2. Biznes huquqining asosiy tamoyillari
xo‘jalik subyektlari yuqoridan beriladigan buyruq yoki ko‘rsatmaga asoslanmasdan, balki ular iqtisodiy qonu-niyatlarga, ya’ni bozor qonuniyatlariga tayangan holda moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda erkin bo‘lib, faqat bozor talablariga rioya etgan holda iqtisodiy raqobatd mustaqil qatnasha oladi
.
Xo‘jalik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qo‘llash asosida davlatning ta’sir etish tamoyili.
Bu tamoyil mamlakatimizning iqtiso-diy rivojlanishiga ko‘rsatma, ya’ni mehnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab chiqarish, ish va xizmat ko‘rsatish, uning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishda manfaatlarini hisobga olishga qaratilgani bilan izohlanadi.
- Iqtisodiy faoliyat erkinligi
- Xo‘jalik (tadbirkorlik) subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish
Xo‘jalik subyektining iqtisodiy manfaatlari ham, huquqi ham qonun bilan himoya qilinadi.
2. Biznes huquqining asosiy tamoyillari
bu tamoyil mazmunida xo‘jalik subyektlarining qonun man etmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi.
Tovar ishlab chiqaruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) subyektlarning o‘zaro raqobati
Bu tamoyilning asosiy mazmuni va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va xarajat sarf qilib, ko‘p va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqara olsa (ish va xizmat ko‘rsatsa), u ijtimoiy hamda iqtiso-diy taraqqiyotda imtiyozga ega bo‘la oladi.
Narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirish
Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar bilan to‘ldirishga va xizmatlar ko‘rsa-tishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biridir. Shu sababli davlat narxlarni birdaniga o‘z holicha qo‘yib yubormasdan, asta-sekinlik bilan erkin narxga o‘tib borishni ta’minladi.
Qonuniylik tamoyili.
3.«Biznes huquqi»ning boshqa
huquqiy fanlardan farqi
«Biznes huquqi» mustaqil fan tarmog‘i sifatida boshqa huquqiy fanlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu farqlarni eng avvalo, Fuqarolik huquqi faniga nisbatan ko‘rib chiqaylik.
- Fuqarolik huquqi subyektlar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni va mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquq sohasidir.
-Xo‘jalik huquqi davlat va jamiyat, xo‘jalik manfaatlarini hisobga olgan holda, xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi yuqoridan quyi (vertikal) va yon atrofdagi subyektlarga (gorizontal) bo‘ladigan xo‘jalik munosabatlarni tartibga soluvchi, bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisidan iboratdir.
Biznes huquqining mehnat huquqidan farqi
Xo‘jalik huquqi subyektlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarini tartibga solsa, Mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib-qoidalarini, ish tartibini va shunga o‘xshash mehnat shartnomasi bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga soladi.
Biznes huquqining moliya huquqidan farqi
-Moliya huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bog‘liq munosabatlar tashkil etsa,
-korxona va tadbirkorlarning daromad manbayini tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish kabilar Xo‘jalik huquqining predmetini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |