Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


VII – XV ASRDA O’RTA OSIYO



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/85
Sana23.05.2023
Hajmi2,11 Mb.
#942889
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy

 
VII – XV ASRDA O’RTA OSIYO 
Eramizning beshinchi asri oxirlariga kelib, Rim imperiyasi quladi. Shu munosabat bilan 
qadimgi yunon fani va madaniyati tushkunlikka uchradi. Bu davrda Yevropada ijtimoiy, madaniy 
va siyosiy hayotda dinning ta`siri nihoyatda kuchaydi. Din ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga 
qattiq to‘sqinlik qildi. Buning oqibatida G‘arbiy Yevropada fan va madaniyat taraqqiyoti bir necha 
asrlar deyarli to‘xtab qoldi. 
Ammo VII—VIII asrlardan boshlab dunyoning boshqa bir tomonida—sharqda matematika, 
astronomiya kabi tabiiy fanlar tez sur`at bilan taraqqiy etdi va katta yutuqlarga yerishildi. 
Hozirgi O‘rta Osiyo xalqlari juda qadimiy fan va madaniyat tarixiga
e
ga. Bu xalqlar juda 
qadim zamonlardan beri Xitoy, Hindiston, yeron, Kavkaz va boshqa mamlakatlarning xalqlari bilan 
savdo, siyosiy va madaniy aloqa qilib turar edilar. O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fan sohasida bu 
mamlakatlarning xalqlari yaratgan yangiliklarni qunt bilan o‘rgandilar va o‘zlari ham ilm-fan 
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. , 
O‘rta Osiyoda fan va madaniyat og‘ir tarixiy sharoitda xalq ommasining mahalliy va chet el 
zolimlariga qarshi olib borgan kurashi sharoitida taraqqiy etdi. 
VII asr oxiri, VIII asr boshlarida O‘rta Osiyoni arablar bosib oldilar. VIII asrning birinchi 
yarmida arablar juda katta territoriyani—Hindistonning shimoli-g‘arbidan tortib, Afrikaning 
shimoliy qirg‘oqlaridan to Ispaniyagacha bo‘lgan yerlarni bosib oldi va juda katta xalifalik tuzdilar, 
Bu xalifalikning poytaxti avval Damashq va 762 yildan Bag‘dod bo‘ldi. 
IX asr oxirlariga kelib, sinfiy kurashlar va mazlum xalqlarning ozodlik harakatlari tufayli 
O‘rta Osiyoda mahalliy feodal aristokratiyasidan chiqqan somoniylar (874 — 999) hukmronligi 
o‘rnatildi. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro edi. 
O‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va harbiy ish taraqqiy etdi, turli mamlakatlar 
bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlandi. Yoz mavsumlarida uzoq mamlakatlarga safarga chiqqan 
karvonlarning kechalari bepoyon cho‘llarda kezishlari va bunda Sharq, G‘arb, Shimol va Janub 
tomonlarni bilish va buning uchun esa yulduzlardan ayniqsa Qutb yulduzidan foydalanish zarur 


90 
bo‘lib qoldi. Bu zaruriyat astronomiya va matematika fanlari oldiga turli tabiiy hodisalarni 
tushuntirish va xisoblash masalalarini yechish vazifalarini qo‘ydi. 
Umuman hunarmandchilik, ishlab chiqarish va savdoning taraqqiyoti, turmush talablari 
tabiiy fanlardan yangi-yangi masalalarni yechishni talab etdi. 
Matematika fani haqiqiy dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari haqidagi 
fan sifatida, insonning turmush ehtiyojlarini qondirish asosida paydo bo‘lgan va kishilik jamiyati 
umumiy taraqqiyoti bilan birgalikda taraqqiy etib, insonning o‘sib boradigan moddiy va madaniy 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. 
Vaqtni aniqlash, osmon jismlariga qarab yurish, kerak bo‘lgan turli tomonlarni aniqlash kabi 
turmush talablarini qondirish masalalari esa eng qadimiy fan—astronomiyani vujudga keltirdi va 
uning taraqqiyotiga sabab bo‘ldi. Matematika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar sohasida 
insonning turmush talablarini qondirish, turli hisoblash ishlarini mukammallashtirish va yangi 
hisoblash metodlarini aniqlash maqsadida turli ilmiy tekshirish ishlari chuqur va keng ravishda olib 
borildi. Bu sohada O‘rta Osiyoda, Bag‘dod va boshqa shaharlarda turli millat olimlari birgalikda 
ijodiy ish olib bordilar va juda ko‘p ilmiy natijalarga yerishdilar. 
Xalifa Ma`mun hukmronligi (813—833) davrida Bag‘dod shahrida «Baytul-Hikmat» 
(«Donishmandlik uyi») tashkil etildi. Uning huzurida katta kutubxona va rasadxona qurildi. Bu 
rasadxonada olimlar turli kuzatishlar va har xil astronomik asboblar yasash bilan shug‘ullandilar. 
Bu donishmandlik uyiga bir qancha mamlakatlardan, shu jumladan O‘rta Osiyodan bir qancha 
olimlar kelib ishladilar; Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abbos Javhariy va boshqalar bu 
ilm dargohida ilmiy ishlar bilan shug‘ullandilar. 
Bu davrlarda arab tili xalifa hukmronligi ostida bo‘lgan turli tillarda so‘zlashuvchi 
xalqlarning majburiy tili bo‘lib qoldi. Shu sababli O‘rta Osiyolik va turli millat olimlari ham 
Forslar, O‘zbeklar, Tojiklar, Ozarbayjonlar, Turkmanlar va boshqalar o‘z asarlarini arab tilida 
yozishga majbur bo‘lganlar. 
Bu davrda Yunoniston va Hindistonning mashhur olimlari asarlarini o‘rganishga, ularni 
tahlil qilishga va bu asarlarga sharhlar yozishga katta e`tibor berildi. Yunon va Hind olimlari 
asarlarini arab tiliga tarjima etish ham olimlar orasida zo‘r qiziqish uyg‘otdi. Masalan, Evklidning 
(eramizdan oldingi III asr) «Negizlar», Arximedning (eramizdan oldingi III asr) «Shar va silindr 
haqida», «Aylanani o‘lchash» asarlari, Ptolemeyning (II asr) «Almagest» asari arab tiliga tarjima 
qilindi va ularning ko‘plariga sharhlar yozildi. Xorazmiyning shogirdi Sobit ibn Qurra yunon 
matematiklaridan bir qanchasining asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. Arximedning «Etti burchak 
haqida» va «Lemmalar» asarining faqat arabcha nusxalarigina, Evklidning «Negizlar» nomli 
asarining III, VI, VII kitoblarining ham faqat arabcha tarjimasigina bizgacha saqlangan.
O‘rta Osiyo matematiklari matematika sohasida, o‘zlarigacha yaratilgan bilimlarni har 
tomonlama o‘rganib tahlil qildilar va matematik tekshirishlarning yangi sohalarini yaratdilar va 
umuman matematika fanini yangi ijodiy kashfiyotlar bilan boyitdilar. 
Ammo tarixida shunday noto‘g‘ri fikrlar borki, bunga asosan IX — XV asrlardagi O‘rta 
Osiyo matematikasi yangiliklarga ega emas, bu mamlakatlardagi matematiklar faqat hind va yunon 
matematiklari asarlarini o‘rganganlar va oldingi xulosalarni ba`zi hollarda mukammallashtirganlar 
deb aytiladi. 
Matematika tarixi sohasida juda ko‘p yillar ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan 
mashhur olimi A. P. Yushkevich o‘zining «IX—XV asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining 
matematikasi» nomli maqolasida yuqorida aytilgan fikrlarning noto‘g‘ri ekanligini qayd qilib, 
shunday yozadi: «Eng asosiy masala shundaki O‘rta Osiyo matematiklari (IX — XV asrlar) 
o‘zlaridan oldin o‘tgan olimlarning ishlariga faqat son jihatidan ta`sir etib, davom ettirib qolmasdan, 
balki matematik tekshirishlarga yangi g‘oyaviy yo‘nalish berdilar, sifat jihatidan yangi matematika 
tuzishga kirishdilar va shuning uchun ham bu fanni birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan yangi 
kashfiyotlar bilan boyitdilar». 
O‘rta Osiyo matematiklari bir qancha fundamental kashfiyotlarga egadirlar. Ularning 
ba`zilari quyidagilardan iborat: 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish