22
«To`qqiz kitobli matematika» asarining muallifi moliya xizmatining atokli amaldorlaridan
biri CHjan TSan xisoblanadi. U eramizdan oldingi 152 yilda vafot etgan. Taxminan 100 yildan
keyin, bu asar Gen CHou-chan tomonidan kayta ishlangan. Bizgacha esa bu kitob 263 yilgi taxriri
bilan etib kelgan.
Kitobning mazmuni xilma-xil. Amalda u er o`lchash ishlari, kurilish ishlari, moliya va
xo`jalik xodimlari, savdogarlar va xunarmandlar uchun mo`ljallangan matematik bilimlarni o`z
ichiga olgan matematik entsiklopediya xisoblanadi. Xar bir kitobda ulkan davlatning iktisodiy va
boshkaruv xayoti nafasi ufurib turadi.
«To`kkiz kitobli Matematika» asariga 246 masala kiritilgan. Xar gal yangi masala
ko`yilgan, so`ngra uning javobi xamda kiska echish usuli «koidaga ko`ra….» so`zlari bilan
boshlanadigan izoxi bilan berilgan.
1-kitob «Maydonlarni o`lchash» da ayrim sodda geometrik figura va ularning kismlari
yuzalarini xisoblash uchun koidalar va kasrlar ustida amallarni bajarish yo`l-yo`riklari keltirilgan.
2- «turli galla ekinlari orasidagi munosabatlar» kitobiga turli galla ekinlarini almashtirish
uchun kengaytirilgan jadval xamda u yoki bu sort galla mikdorini aniklashga karatilgan 31 ta
masala kiritilgan.
«Darajalar bo`yicha bo`lish» deb ataladigan 3-kitobda mikdorlarni berilgan nisbatlarda
bo`lishga doir masalalar o`z aksini topgan. Masalan, birinchi masalada beshta bugu tanasini 3 ta
amaldorga 5:4:3:2:1 sonlarga proportsional bo`lib berish xakida gap boradi.
4-kitobda (kitob nomi tarjima kilinmagan) to`gri to`rtburchakning yuzi va bir tomoni
bo`yicha ikkinchi tomonini topish, kvadratning tomoni bo`yicha yuzasini aniklash, xajmi bo`yicha
kubning kirrasini topish, doira va sharning diametrini xisoblash kabi materiallar berilgan.
5-«Mexnatni baxolash» kitobiga devorlar, kanallar, murakkab formadagi zovurlarning
xajmlarini aniklash, turli kurilish ishlari uchun ishchilarning sonini topish kabi masalalar kiritilgan.
Masalan, bir kishining kishki, baxorgi, yoz va kuzgi mexnatining umumiy xajmi xakida
ma`lumotlar berilgan.
«Proportsional taksimot» deb ataladigan 6-kitobda turli mazmundagi chizikli masalalar, ikki
do`stning uchrashgunicha bosib o`tgan yo`lini aniklash masalalari, basseynga alokadar masalalar
keltirilgan.
7-«Etishmovchilik va ortikchalik» kitobi ikkin noma`lumli birinchi darajali tenglamalar
sistemasining echish usullariga karatilgan.
8-kitob «Fan-chen» da ko`p noma`lumli chizikli tenglamalar sistemasini echish algoritmi
keltirilgan.
9-kitob «Gou-gu» ga to`gri burchakli uchburchaklarni ko`llashga doir bir kator masalalar
berilgan. Ular orasida etib borish mumkin bulmagan ob`ektlargacha, kudukning tubigacha bo`lgan
masofani aniklash masalalarini aloxida ta`kidlash joiz.
«To`kkiz kitobli Matematika» ning ayrim kitoblari turli davrlarga, fanning turli rivojlanish
darajalariga mos kelishi shubxasiz. Kitoblarning ba`zi birlari turli darajadagi abstraktsiyaga yo`l
ko`yilgan. Masalan, 1-kitobning 18-masalasida ma`lum bir pulni
3
1
3 kishi o`rtasida taksimlash xal
kilingan.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: