Ta'mirlash ishlari
Bu belgi yo'lning ta'mirlash ishlari olib borilayotgan qismlari yaqinida o'rnatilib, haydovchi ehtiyot bo'lib o'tishi kerakligi to'g'risida ogohlantiradi. Yo'lning bunday qismlari qorong'i paytlarda xavfli hisoblanadi.
1.24-Mol haydab o'tish
Mol boqiladigan yaylov yoqalab o'tadigan yo'llarda, fermalar yaqinida, mol haydab o'tiladigan joylarda o'rnatilib, yo'lga mollar podasi chiqib qolishi mumkinligidan ogohlantiradi.
1.25-Yovvoyi hayvonlar
Bu belgi yo'lning o'rmon xo'jaligi, qo'riqxona va shunga o'xshash joylardan o'tadigan qismlarida o'rnatilib, yo'lga yovvoyi hayvonlar chiqib qolishi haqida ogohlantiradi.
1.26-Toshlar tushishi
Muz, qor yoki sel kelib tog' ko'chishi mumkin bo'lgan tog'li yo'l qismlariga
Toshlar tushishi
belgisi o'rnatilib, xavf-xatar faqat qatnov qismlaridagina emas, balki tepa tog' tarafdan bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
1.27-
Do'stlaringiz bilan baham: |