  Yevropa 
mamlakatlari  bilan  savdo  va  madaniy  aloqalari  taraqqiy  etgan,  umuman  Xorazm  davlatining 
gullagan  davri  edi.  Xorazmning  katta  shaharlari—Qot  va  Urganchda  ko‘plab  mashhur  olimlar 
fanning  turli  sohalarida  chuqur  va  keng  ilmiy  ishlar  olib  borar  edilar.  Bu  olimlar  fan  sohasida 
entsiklopedist  bo‘lganlar.  Xorazmning  ikkala  qismi  hukmdorlari  orasidagi  taxt  uchun  kurash 
Mamun g‘alabasi bilan tugadi. 995 yilda Urganch amiri Mamun Xorazmning ikkala qismini yagona 
bir  davlatga  birlashtirdi.  Qot  hukmdori  Abdullohning  yengilishi,  Qot  shahrida  ilmiy  ish  bilan 
shug‘ullangan olimlar hayotiga salbiy ta`sir ko‘rsatdi. 
Beruniyda bolalik chog‘laridayoq fanga chuqur qiziqish va uning  tarmoqlarini   egallashga    
intilish  bor  edi.  U  ko‘proq  aniq  fanlarga  qiziqar  edi.  Yosh Beruniydagi  bunday  iste`dodni  sezgan 
Abu Nasr ibn Iroq uni o‘z tarbiyasiga oladi. Ibn Iroq Xorazmning hukmron doiralariga karindosh 
bo‘lib, u X — XI asrlarning eng yirik astronom va matematiklaridan edi. U uzoq yillar davomida 
Beruniy  bilan  birga  bo‘ladi,  unga  astronomiya  va  matematika  sohasida  ustozlik  qiladi.  Beruniy 
umrbod o‘z qalbida ustoziga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorchilik hislarini saqlab qoladi. 
995 yil hodisasidan so‘ng Beruniy o‘z vatani Xorazmni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Bu 
davrda u yirik olim bo‘lib tanilgan edi. Ro‘y bergan hodisa uning ilmiy ishlariga putur etkazadi. O‘z 
ilmiy  ishlariga  qulay  sharoit  va  osoyishtalik  izlagan  Beruniy  Kaspiy  dengizi  janubi-sharqiy 
qirg‘og‘ida  joylashgan  Jurjon  shahriga  boradi.  Yo‘lda,  yeronniig  hozirgi  Tehron  shahri  yaqinida 
joylashgan  Ray  shahrida  to‘xtaydi  va  bu  yerda  O‘rta  osiyolik  mashhur  astronom  matematik 
Xo‘jandiy  bilan  uchrashadi.  Beruniy  Ray  shahridagi  rasadxonada,  Xo‘jandiy  bilan  birgalikda 
kuzatish  va  o‘lchash  ishlari  olib  boradi.  Beruniy  bu  rasadxonada  Xo‘jandiy  tomonidan  yasalgan 
«Faxriy sekstanti» nomli katta astronomik asbob bilan qiziqadi va «Faxriy sekstanti bayoni haqida» 
nomli asar yozadi (995 — 997 yillar).                                                                      
Beruniy  1005  —  1017  yillarda  yana  Qotda  yashaydi.  U  Mamun  II  hukmdorligi  davrida 
Qotda tashkil etilgan «Donishmandlik uyi»da o‘sha zamoning yirik olimlari bilan hamkorlik qiladi. 
Ular  orasida  mashhur  faylasuf,  tabiatshunos,  tabib  Ibn  Sino,  faylasuf  Abu  Sahl  Masixiy,  olim  va 
tabib Abul Hasan Hammor, adib Abu Mansur as-Saolibiy va boshqa qator olimlar bor edi. 
Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo‘lib, ko‘p vaqtini turli kuzatishlar bilan o‘tkazar edi. 
U  yoshlik  chog‘larida  astronomik  asbob—devor  kvadratini  yasagan.  U  Xorazmning  turli  joylari 
koordinatalarini  aniqlash  bilan  shu-ullandi  va  995  —  996  yillarda  Qot  shahrida  diametri  15  ziro` 
(Ziro`—qadimgi  o‘lchov  birligi,  49  sm  chamasida)  bo‘lgan  doira  va  boshqa  asboblar  bilan 
astronomik o‘lchash ishlari olib bordi. 
998 — 1004 yillarda Beruniy Jurjon shahrida yashaydi, Bu joyda u o‘zining   birinchi   eng 
katta asari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (Al-Osorul-boqiya anil-qurunil-xoliya) nomli 
kitobini yozadi. 
Beruniy  bu  asarida  Sharq  mamlakatlari  xalqlarining  kalendarlari,  fan  va  madaniyatlari 
haqida ko‘p faktlarni bayon etdi. Bu asar orqali Beruniyning shuhrati butun Sharqqa tarqaldi. 
1010 yilda Xorazm shohi Mamun Beruniyni Xorazmga chaqirdi va uni fan sohasida asosiy 
maslahatchi qilib tayinladi. 
Beruniy Mamun «Donishmandlik uyi»ning a`zosi hisoblanib, unda 7 yil ilmiy ish olib bordi 
va juda ko‘p fan masalalarini hal qildi. Lekin u o‘z vatani Xorazmda ko‘p yashay olmadi, chunki 
1017 yilda zolim shoh Sulton Mahmud tomonidan Xorazm bosib olindi. Mashhur olimlarning ko‘pi 
quvg‘inlikka uchradi. Shu jumladan, mashhur olim Ibn Sino Jurjonga yashirindi, Beruniy asirlikka 
olinib,  G‘azna  shahriga  jo‘natildi.  Sulton  Mahmud  olim  Beruniyni  Mahmudning  xohishiga  qarab 
ish olib borishga va unga bo‘ysunishga majbur qilgan bo‘lsa ham, ulug‘ Beruniy bu mashaqqatlarni 


 
99 
engib,  qiyinchiliklarga  bardosh  berdi  va  ilmiy-ijodiy  ishlarini  zo‘r  mahorat  bilan  davom  ettirdi.  U 
doim  vatanini  qo‘msab  yashadi.  Bu  yillarda  astronomiya  to‘g‘risida  va planetalar  harakati  xaqida 
kitoblar yozdi. 1025 yilda «Geodeniya» asarini yozib tugatdi. 
Beruniyning  fan  sohasidagi  shon-shuhrati  boshqa  mamlakatlarga  yoyila  boshladi.  Uni 
iste`dodli, ajoyib olim sifatida taniy boshladilar. 
Sulton  Mahmudning  poytaxti  G‘azna  bo‘lib,  u  Hindistonning  shimoliy  va  g‘arbiy 
territoriyasini  o‘z  mamlakatiga  qo‘shgan  edi.  Mahmud  o‘zining  Hindistonga  qilgan  harbiy 
yurishlariga  saroy  olimlarini  ham  olib  borardi.  Shuning  uchun  Beruniy  ko‘p  yillarni  Hindistonda 
o‘tkazdi. U hind xalqining madaniyati va fani, turmushi va adabiyotiga juda qiziqdi va uni o‘rgandi. 
U  qadimiy  hind  tili  —  sanskrit  tilini  o‘rgandi,  bir  qancha  hind  olimlarining  asarlarini  arab  tiliga 
tarjima qildi. Yunon matematiklarining o‘lmas asarlari hisoblangan Evklidning «Negizlar» nomli va 
Ptolemeyning  «Almagest»  nomli  asarini  sanskrit  tiliga  tarjima  qildi.  Beruniy  bu  ajoyib 
mamlakatning  ko‘p  shaharlarida  bo‘ldi,  undagi  xalqlarning  turmushlariga  va  to‘plagan 
materiallariga asosan 1031 yilda «Hindiston» nomli kitobini yozib tugatdi. 
Bu  kitobda  hindlarning  matematika  va  astronomiya  fanlari  sohasidagi  ilmiy  ishlari  va  bu 
fanlarning taraqqiyoti bayon etilgan. Shuningdek, bunda XI asrgacha hind xalqining madaniyati va 
turmushi, falsafa, tarix, geografiya va boshqa fanlarning ham taraqqiyoti bayon etilgan. 
Hindiston  respublikasining  mashhur  jamoat  va  davlat  arbobi  marhum  Javohirlal  Neru, 
o‘zining  «Hindistonning  kashf  etilishi»  asarida  hind  fani,  madaniyati,  tarixi  haqida  o‘zining 
qimmatli  fikrlarini  tarix  sahifalariga  yozib  qoldirgan  mashhur  olim  Beruniyni  hurmat  bilan  tilga 
oladi. 
«Beruniy—deb  yozadi  Neru—yunon  falsafasini  bilib  olib,  hind  falsafasi  bilan  tanishish 
uchun sanskrit tilini o‘rgandi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biri bilan solishtirib, bulardagi 
umumiylikni  ko‘rib  hayratda  qoldi.  Beruniyning  kitoblari  faqat  ilmiy  ma`lumotlar  emas,  balki 
urush,  talon-toroj,  ommaviy  qirg‘inlar  bo‘lishiga  qaramay,  fan  ahllari  o‘z  ishlarini  davom 
ettirganliklarini ko‘rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda 
ham  Beruniy  begona  millat  odami  bo‘la  turib,  bu  o‘lka  kishilari  ahvolini  tushunishga  harakat 
qiladi». 
Beruniy  «Hindiston»  asarini  yozish  bilan  faqat  Sharq  mamlakatlariga  emas,  balki  butun 
Yevropa  mamlakatlariga  ham  tanildi.  Sharq  va  G‘arb  olimlari  shu  kitob  orqali  qadimiy  o‘lka  — 
Hindistonning fani va madaniyati bilan tanishdilar. 
Beruniy  o‘z  vatani  Xorazmdan  uzoq  joylarda,  G‘aznada  va  Hindistonda  yashab  turgan 
vaqtlarida,  o‘z  ona  Vatani  bilan,  undagi  yor-birodarlari  bilan  mahkam  aloqada  bo‘ldi.  Buni  shu 
bilan  isbotlash  mumkinki,  uning  1029—34  yillar  orasida  yozgan  «Astronomiyadan  a
SOSIY 
boshlang‘ich ma`lumotlarni tushuntiruvchi kitob» («Kitob at-tafhim») asari uning xorazmlik do‘sti 
Hasanning qizi Rayhonaga bag‘ishlangan. 
Beruniy  o‘zining  o‘lmas  asari  «Qonuni  Mas`udiy»ni  yozish  bilan  astronomiyaning  o‘z 
zamonigacha  bo‘lgan  holatini  fan  tarixida  yozib  qoldirdi.  Beruniy  bu  asarini  yozishda,  qadim 
zamonlardan boshlab, to o‘zi yashagan davrgacha bo‘lgan matematika va astronomiya fanlarining 
taraqqiyoti  bilan  tanishib  chiqdi.  Bu  asarda  astronomiya  va  matematikaga  doir  bilimlarni  bayon 
qildi. 
Bulardan  tashqari,  Beruniy  bir  qancha  boshqa  asarlar  yozdiki,  ular  orasida  astronomiyaga 
tegishli:  «Quyosh  xarakatini  tekshirish»,  «Astrolyabiya  xaqida  risola».  «Oy  xaqida  risola», 
«Farg‘oniyning  astronomik  tekshirishlari»,  «Hind  astronomlari  savollariga  javoblar». 
«Xorazmiyning  astronomik  ishlari  haqida»,  «Planisfera  haqida  risola»  va  boshqa  asarlar  bor. 
Beruniy  asarlari  orasida  matematika  fanining  ko‘p  bo‘limlariga  tegishli  bo‘lgan  va  katta  mahorat 
bilan  yozilgan  asarlar  bor,  Masalan,  uning  «Trigonometrik  funktsiyalarni  soddalashtirish», 
«Yulduzlarni tekislikda tasvirlash», «Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash», «Sferik yoyni aniqlash 
haqida», «Evklid ishlariga izoxlar» asarlari shular jumlasidandir. 
Beruniy  tomonidan  yozilgan  bu  ajoyib  asarlar  va  uning  turli  tabiiy  fanlar  sohasidagi 
progressiv fikrlari Sharq mamlakatlaridagi fan arboblariga katta ta`sir etdi,  ular o‘z ilmiy ishlarida 
Beruniy g‘oyalaridan keng foydalandilar, uning usullari va fikrlarini yanada kengaytirdilar. 


 
100 
Mashhur  astronom,  matematik,  faylasuf  va  shoir  Umar  Xayyom  (1048—1131)  o‘zining 
astronomik  kuzatishlarida  Beruniyning  astronomik  asarlaridan  keng  foydalandi  xurosonlik 
astronom  va  matematik  Nasriddin  Tusiy  (1201  —1274),  Beruniyning  astronomiya  va  boshqa 
sohalardagi  asarlaridan  keng  ravishda  foydalandi.  Beruniyning  ilmiy  g‘oyalari  bu  olimlar 
tomonidan davom ettirildi. Beruniy mashhur olim — tabiatshunos, tabib Ibn Sino bilan bir davrda 
yashagan, u bilan bir qancha vaqt birga ishlagan. Beruniy bilan  Ibn Sino olam tuzilishi haqida ilmiy 
munozaralar olib borganlar, bu munozaralarda olg‘a surilgan g‘oyalar astronomiya va fizika tarixida 
katta ahamiyatga egadir. 
Beruniy 1048 yilda G‘azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston territoriyasida) vafot etdi. 
O‘zbek  xalqining  ajoyib  farzandi  mashhur  olim  Beruniy  o‘rta  asrlarning  mudhish  azob-
uqubatlari  va  turli  dahshat-qiyinchiliklariga  qaramay,  butun  umrini  fan  va  madaniyat  taraqqiyoti 
yo‘lida sarfladi. Beruniy fan xazinasini shunday bebaho javohirlar bilan to‘ldirdiki, butun insoniyat 
bu bilan cheksiz faxrlanadi. Beruniy  — entsiklopedist olim bo‘lib, o‘z davrining juda ko‘p fanlari 
sohasida  chuqur  ilmiy  tadqiqotlar  olib  bordi,  qimmatli  asarlar  yaratdi.  Mashhur  olim 
I.Yu.Krachkovskiy  yozganidek,  «Beruniy  qiziqqan  sohalarni  sanab  chiqishdan  ko‘ra,  qiziqmagan 
sohalarini sanab chiqish osonroq». 
Beruniy  tomonidan  astronomiya,  matematika,  geodeziya,  minerologiya,  geologiya, 
farmakologiya sohalarida olib borilgan ilmiy tekshirishlar bu fanlar tarixida juda katta ahamiyatga 
egadir. Uning asarlarida Xorazm xalqining qadimiy tarixiga tegishli juda ko‘p ma`lumotlar borki, 
bular Xorazm xalqining fan va madaniyat tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Beruniy O‘rta 
Osiyo  xalqlarining  Hindiston  xalqlari  bilan  madaniy  aloqalar  o‘rnatish  va  bu  aloqalarni 
mustahkamlashda  katta  xizmatlar  qildi.  U  o‘zining  mashhur  asari  «Hindiston»  orqali  bu  ajoyib 
mamlakatning  fani,  madaniyati  va  tarixi  bilan  butun  dunyo  xalqlarini  tanishtirdi.  Bu  nodir  asar 
haqida akademik V. R. Rozen shunday deydi: «Bu yodgorlik-  shu xildagi asarlar ichida yagonadir. 
G‘arb va Sharqning butun qadimiy va O‘rta asr ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo‘q. 
Bu asar diniy, irqiy, milliy yoki tabaqaviy bid`atlar va xurofotlardan xoli bo‘lgan xolisona tanqid 
ruhi  bilan,  yangi  fanning  eng  qudratli  quroli,  ya`ni  qiyosiy  metod  bilan  g‘oyat  to‘la  ravishda 
qurollangan, ehtiyotkor va pishiq tanqid ruhi bilan sug‘orilgandir... Undan chin ma`nodagi ko‘lam, 
bir  so‘z  bilan  aytganda,  hozirgi  zamon  ma`nosidagi  haqiqiy  fan  ruhi  sezilib  turadi.  Beruniy  turli 
fanlarga  doir  150  dan  ortiq  asarlar  qoldirdi.  Uning  astronomiya  sohasida  yozgan  70  dan  ortiq 
asarlari  O‘rta  asr  astronomiyasining  entsiklopediyasidir.  «Mening  hamma  istaklarim,  butun 
vujudim, — deb yozgan edi Beruniy, — ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni o‘zim uchun eng 
ulug‘ baxt deb bilaman». 
Beruniy  olim  bo‘lish  uchun  eng  zaruriy  shart «kishining  tabiatini  pastlashtiradigan  yomon 
axloqdan,  haqiqatni  ko‘rishga      imkon  bermaydigan      xislatlardan  o‘zini  tozalagandan  keyingina 
ilmiy tadqiqotga kirishish mumkin» — deb ta`kidlaydi. 
Beruniy  o‘zining  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»  asarida  yozadi:  «Haqiqatni 
bilish  uchun  avval  o‘z  ruhingni  kishilarni  yo‘ldan  ozdiruvchi  yomon  xususiyatlardan  va  odamni 
haqiqat  oldida  ko‘r  qilib  qo‘yuvchi  sabablardan,  ya`ni  odat  bo‘lib  qolgan  ko‘nikmalar,  raqobat, 
hirsga bo‘ysunish, hokimiyat uchun kurash va shu kabilardan tozalab olishing lozim». Ajoyib talant 
egasi bo‘lgan Beruniy o‘z tekshirishlarida tajriba va kuzatishlarga katta ahamiyat beradi. Uning fan 
sohasidagi tekshirish usullari hozir ham o‘rganilmoqda va turli tabiiy fanlarga tatbiq etilmoqda. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish