“Do’stingni top va masalani yech" o’yini.
Barcha o’quvchilarga kartochkalar beriladi. Kartochkalarda masalaning berilganlari yozilgan. Lekin to’liq nimani topish kerakligi yozilmasdan boshqa kartochkaga yozilgan. Bola qo’shnisini ya’ni masala shartining davomini topishi kerak va masalani 2 kishi bo’lib hamkorlikda ishlab o’qituvchilariga topshirishlari lozim.
"Mashina odam” o’yini.
Barcha 6 ta yoki 5, 4 tadan bo’lib o’tirgan bolalarga 3 daqiqa vaqt beriladi. Ular 3 minut davomida biror mashina mexanizmning ishlashini o’rtoqlariga namoish qilishni kelishib oladilar. Vaqt o’tgandan so’ng har bir guruhga navbat bilan o’zlarini tayyorlagan ishlarini namoish qiladilar. Qolgan bolalar qaysi mashina , mexanizm ekanligini aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |