Mavzu: Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o’rgatish. Paint grafik redaktori bilan ishlashni o’rgatish.
Ma`lumki, fan-texnika taraqqiyot jarayoni o`qituvchidan ta`lim-tarbiya ishida katta kuch va ulkan iste`dod talab qiladi. Darhaqiqat, zamonaviy informatsion texnologiya juda ko`p imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Jumladan, komp’yuter mul’tiplikatsiya, mul’timediya imkoniyatlari o`z navbatida harakatlantiruvchi o`quv tizimini va elektron darsliklarni yaratishga qulay imkon bermoqda.
Mazkur dasturiy ta`minot Microsoft Excel dasturini o`rganuvchilar uchun mo`ljallangan. Dasturiy ta`minot Microsoft Excelni o`rganish uchun topshiriqlar bazasi, qisqa nazariy material, matn shaklida topshiriqni bajarish tartibi, topshiriqlarni bajarish tartibini namoyish qiluvchi video rolik, topshiriqlarni bajarish uchun virtual laboratoriyalar majmuasidan iborat. Foydalanuvchining (o`quvchi) o`zlashtirgani dasturiy ta`minotda test asosida va bajarilgan laboratoriyalarni o`qituvchi baholashi bilan belgilanadi. Dastur uch qismdan iborat: 1. Dasturiy ta`minot. 2. Baza dasturiy ta`minot. 3. Trenajor.
Dasturiy ta`minot o`quvchilar uchun mo`ljallangan bo’lib, ular amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bosqichma-bosqich bajarib borishadi. O`quvchilarning o`zlashtirish natijalari dasturning ma`lumotlar omboriga yozib boriladi. Dasturiy ta`minot har bir amaliy darsda o`quvchilarga 6-10 ta topshiriqni beradi. Baza dasturiy ta`minot o`qituvchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, o`quvchilarning o`zlashtirishi, laboratoriya ishlarini tekshirib borish, qaydnomalarni chop qilish, Dtning ba`zi xususiyatlarini o`zgartirish imkoniyatini beradi. Trenajor hamma uchun mo`ljallangan bo`lib, Microsoft Excelda 500 ta buyruqni bajarishni foydalanuvchiga mashq qildiradi va bajarish tartibini o`rgatadi.
Fan – tеxnikaning rivojlanishi va axborot tеxnologiyalari sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi muammolarni yеchishga imkon bеradi. Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini yurtimizda kеng joriy etish mеtodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi. Dars bеrish jarayonida talabalarning diqqatini o‘rganilayotgan mavzuga qaratish oson ish emas, ayniqsa BSAT fanidan. Shuningdеk, BSAT fanidan tashqari, boshqa (informatika, kimyo va biologiya) fanlarga oid bo‘lgan dasturiy ta’minotlar bazasi yaratildi.
Kompyuter yordamida biror matn (xat, referat, ...) hosil qilish uchun biz, albatta, klaviaturadan foydalanamiz. Matnni tez va bexato terish uchun klaviaturadan klavishlarning joylashishini yaxshi bilib olish kerak bo'ladi. Har qanday hunarni egallash uchun tinimsiz mashq qilish lozim. Klaviaturadan unumli foydalanish uchun ham juda ko'p mashq qilish zarur. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ular yordamida biz klaviaturadan foydalanishni mashq qilamiz. Bunday dasturlar klaviatura trenajorlari deyiladi. Kompyuterlar uchun o'nlab klaviatura trenajorlari ishlab chiqilgan. Quyida biz ularning bittasini ko'rib chiqamiz.
«KLAVTREN» - klaviatura trenajori
Trenajorni ishga tushiruvchi «klavtren» faylining yorlig’I o'ziga xos ko'rinishga ega. U ishga tushirilgach ekranga dasturning zarvarag'i chiqadi. Undan sichqoncha yordamida «sekin» (toshbaqa rasmli tugma), «tez» (o'rdak rasmli tugma) va «matn» (tuyaqush rasmli tugma) bosqichlaridan biri tanlanadi. Dasturdan chiqish uchun zarvaraqning o'ng pastki burchagidagi «EXIT» tugmasi tanlanadi.
«Sekin» va «tez» bosqichlardan biri tanlansa, ekranga trenajorning ish maydoni chiqadi. Sizning vazifangiz ekranning yuqori qismidan tushayotgan belgiga mos klavishni bosishdan iborat. Har bir noto'g'ri bosgan klavish uchun 1 ball jarima beriladi. Trenajor ish maydonining pastki qismda klaviatura rasmi bo'lib, unda tushayotgan belgiga mos klavish yonib-o'chib turadi. Mashq qilish uchun 1 minut beriladi. Shu vaqt ichida tushgan belgilar soni, siz to'plagan ball va jarima hisoblab boriladi. Vaqt tugashi bilan erishgan tezligingiz, ish samarangiz va bahoingiz ekranga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |