105
avval yer shari radiusini juda oddiy usuldan foydalanib aniqlaydi. U Hindistonning shimolidagi
Nandra tog’iga chiqadi. Tog’ning balandligi h=625,05 Ziro` soni ma`lum (2-shakl).
Tog’dan ufqqa yo’nalgan vizirlash chizig’i bilan o’zi turgan tog’ uchidan o’tuvchi
ME
tekisligi orasidagi
burchakni o’lchaydi.
h
— tog’ning balandligi,
— o’lchangan burchak,
R
—er shari radiusi.
Tog’ balandligini ma`lum hisoblab Beruniy «
» burchakni o’lchab, yer shari radiusini
hisoblaydi. Hozirgi belgilashlar bo’yicha bu hisoblash quyidagicha bo’ladi:
MOF
uchburchakdan
R=(R+h)cos
, bundan
cos
1
cos
h
R
. Bundan foydalanib, Beruniy yer shari eng katta
aylanasining uzunligini ham hisoblaydi. Beruniy hisoblashlar o’tkazib, quyidagi natijalarni hosil
qilgan: yer shari radiusi 1081,66 farsang (1 farsang 6 km ga yaqin), diametri 2163,33 farsang, katta
aylanasi uzunligi 6800 farsang, yer shari sirti 14 712 720 kv. farsang, hajmi 1.667.744.242 kub
farsang. Farsang 3 arab miliga teng bo’lganidan yer shari aylanasining uzunligi 20400 arab miliga
teng va uning 1° li yoyi uzunligi 56,6 arab miliga teng bo’ladi. Beruniy hisoblagan bu qiymat, ya`ni
meridianning 1° li yoyi uzunligi 56,6 milga tengligidan o’rta asr Sharq astronomiya fani asosiy
miqdor sifatida foydalandi. Bu miqdor kilometrlarga aylantirilganda 113 km bo’ladi. Ma`lumki,
hozirgi vaqtda meridianning 1° li yoyi uzunligi 110,938 km hisoblanadi.
Hozirgi zamon olimlari yer kattaligini o’lchash sohasida, Beruniy tomonidan yerishilgan
aniq natijalarni, O’rta asrlarda astronomiya sohasida yerishilgan katta yutuqlardan biri deb
hisoblaydilar.
Beruniy «Doiradagi vatarlarni, uning ichiga chizilgan siniq chnziqlar yordamida aniqlash
haqidagi risola» nomli asarida geometriyaga doir masalalarni bayon etgan. Olim bu asarni 1027
yilda yozib bitirgan.
Bu risolaning arabcha matni Haydarobodda 1948 yilda nashr etildi. Uning to’la bo’lmagan
nemischa tarjimasi G. Zuter tomonidan bajarilib, 1910 yilda nashr etilgan. Risolaning S. A.
Krasneva va A. A. Karpovalar bajargan ruscha tarjimasi 1963 yilda nashr etildi. Mazkur risolada
geometriya va trigonometriyaning’ qator teoremalari isboti bilan keltirilgan bo’lib ular orasida
Arximedning «Urinuvchi doiralar haqida» nomli asaridan olingan quyidagi teorema markaziy
o’rinni egallaydi: «Agar doirada ikki bo’lakdan iborat siniq chiziq chizilgan bo’lsa va bu siniq
chiziq bilan tortilib turgan yoyning o’rtasidan siniq chiziqning katta bo’lagiga perpendikulyar
tushirilgan bo’lsa, bu perpendikulyarning asosi siniq chiziqni o’zaro teng ikki qismga bo’ladi».
Do'stlaringiz bilan baham: