Guruhlar tashkil etishning “Kamalak usuli”
Bu usulda o’quvchilar fizika xonasiga kiraverishlarida savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Sinf xonasidagi 7 ta partaga spektr ranglaridagi (qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, ko’k, binafsha) skaterlar to’shalgan bo’ladi. Yoki, rangli qog’oz, ranglar nomini yozib ham qo’yich mumkin. O’quvchilar savollarga javob topishda kamalak ranglaridan birini tanlashlari zarur bo’ladi.
Savol:
1. “Televideniya” so’zining kamalak ranglari bilan bog’liq sinonimi? (“Zangori ekran” – Havorang)
2. Zulmatning rangi va uning birinchi harfi bilan boshlanadigan kamalak ranglaridan biri (“Qora” – “qizil”)
3. Mars planetasini qanday rangli planeta deb ataymiz? (“Qizil”)
4. Bodring pishganda yashil ham qizil ham emas, qanday rangda bo’ladi? (“Sariq”)
5. Qizil va sariq ranglarining qo’shilishidan qanday rang hosil bo’ladi? (“Zarg’aldoq”)
6. Tabiat tirikligini ramzi qanday rangda? (“yashil”)
7. Oydan turib kuzatganda Yer qanday rangda ko’rinadi? (“Havorang”)
8. O’zbek kurashi polvonlari yashil rangdan tashqari yana qanday rangdagi yaktakda kurash tushishadi? (“ko’k”)
9. “Kamalak” so’zida nechta harf bor. Shu songa teng raqamli kamalak rangi qanday ataladi? (“Binafsha”)
10. “Za’faron” so’zining kamalak ranglaridan birini ifodalovchi sinonimi? (“sariq”)
11. Yurishga ruxsat etuvchi svetofor chirog’i. (“yashil”)
12. Oq yorug’likni shisha prizmadan o’tkazganda eng katta burchakka o’g’uvchi rang? (“Binafsha”)
13. Kamalak ranglarining biri bilan bog’liq nomda ataluvchi qadimgi Buxorodagi mashhur madrasa (“Ko’k-ko’kaldosh”)
14. Misning haqiqiy rangi (Zarg’aldoq)
15. Tillaga sayqal beruvchi kasb nomining birinchi bo’gini bilan boshlanuvchi kamalak rangi (Zargar-zarg’aldoq)
16. “Bekorqilish”, “to’xtatish”, “inkor qilish” ma’nolarini anglatuvchi rang? (“Qizil”)
17. USELL aloqa kompaniyasining rangi? (“Binafsha”)
18. Yashil rangli olmaga ko’k rangli shisha orqali qaralsa, u qanday rangda ko’rinadi? (“Havorang”)
19. Xazonning rangi? (“Sariq”)
20. AQSh ning milliy valyutasi – dollar, mahalliy tilimizda (jargonda) qanday kamalak rangida atashadi? (“Ko’k”)
21. O’zbekiston Respublika bayrog’ining eng pastki qismidagi rangi? (“Yashil”)
22. Kamalak ranglarining biri bilan ataluvchi bahor faslining guli? (“Binafsha”)
23. Kamalak ranglarining qaysi biri nomiga “.....armoq” qo’shimchasi qo’shilsa “o’smoq”, “unib chiqmoq” ma’nolarini beruvchi so’z kelib chiqadi? (“Ko’k-ko’karmoq”)
24. Havoning “rangi” – (Havorang)
25. Sariq rang va havorangning qo’shilishidan qanday rang hosil bo’ladi? (“Yashil”)
26. “Yurishga tayyorlan” buyrug’ini bildiruvchi svetafor rangi? (“Sariq”)
27. O’zbekistondagi daryolarning birining nomi bilan boshlanuvchi rang? (“Zarga’ldoq”)
28. To’lqin uzunligi eng katta bo’lgan kamalak rangi? (“Qizil”).
ESLATMA: ushbu usuldan “dispersiya” mavsuzini o’tib bo’lgandan keyin foydalangan ma’qul.
Gul usuli.
Darsga tayyorgarlik bosqichida mavzuga moslab 6 ta chizma plakatga chiziladi. Shu 6ta chizmaning har biridan 5 tadan kichiklashtirilgan nusxasi ko’paytiriladi. Qo’ng’iroq chalinishi bilan o’quvchilarga beriladi Sinfdagi o’tirgichlar guruh bo’lib ish olib borishga moslab qo’yiladi. Har bir partaga birta katta plakatdan qo’yiladi. O’quvchilar qo’lidagi chizmaga mos chizmani topib , o’sha partaga borib o’tirishi lozim. Katta plakatdagi chizmaga moslab har bir guruh o’zi o’ziga nom tanlaydi. Guruh taqdimoti o’tkaziladi va dars davom ettiriladi.
Biz yuqorida Siz bilan o`z ish faoliyatimizda qo`llab kelayotgan interfaol metodlardan faqat mashg`ulotlarimizning (dars) tashkiliy qismida o`tkaziladigan guruhlarga ajrashish yo`li bilan tajriba almashdik. Shu o`rinda shuni ta`kidlamoqchimizki agar mashg`ulotda qatnashuvchilar guruh bo`lib ishlasalar an`anaviy deb hisoblab kelinayotgan suhbat, savol - javob, ma`ruza, og`zaki bayon qilish, darslik ustida ishlash, demonstrasiya, illyustrasiya, sayohat, amaliy mashg`ulot, dasturli o`qitish kabi metodlar ham interfaol metodga aylanadi. Interfaol metodda dars beradigan o`qituvchi o`z o`rnini o`quvchisiga bo`shatib beradi. O’qituvchi faqat guruhlar ishini boshqaradi.
Lekin guruhlar ishini boshqarishda ham o`qituvchidan katta pedagogik mahorat talab etiladi. Ana shunday o`qituvchilargina XXI asr o`qituvchilaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |